К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘qituvchining kasbiy kompitentligini shakllantirish zaruriyati

O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPITENTLIGINI SHAKLLANTIRISH · Abdullayeva Iroda "Alfraganus”

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘qituvchining kasbiy kompitentligini shakllantirish zaruriyati, yoshlarga bilim beruvchi, ularga axloqiy sifatlarni singdiruvchi pedagogning o’zi qanday kasbiy va tarbiyaviy kompetentlikka, pedagogik mahoratga ega bo’lishi kerakligi, ularni egallash usullari, yo’nalishlari va vositalari haqida fikr-mulohazalar berilgan. Kalit so‘zlar:Kompetensiya, kompetentlik, o'qituvchi, pedagog, tarbiya. Hozirgi kunda mustaqil davlatimizning yagona maqsadi insonparvar, demokratik-huquqiy jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-ma’naviy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarilish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallash bo‘lib, ushbu maqsadlarga erishishda ijobiy natijalarga ega bo’lish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda teran tafakkurni hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim- tarbiya tizimidan boshlanadi”[2], degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz deb ta’kidladilar. Demak, zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog‘lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda. “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ta’limning sifati va mazmunini xalqaro talablar darajasiga ko‘tarish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bugungi kun o‘quvchi- yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, keng dunyoqarash egalari sifatida 131 shakllantirishda o‘qituvchilar o‘ziga xos qobiliyat va kasbiy kompetentlik egasi bo‘lishini taqozo etmoqda. O‘qituvchining kasbiy standarti tarkibida pedagogik kompetentlik muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda - mamlakatimizda uzluksiz ta’lim islohoti jadallik bilan olib borilayotgan paytda pedagogik kompetentlik muhim omil sifatida qaralmoqda. Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai nazardan “kompetentlik” va “kompetensiya” tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham “kompetentlik” nimani anglatishini va u “kompetensiya”dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. “Kompetensiya”- lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi lug‘aviy ma’nosi “inson yaxshi biladigan”, “tajribaga ega bo‘lgan” kabi ma’nolarni bildiradi. Demak, biror bir sohada kompetentli inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan bilim va qobiliyatga ega hisoblanadi. “Kompetentlik” tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. Kompetensiya bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish darajasini anglatadi. Aleks Mur ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasiga asos soldi. Ya’ni ko‘pqirrali qobiliyatlilik tushunchasi kompetentlik tushunchasiga mos kelib, uning fikricha “... ko‘p qirrali qobiliyatlar deganda, turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi tushuniladi”.[4] Kompetentlik nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi G.V.Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud: - insonning umumiy kompetentligi (matematik, kommunikativ, informatsion, ijtimoiy, axloqiy va hokazo); - faoliyat turlari bo‘yicha kompetentlik (mehnat, o‘quv, o‘yin, kasbiy); 132 - faoliyat yo‘nalgan obyektlar bo‘yicha kompetentlik (inson- texnika,tabiat); - ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha kompetentlik (maishiy, fuqaroviy, madaniy); - ijtimoiy bilimlar bo‘yicha kompetentlik (matematikada, gumanitar fanlarda); - ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (transport, aloqa, mudofaa); - qobiliyatlar bo‘yicha kompetentlik (pedagogik, psixologik, ijodiy,texnik).[5] Zero, yuqorida qayd etilgan kompetentlik yo‘nalishlari shaxs umummadaniy kompetentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shuningdek, shaxs kompetentligi mazmuniga ko‘ra 3 turga bo‘linadi. • Standart kompetensiya - ushbu faoliyatga oid doimiy va odatiy vazifalarni bajarish qobiliyati. • Asosiy kompetensiya - ushbu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni bajarish qobiliyati. • Yetakchi kompetensiya- kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati. O‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa ta’limni modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘qituvchining kasbiy kompitentligini shakllantirish zaruriyati, yoshlarga bilim beruvchi, ularga axloqiy sifatlarni singdiruvchi pedagogning o’zi qanday kasbiy va tarbiyaviy kompetentlikka, pedagogik…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘qituvchining kasbiy kompitentligini shakllantirish zaruriyati, yoshlarga bilim beruvchi, ularga axloqiy sifatlarni singdiruvchi pedagogning o’zi qanday kasbiy va tarbiyaviy kompetentlikka, pedagogik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
teacher, tarbiya, upbringing, воспитание, o'qituvchi, компетентность, Компетенция, pedagogue, pedagog, Competence, kompetentlik, учитель, педагог, Kompetensiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники