Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Синонимы слов в арабском и узбекском языках.
Ochilova Sarviosiyo Imomiddin qizi
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026
Аннотация
В данной статье на основе примеров поясняются лексемы арабского языка и их употребление в исходном и заимствованном значениях, а также место употребления этих лексем и выражений, их лексико-семантические особенности. Ключевые слова: Синонимы, лексические слова, исходное значение, переносное значение, лексические единицы, лексические единицы, лексема и лексический слой. Annotation. In this article, lexemes from the Arabic language and their use in original and borrowed meanings, as well as the place of use of these lexemes and expressions, their lexical-semantic characteristics, are highlighted on the basis of examples. Key words: Synonyms, lexical words, original meaning, figurative meaning, lexical units, lexical units, lexeme and lexical layer. Dunyodagi barcha tillarning asosini so‘z tashkil etadi. Shuningdek insonlarning nutqi ham aynan shu so‘zlarning qo‘llanilishiga bog‘liq. Nutqimizning ravon bo‘lishi va so‘zlagan so‘zlarimizning takrorlanmasligi uchun so‘z boyligimiz ko‘p bo‘lishi va sinonim so‘zlarni qo‘llashimizga bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Til birliklarining bir xil ma’noga ega bo‘lish hodisasi sinonimiya deyiladi. Sinonimiyaning birligi bir umumiy ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar ya’ni, sinonimlardir. Sinonim yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “bir nomli” degan ma’noni bildiradi. Sinonimlar bqanday til birliklariga xosligiga qarab, lug‘aviy, frazeologik va sintaktik sinonimlarga bo‘linadi. Sinonimlar o‘zbek tilida ham keng qo‘llaniladi. O‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlar guruhi sinonimlar qatori deyiladi. Sinonimlar qatoridagi bir so‘z bosh so‘z (asosiy so‘z) hisoblanadi. Bosh so‘z o‘zining ma’nodoshlariga nisbatan ommabop bo‘ladi va muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional bo‘yoq uslubiyatiga ko‘ra betarafligi va shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. 617 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman O‘zbek tili taraqqiyotida boshqa xalqlarning lisoniy ta’siri, xususan leksik qatlamda yaqqol ko‘zga tashlangan. Ayniqsa, 90-yillardagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar tilga, uning leksikasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada muayyan bir tillardan o‘zlashgan so‘zlarning mavqei pasayib, iste’moldab chiqdi, ularning o‘rniga allaqachon istorizm va arxaizmga aylangan arabcha so‘zlar yana ishlatila bosjlandi. Masalan: vazir, jumhuriyat, shirkat, hokim, majlis, jamoat, viloyat, muallif, fuqaro, noshir, noib, mixtor, muassis, tijorat va boshqalar. Masalaga mazkur nuqtai nazar asosida yondashilganda, o‘zbek tili leksikasidagi arabcha so‘zlarning barchasini o‘zlashgan desak, xato bo‘lmaydi. Chunki arab o‘zlashmalarining deyarli barchasi o‘zbek adabiy tilining fonetik va grammatik qonuniyatlari ta’siriga beriladi, ayniqsa ular turlanish sistemasida o‘zbek tilining o‘z so‘zlari bilan teng ma’noda ishtirok etadi, zero ular chin ma’noda o‘zlashgan lug‘aviy birliklardir. O‘zbek tili leksikasidagi ba’zi o‘zlashmalar poetik jihatdan boshqa qiyofaga kirib, ularning asli arabcha so‘zlar ekanligi unutiladi. R.A. Budagov lug‘aviy o‘zlashmalarning o‘z tildagi shakli bilan so‘z qabul qilgan tildagi shakli 8 funksional qiymat bilan munosabatga kirishi haqida fikr bildiradi. Bu fikrni o‘zbek tilidagi arabcha so‘zlar tabiati ham to‘la tasdiqlaydi. Xususan: a) arab tilida konkret ma’noda ishlatilgan lug‘aviy birlik o‘zbek tilida mavhum ma’no bildiradi (soxib (ega), ayyom (kunlar), mavj (to‘lqin)); b) arab tilida ins ma’nosida ishlatiluvchi so‘z o‘zbek tilida tur ma’nosida qo‘llanadi: murabbo (murabbo, marmalad), ayol (bola-chaqa, oila-ayol(xotin), maraz (umuman kasallik, dard)-maraz (yaramas, razil inson); v) arab tilida bir ma’noda ishlatilgan so‘z o‘zbek tilida polisemantik xarakter kasb etadi (g‘alayon, bisot); g) arab tilidagi otdan o‘zlashgan ba’zi so‘zlar o‘zbek tilida uslubiy muqobiliga ega bo‘lmaydi (anhor, anqo, araq, ariza, aruz); d) arab tilida noarxaik tavsifdagi lug‘aviy birlik o‘zbek tilida arxaiklashgan bo‘ladi; (qozi, firqa, ishtirokiga, xikmat (fizika); o) arab tilida lug‘aviy mustaqillikka ega bo‘lgan so‘z o‘zbek tilida lug‘aviy mustaqilligini inkor etadi (almisoq(dan beri), 6) arab tilida lug‘aviy birlik ba’zan o‘zbek tilida so‘z tavsifida bo‘ladi (lisoniy, lug‘aviy, sifat, fe’l, taqriz); k) arab tilida so‘z holida ishlatiluvchi birlik o‘zbek tilida so‘z birikmasi tarkibida qo‘llanadi (nazar solmoq, avf etmoq, xayol surmoq, bahridan o‘tmoq); Arab tili va adabiyotining sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqlari orasida keng ravishda tarqalishining o‘zi muhim omillardan biridir. Islom mazhabi, arab tili va adabiyoti o‘sha paytda ar Arab so‘zlarining o‘zbek tiliga kirib kelishi xilma – xil bo‘lganligi singari uning semantik to‘zilishidagi o‘zgarishlar ham turlichadir. T.I. Rahmonov o‘zining ilmiy ishida o‘zlashma so‘z semantik tuzilishi 3 xil ekanligini aytib o‘tgan: 1. So‘z ma’nolarining kengayishi 2. So‘z manolarinig torayishi 3. So‘z ma’nolarining ko‘chishi Filologiya fanlari nomzodi F
Доказательный фрагмент
«В данной статье на основе примеров поясняются лексемы арабского языка и их употребление в исходном и заимствованном значениях, а также место употребления этих лексем и выражений, их лексико-семантические особенности.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье на основе примеров поясняются лексемы арабского языка и их употребление в исходном и заимствованном значениях, а также место употребления этих лексем и выражений, их лексико-семантические особенности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Synonyms, lexical words, original meaning, figurative meaning, lexeme and lexical layer., leksema va leksik qatlam, leksik so‘zlar, лексические единицы, lug‘aviy birliklar, lexical units, лексема и лексический слой, Синонимы, ko‘chma ma’no, leksik birliklar, лексические слова, Sinonim so‘zlar, asl ma’no, переносное значение, исходное значение
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025