К содержанию
РецензированоUZ1989

AQSH-Xitoy munosabatlarining dunyo tartibotiga ta’siri

AQSH-XITOY MUNOSABATLARINING DUNYO TARTIBOTIGA TA’SIRI · Ergashbayev Sherzod · Jahon iqtisodiyoti va

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 1989

Аннотация

AQSh-Xitoy munosabatlarining keskinligi dunyo tartibotini yangilanishiga olib kelmoqda. Shu maqsadda yangilanayotgan dunyo tartibotini ilmiy tadqiq qilish dolzarblashmoqda. Ushbu maqolada AQSh va Xitoyning dunyoda kechayotgan zamonaviy siyosiy jarayonlarga ta’siri keng yoritib berilgan. Bunda event-tahlil, qiyosiy tahlil va intervyu ilmiy metodlaridan foydalanilgan. Maqolada Xitoyning iqtisodiy kuchayishi kuchlar muvozanati o’zgarishiga olib kelishi, jahon hamjamiyatida Xitoy mafkurasiga bo‘lgan hayrixohlik oshishi va AQSh-Xitoy ziddiyati mintaqalaro kesimda davom etishi xulosa qilingan. Maqolada ushbu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning tadqiqoti bo’yicha yangi yo‘nalishlar va siyosiy qarashlar keltirilganligi bilan ajralib turadi va u xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislar va tashqi ishlar sohasidagi mutasaddilarning faoliyatida foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so’zlar: AQSh-Xitoy munosabatlari, dunyo tartiboti, kuchlar muvozanati, Xitoy mafkurasi, soft power, regionalizm. "Xitoy uxlab qolsin, chunki u uyg‘onganida u dunyoni larzaga keltiradi", - deb Napoleon Bonapartga tegishli iqtibosni juda ko‘p uchratamiz[1]. Bu so‘zlar Napoleon Bonapart tomonidan aytilganmi yoki yo‘qmi, ammo Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)ning iqtisodiy taraqqiyoti, harbiy salohiyatining kundan kunga oshib borishi, hamda hozirgi tashqi siyosati bu so‘zlar haqiqatga yaqinligini ko‘rsatib bermoqda. Hattoki, ba’zi 74 bir olimlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining gegemonligi o‘z nihoyasiga yetmoqda degan o‘z bashoratlarini bildirishmoqda. Xitoy o‘zining iqtisodiy, harbiy, siyosiy nufuzini 1989-yildan boshlab, asosan, Sovuq urush tugaganidan so‘ng sezilarli darajada oshirib kelmoqda. Xitoyning dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti sifatida paydo bo‘lishi butun dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikning kuchayishiga olib keldi[2]. Xitoy savdosi va sarmoyasining kengayishi boshqa davlatlar uchun ham imkoniyatlar, ham qiyinchiliklar tug‘dirdi. Masalan, Belt and Road Initiative (BRI) infratuzilmani rivojlantirish va ulanishni osonlashtiradi, ammo qarz barqarorligi va potensial geosiyosiy ta’sirga oid xavotirlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘plab G‘arb davlatlari, ayniqsa, AQSh XXRning Den Syaopin davridan boshlab kuchayib borayotgan iqtisodiy taraqqiyot modelidan xavotirga tushayotganiklari aniq. Bunga sabab, Xitoy olib borayotgan bozor iqtisodiyoti AQSh va G‘arb davlatlari tomonidan tasarruf qilinayotgan bozor tuzumini, dunyoning iqtisodiy tartibotini o‘zgartirishga olib kelishi mumkin. Xitoy Xalq Respublikasi sotsial tuzumdagi davlat hisoblansa-da, liberal bozor iqtisodiy taraqqiyotni ham chambarchas olib ketmoqda. Ya’ni boshqa davlatlarga o’xshamagan gibrid siyosiy institutni yarata olishdi: demokratik xususiyatlarga ega partiya avtokratiyasi. Birinchi navatda, XXRning iqtisodiy modelida siyosiy kuch va qaror qabul qilishda demokratik element va kollektiv boshqaruv aralashmasidan hosil bo’lgan partiya avtoritarizmidan, davlat aralashuvi va erkin bozor prinsiplari aralashmasidan tashkil topgan bozor avtoritarizmi tamoyiliga asoslanadi[3]. Ikkinchidan, siyosiy kuchga bo‘ysundirilgan yangi iqtisodiy mantiq bozor avtoritarizmiga asoslangan tamoyil yotadi[4]. Tabiiyki, Xitoy modeli Rossiyaning SSSR davridagi shok terapiyasidagi iqtisodiy bozorga o’tishdagi siyosiy xatoga uchramagan, AQShdan farqli ravishda tez sur’atlarda iqtisodiy taraqqiyotga erishgan 74 namuna hisoblanadi. Shu sababdan, rivojlanayotgan mamlakatlar yoki rivojlanmagan mamlakatlar o‘zlarining taraqqiyot namunalarini AQSh tomonidan yaratilgan iqtisodiy tartibotni emas, balki XXR tomonidan yaratilayotgan dunyo tartibotiga yon bosish ehtimoli oshib borishi mumkin. Tabiiy ravishda, Xitoy modeli ham kamchiliklarga ega, ya’ni barqaror emasligi aniq. Sababi iqtisodiy rivojlanish natijasida yechimini topish zarur bo’lgan iqtisodiy muammolar:yuqori qarz, sohilbo’yi va ichki shaharlardagi rivojlanish tafovuti, atrof-muhit ifloslanishi va boshqa shu kabi muammolarni unutmasligimiz kerak. AQSh tarafidagi G7 dunyoning yetti ilg’or iqtisodiyoti davlatlarining norasmiy birlashmasiga hozirgi kunda BRICS tashkiloti asosiy raqib deb hisoblanmoqda. Bu ham AQSh va Xitoyning raqobatini ko’rsatadi.Bu kurashda BRICS tashkiloti ancha xavf solishi kutilmoqda, hatto, ayrim tahlilchilarning fikriga ko’ra, dunyo tartibotidagi muvozanatni keskin burilishiga olib kelishi kutilmoqda. Prognozlarga ko’ra, 2030-yilgacha yangi a’zolarining qo’shilishi natijasida BRICS mamlakatlari jahon YaIMning 50%izidan ortig’ini ta’minlay oladi. Bu esa jahon iqtisodiyoti va dunyo tartibiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agar BRICS mamlakatlari umumiy valyutadan foydalangan holda savdo qilishga kelishib olsa, bu dedollarizatsiya jarayonini tezlashtirishi mumkin.[9] Bu esa AQShning yana bir ta’sir kuchini yo’qolishini anglatadi. Agar bu tashkilotga qarshi G7 mamlakatlari muvozanatni tiklash maqsadida AUKUSni qamrovini kuchaytirishmasa, dunyo hukmronligini qo’ldan boy berishlari tabiiy. XXI asrga ke

Доказательный фрагмент

«AQSh-Xitoy munosabatlarining keskinligi dunyo tartibotini yangilanishiga olib kelmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

AQSh-Xitoy munosabatlarining keskinligi dunyo tartibotini yangilanishiga olib kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Отношения США и Китая, soft power, мягкая сила, мировой порядок, Xitoy mafkurasi, world order, китайская идеология, regionalism, регионализм, AQSh-Xitoy munosabatlari, dunyo tartiboti, hinese ideology, regionalizm, kuchlar muvozanati, US-China relations, forces balance, силы баланс
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники