К содержанию
РецензированоRU2024

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ЮРИДИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Rasulova Tursunoy To‘lqinovna

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this article, information communication technologies are used to inculcate categories of legal education in the minds of students, and the current state of legal education and methods of legal education are discussed. Key words: Law, legal education, legal consciousness, legal culture, legal development. СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ЮРИДИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. В данной статье используются информационно-коммуникационные технологии для формирования в сознании студентов категорий юридического образования, а также обсуждается современное состояние юридического образования и методы юридического образования. Ключевые слова: Право, юридическое образование, правосознание, правовая культура, правовое развитие. Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida alohida to’xtalib o’tmaslikning iloji yo’q menimcha. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi desak adashmagan bo’lamiz. Ta`lim sohasidagi rivojlanish insonlardagi huquqiy ong va huquqiy tarbiyaning o`sishiga sababchi bo’lmoqda.Insonlarda huquqiy tarbiyaning yaxshi shakllanishi jamiyat tinchligi,yurt kelajagi,turli xil huquqbuzarlik va jinoyatlarning kamayishi va oldini olishga sabab bo’ladi. Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisidir. Shuningdek huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir. Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda huquqiy tarbiya berishga u darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so‘z borar edi-yu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo‘yilmasligi o‘sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi. 1 08 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bilan tushuntirishlar olib borish borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda. Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz tomonidan to’laligicha yoritilmagan. Huquqiy tarbiyaning keng va tor maonoda ko’rish mumkin. Keng maonoda butun jamoaning, ko’pchilikning ongiga ta`sir ko’rsatishga qaratilgan tarbiya, tor maonoda esa alohida shaxsga, uning ongiga ta`sir etish yo’llari tushuniladi. Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o’z hatti – harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o’zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo’lib hisoblanadi. Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga» ta`sir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir. Malumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga nima qilish mumkin, nima qilish mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo’llari nimadan iborat ekanligini yetkazish lozim. Tartib buzuvchilar orasida o‘z hatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham o’ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko’p uchraydi. Shunday tushuncha hosil bo’lmasligi uchun huquqiy tarbiya jarayonida har bir jamoada o’rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, mamuriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur. Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla boshlandi. Shu davrda aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya bilan chambarchas bog’liq holda olib olib borilayapti. Masalan bizning yurtimizda huquqiy ongni o’stirish uchun maktablarda huquqiy tarbiya darslari berilmoqda.Yoshlarga huquqiy bilim beruvchi kadrlar tayyorlash maqsadida yuridik texnikumlari ochilmoqda. Joylarda yuridik mark

Доказательный фрагмент

«In this article, information communication technologies are used to inculcate categories of legal education in the minds of students, and the current state of legal education and methods of legal education are discussed.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, information communication technologies are used to inculcate categories of legal education in the minds of students, and the current state of legal education and methods of legal education are discussed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Law, legal education, legal consciousness, legal culture, legal development, Право, юридическое образование, Huquq, huquqiy tarbiya, Law, legal education
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники