Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗНАЧЕНИЕ ФОРМИРОВАНИЯ ДУХОВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ У ДЕТЕЙ НА ПРИМЕРАХ НАРОДНОГО УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА
Soatova Rayxona Sadriddin qizi
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
В данной статье рассматривается история развития науки узбекской педагогики, ее задачи, цели и принципы ее изучения. Также в статье говорится о роли педагогики в развитии общества, ее значении в воспитании молодежи. Ключевые слова: Педагогика, цель, задачи, общество, дидактика, молодое поколение, образование, теория образования. Har bir davlat har tomonlama rivojlangan, barkamol avlodni voyaga yetkazish, uni qo‘llab-quvvatlash va baxtli hayot kechirishini o‘zining eng asosiy maqsadlaridan biri deb biladi. Negaki, yoshlar – kelajak bunyodkorlaridir. Insoniyatning tarixiy tajribasi shuni isbotladiki, ta’lim va tarbiya jarayoni yaxlitlikda, chambarchas, uzluksiz holda olib borilsa, milliy mafkura va qadriyatlar bilan sug’orilsa, xalq va millat hamish ulkan yutuqlarga erishadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mana’viy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019- 24 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-8 yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, fidoyi fuqarolarni tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiya”si ishlab chiqildi. Bundan tashqari, yurtimizda pedagogika ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini yanada takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Dunyoda va mamlakatimizda ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy kuch sifatida e’tirof etilib, kompetensaviy yondashuvlar asosida ta’lim jarayonini yangi innovatsion tashkil etish, pedagogik diagnostika metodlaridan optimal foydalanish strategiyalari samaradorligini amalga oshirish va takomillashtirish orqali ta’lim oluvchilar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish dolzarb masala kasb etadi. Har taraflama yetuk, komil insonni shakllantirish masalasining murakkabligi pedagogika fanining hozirgi zamon ta’lim nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarbligi, muhimligini ko‘rsatib beradi. Bu esa pedagogning mahorati, uning barkamolligi, chuqur bilim, ko‘nikma va malakalari orqali amalga oshirish ehtiyoji yuzaga keltirmoqda. Oʻzbek pedagogikasi juda qadim tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da, O‘rxun-Enasoy bitiklariga, qadimiy Selung‘ur madaniyatiga borib taqaladi. “Avesto” kitobidagi “Ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal” haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifatini berish, bolalar tarbiyasi, turli qonuniyatlar borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi boʻlib, yetuk insonni shakllantirishga yoʻnaltirilgan hisoblanadi. Milliy pedagogikamizning taraqqiyotida ayniqsa islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi. Chunki Qurʼoni karim, hadisi sharif va tasavvuf taʼlimotining markazida yuksak axloq, komil insonni shakllantirish, Vatanga sadoqat, ilm olishga intilish, insonparvarlik, bag‘rikenglik, adolatlilik, halollik, poklik, tinchlik turardi. Inson unga ta’sir etuvchi omillardan biri bo‘lgan taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni pedagogika vositasida har tomonlama rivojlangan barkamol shaxs sifatida tarkib toptirilishi mumkin. Sharq mutafakkir olimlaridan Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida, Beruniy, Ibn Sino kabi bobolarimizning falsafiy qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan benuqson odamlar, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Alisher 25 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-8 Navoiy, Bobur, Mashrab orzu qilgan komil inson o‘zbek pedagogikasining markazida turardi. XVII asrdan boshlab, milliy pedagogikada taʼlim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga eʼtibor kuchaydi, turmush talablarini hisobga olmay, hayotiy zamindan uzilish sodir boʻldi. Natijada, jamiyat taraqqiyotida ko‘plab og‘ishlar, susayishlar paydo bo‘ldi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi. Pedagogikadagi biqiqlik, biryoqlamalilik kishilar ruhiyatiga koʻchdi, undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi. Butun bir yagona davlat xonliklarga boʻlinib ketdi. Xonliklarning har birining ichida bir-biri bilan kelishmovchilik hamda oʻzaro janjallar avj olib, mamlakat parokandalikka yuz tutdi. Negaki, jamiyat va unda yashaydigan insonlarning maʼnaviy mafkura puxta tayin etilmagan edi. O‘zboshimchalik, boshboshdoqliklar, xalq manfaatidan ko‘ra amaldorlarning manfaati ustun qo‘yilishi butun bir xalqni, millatni butun bir dunyodagi rivojlanishlardan ortda qolib ketishiga sababchi bo‘ldi. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida mafkuraviy qolipdan, buyruqqa muvofiq fikrlash zugʻumidan, qog‘ozbozlikdan qutuldi. Mustaqillik milliy pedagogikaning sogʻlom aql, milliy ruh va anʼanalarga xos tarzda yoʻlga qoʻyilishiga imkon yaratdi. Bug
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается история развития науки узбекской педагогики, ее задачи, цели и принципы ее изучения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается история развития науки узбекской педагогики, ее задачи, цели и принципы ее изучения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogy, purpose, tasks, society, didactics, young generation, пословица, сказка, proverb, fairy tale, Maqol, ertak
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026