American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Стратегии использования устной компрессии в переводе
OG‘ZAKI TARJIMADA NUTQIY KOMPRESSIYADAN · FOYDALANISH STRATEGIYALARI · Tursinova Sabina Doniyor qizi · Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026
Аннотация
В этой статье рассматривается перевод, устный перевод и его особенности, виды устного перевода: последовательный перевод, синхронный и визуальный перевод, а также компрессия и проблема использования компрессии речи в устном переводе. Ключевые слова: перевод, устный перевод, письменный перевод, последовательный перевод, синхронный перевод, визуальный перевод, компрессия речи. Zamonlar osha tarjimaga boʻlgan talablar yangilana boradi. Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. Tarjimaning koʻlami va taraqqiyoti har bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali taʼsir etadi. “Tarjima” termini bir tildan ikkinchi tilga oʻgirish jarayonini, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi. G‘.Salomov o‘zining “Tarjima nazariyasiga kirish” asarida tarjimaga shunday ta’rif beradi: “Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayon, so‘z san’ati ekanligidadir”. Ulug‘bek Yo‘ldoshev o‘zining “Tarjima nazariyasi” asarida olimlarning tarjimaga bergan izohlariga yondashgan holda “Tarjima asliyat matnidagi og‘zaki va yozma so‘z, gap, matn va 560 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman hokazolarni, asliyat va tarjima tillarining lingvistik: semantik, stilistik xususiyatlari hamda ekstralingvistik: lingvokulturologik, pragmatik va kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda tarjima tiliga olib o‘tish jarayonidir”, degan fikrlarni beradi. Tarjima turlarini umumlashgan holda shakli va mazmuniga qarab tasniflash maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, har qanday til og‘zaki va yozma shaklda ifodalanadi. Tarjima, shakliga ko‘ra, og‘zaki tarjima va yozma tarjimaga bo‘linadi. Rus tilidagi “перевод”, o‘zbek tilidagi “tarjima” so‘zi ingliz tilida ikki xil talqin qilinadi: yozma tarjima (translation) va og‘zaki tarjima (interpretation) kabi. Og‘zaki tarjima faoliyati kattaroq ko‘lamni o‘z ichiga oladi. Og‘zaki tarjimada yozma tarjimaga nisbatan ingliz tilini yuqori darajada bilishingiz, yetarlicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz, va shuningdek nutqingiz ravon bo‘lishi ya’ni (to‘g‘ri talaffuz qila olishingiz, intanotsiyani) to‘g‘ri qo‘llashingiz kerak. Bu turdagi tarjimonlar konferensiya tarjimonlari deb ham yuritiladi. Birinchi konferensiyada tarjimonlar kerma-ket tarjimani amalga oshirganlar, ya’ni ular o‘zlarining nutqlarini ma’ruzachi nutqini tugatgandan keyin amalga oshirishgan. Ba’zida nutqlar bir soatdan ortiq davom etadi, shuning uchun tarjimonlar notiqni ma’ruzasi davomida bezovta qilishni yomon hislat deb bilishgan va ularning nutqi davomida eslamatlarni yozib olishgan. Shu tariqa ketma – ket tarjima usuli paydo bo‘lgan. Yozma tarjimada har qanday matn (yozma yoki og‘zaki material) ning yozma shakldagi tarjimasi tushuniladi. Og‘zaki tarjima esa har qanday turdagi materialning og‘zaki shakldagi tarjimasi hisoblanadi. Og‘zaki tarjimada tarjimon aytilayotgan nutq mazmunini tez uqib olishi, oldindan tayyorlanib, tez tahlil qilish ko‘nikmasini va to‘xtamay tarjima qilish usullarini ishlab chiqqan bo‘lishi kerak. Bunday jarayonda tarjimon tarjima qilayotgan matnni tuzatish yoki qaytadan ishlab chiqish imkoniyatiga ega emas. U. Yo‘ldoshev o‘zining asarida og‘zaki tarjimaning xususiyatlarini quyidagicha tasniflaydi: “Og‘zaki tarjimaning xarakterli xususiyati shundaki, tarjimon matnni, avvalo, akustik shaklda, ya’ni eshitganlarini tarjima qiladi. Og‘zaki tarjimaning ikkinchi asosiy xususiyati uning nutqni eshitib, keyin amalga oshirilishidir. Ayrim hollarda shunday vaziyatlar bo‘lib qoladiki, tarjimon notiq gapning ega va kesimini aytishini kutib, keyin tarjima qilishga kirishadi. Tarjima jarayonidagi bunday muammo tillarning tipalogik jihatdan turli guruhlarga mansubligi sababli amalga oshiriladi”. Og‘zaki tarjimada nutqning bir necha xususiyatlari ko‘zga tashlanadi, masalan, sinxron tarjimada tarjimon nutqi baland ovozda va tez aytiladi. Tarjimaning bu turida so‘zlarning soni tarjima qilinayotgan nutq hajmiga bog‘liq. Og‘zaki tarjima nazariyasi tarjimon oldiga quyidagi talablarni qo‘yadi: 1) aniq talaffuz qilish; 2) nutq maromini bir xil saqlash; 3) jumlalarning mazmuniy bog‘liqligiga e’tibor qaratish. 561 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Og‘zaki tarjimaga yozma tarjimaga qaraganda, maxsus tarjima sifatida qarash kerak. Og‘zaki tarjima bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tarjimaning bu ko‘rinishida ham son, ham sifat jihatdan xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, tarjima faoliyatida e’tiborning o‘rni haqidagi savollar E.V.Alikina va I.A. Zimnyaya asarlarida ko‘rib chiqilgan. Diqqat bir vaqtning o‘zida ba’zi ob’ektlar va hodisalarni aks ettirish va boshqalardan chalg‘itishni o‘z ichiga oladi. Og‘zaki tarjimaning barcha turlari diqqatni ajratishni talab qiladi. Tarjimani ko‘rib chiqayotganda, tarjimonning diqqatini tortadigan ob’yektn
Доказательный фрагмент
«В этой статье рассматривается перевод, устный перевод и его особенности, виды устного перевода: последовательный перевод, синхронный и визуальный перевод, а также компрессия и проблема использования компрессии речи в…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье рассматривается перевод, устный перевод и его особенности, виды устного перевода: последовательный перевод, синхронный и визуальный перевод, а также компрессия и проблема использования компрессии речи в… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- translation, oral translation, written translation, consecutive, визуальный перевод, kompressiya, yozma tarjima, consecutive translation, перевод, simultaneous translation, ketma-ket tarjima, note-taking, og‘zaki tarjima, компрессия речи, tarjima, письменный перевод, visual tarjima, og‘zaki tarjimaning turlari, speech compression, sinxron tarjima, устный перевод, последовательный перевод, nutqiy kompressiya, синхронный перевод, visual translation
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016