ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy vektorida afg‘onistondagi hokimiyat o‘zgarishining (iqtisodiy, siyosiy va gumanitar) o‘rni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSIY VEKTORIDA · AFG‘ONISTONDAGI HOKIMIYAT O‘ZGARISHINING (IQTISODIY · SIYOSIY VA GUMANITAR) O‘RNI · Abdurasulov Javlon Abdurayim o‘g‘li · JIDU doktoranti E-mail: · Yangi O‘zbekistonning /-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot
Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2021
Аннотация
Surunkali beqarorliklar natijasida Afg‘oniston iqtisodiyoti og‘ir tushkunlikni boshidan kechirmoqda. Bir necha yillar davomida xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu davlatning iqtisodiyotini tiklash va siyosiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha bir qancha yordam va ko‘maklar taqdim etilishiga qaramay, ko‘zlangan natijaga erishilmadi va 2021-yilning avgust oyida Afg‘oniston toliblar nazoratiga o‘tdi. Ushbu maqolada Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelish fonida O‘zbekiston tashqi siyosiy vektorida iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy o‘zgarishlar, o‘zaro munosabatlarning istiqbollari, oqibatlari, imkoniyatlari o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: toliblar, ichki va tashqi siyosat, pushtun, iqtisodiy vaziyat, Markaziy Osiyo, hukumat, milliy manfaatlar, davlat, ziddiyat, urush, hamkorlik, strategiya, xalqaro maydon. Yangi O‘zbekistonning 2022/2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga binoan, 2022-yilning Davlat dasturida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni izchil davom ettirish belgilab olindi, unda: - O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish; - oliy va yuqori darajada o‘zaro tashriflarni tashkil etish; - yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi mavjud 139 to‘siqlarni birgalikda hal etish; - savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi va hamkorlikni mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish belgilangan [1]. Sanab o‘tilgan yo‘nalishlar doirasida O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan faol hamkorliklarni yanada jadallashtirishni maqsad qilib oldi. Afg‘onistondagi 2021-yil avgust oyida hokimiyat o‘zgarishi O‘zbekiston diplomatiyasi oldida jiddiy imtihonlardan biri bo‘ldi. Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh bo‘lgan davlatlar milliy va tashqi siyosatida xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalasi kun tartibiga chiqdi. Shuningdek, ekstremistik mafkuraning tarqalishi va terrorchilar sonining ko‘payishi xavfi tufayli jiddiy xavfsizlik tashvishlarini keltirib chiqardi. Binobarin, O‘zbekistonda ham. 1996-yilda Tolibon Afg‘onistonni ilk bor egallab, mamlakatni xalqaro terrorizm maydoniga aylantirgani haligacha hech kimning esidan chiqmagan. Tolibon harakati Afg‘oniston dastlabki nazorati natijasida Markaziy Osiyo notinch hududga aylanib, ko‘plab teraktlar sodir etilgan va ular hokimiyatining og‘ir oqibatlarini Markaziy Osiyo davlatlari ham boshdan kechirgan. Tolibon harakati va uning Markaziy Osiyo mamlakatlariga harbiy tahdidi yetarli darajada jiddiy deb baholashga asos qilib quyidagi faktlarni keltirishimiz mumkin: rasmiy ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, 2021- yilning may-avgust oylarida Tolibon tomonidan mag‘lubiyatga uchragan Afg‘oniston armiyasi xalqaro armiya reytingida 140 davlat orasida 75-o‘rinni egallagandi. Tojikiston armiyasi 99-o‘rin, Turkmaniston 86-o‘rin [2], O‘zbekiston 2021-yilda 51-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, 67- pog‘onani band qilgan. Bu ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, qo‘shni davlatlarning Tolibonga qarshi mudofaa qobiliyati katta savol ostida qolishi mumkin, degan qarashlar bir qancha mutaxassislar tomonidan yangragani ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Beata Ashment fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘onistondagi hokimiyat almashinuvi borasida ikki xil pozitsiyaga ega: Turkmaniston va O‘zbekiston hokimiyatga kelgan Tolibon 140 bilan aloqalar tarafdori, O'zbekiston vakillari hatto Dohada Tolibon bilan muzokaralarda qatnashgan. Tojikiston esa, aksincha, Tolibonga muxolif hisoblanadi. Tolibon Tojikistonda faoliyati taqiqlangan radikal islomiy tashkilotdir. Mintaqada Tolibonga nisbatan turlicha munosabatning bir qancha sabablari bor. Turkmaniston va O‘zbekiston, birinchi navbatda, aniq iqtisodiy manfaatlarga ega. Gap O‘zbekiston eksporti haqida bormoqda, uning salmoqli qismini elektr energiyasi tashkil etadi. Afg‘oniston bo‘yicha ekspert S.Bo‘ronovning fikriga ko‘ra, “O‘zbekiston Afg‘oniston bilan hozirgi kunda o‘rtadagi masofani saqlagan holda, uzoqlashib ham, yaqinlashib ham ketmasligi kerak”. Lekin “hozirgi vaziyatda Qo‘shtepa kanali qurilishi boshlanganidan so‘ng O‘zbekiston Afg‘oniston bilan munosabatlarni yaxshilashi va kanal qurilishida faol ishtirok etishi kerakligi” kabi qarama- qarshi fikrlarni Afg‘oniston bo‘yicha mutaxassis R.Rashidov ilgari surgandi[3]. Jahon hamjamiyati va mintaqadagi qo‘shni davlatlarning munosabati haqida gapirganda mavjud vaziyatni kuzatish mumkin: O‘zbekiston Afg‘oniston bilan iqtisodiy aloqalarining rivojlanish tendensiyalarining pasayish ehtimolidan xavotir bildirmoqda. Senat raisining birinchi o‘rinbosari va JIDU rektori Sodiq Safoevning “Xalq so‘zi” gazetasining 2021-yil 27-mart sonidagi “Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi mintaqada osoyishtalik va barqarorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi” nomli maqolasida “Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan, O‘zbeki
Доказательный фрагмент
«Surunkali beqarorliklar natijasida Afg‘oniston iqtisodiyoti og‘ir tushkunlikni boshidan kechirmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюSurunkali beqarorliklar natijasida Afg‘oniston iqtisodiyoti og‘ir tushkunlikni boshidan kechirmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ziddiyat, конфликт, Центральная Азия, ichki va tashqi siyosat, правительство, государство, национальные интересы, state, xalqaro maydon, пуштуны, economic situation, внутренняя и внешняя политика, Pashtun, toliblar, strategy, Талибан, international arena, government, стратегия, Markaziy Osiyo, сотрудничество, Central Asia, milliy manfaatlar, Taliban, iqtisodiy vaziyat, war, domestic and foreign policy, urush, davlat, pushtun, экономика ситуация, conflict, national interests, cooperation, strategiya, война, hukumat, международная арена, hamkorlik
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025