American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Переведите следующий узбекский текст на русский: В "Сказках Чиполлино" Жанни Родари важность художественного создания переменяющихся ландшафтов в "Переменяющихся цветах" (переименованных)
JANNI RODARINING “CHIPPOLINONING SARGUZASHTLARI” · ASARIDA QO‘LLANILGAN “O‘ZGARUVCHAN OTLAR”(NOMI · ALTERATI)NING BADIIY MANZARA YARATISHDAGI AHAMIYATI · Ergashova Baxora Sayfillo qizi
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026
Аннотация
В данной исследовательской работе даны общие сведения об альтеративных существительных (nomi alterati) в итальянском языке, а также выделены их художественные особенности на основе анализа произведения Дж. Родари «Приключения Чиполлино». Этот вид словосочетание широко используется преимущественно в детской литературе и играет важную роль в создании художественного образа. Ключевые слова: типы существительных по структуру, переменные существительные, специальные суффиксы, Чиполлино, «Приключения Чиполлино». Annotation. This research work gives general information about alterative nouns (nomi alterati) in the Italian language, and also highlights their artistic features on the basis of the analysis of G. Rodari’s work "The Adventures of Cipollino". This type of word combination is widely used mainly in children’s literature and plays an important role in creating an artistic image. Keywords: noun structure types, variable nouns, special suffixes, Cipollino, The Adventures of Cipollino. Boshqa Hind-Yevropa tillar oilasiga mansub tillar singari italyan tilida ham so‘zlarning semantik, morfologik, leksik o‘ziga xosliklari mavjud bo‘lib, ular ustida bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Xususan, XX asrning 50-yillarida Italiyada yagona adabiy tilni shakllantirish, sheva va lahjalarning diatopik va diastratik jihatlarini chuqur o‘rgangan holda, fonetik va leksik jihatdan adabiy til me’yorlariga mos keladiganini topish tilshunos olimlar uchun asosiy masalaga aylandi. Bugungi tadqiqot ishimizda italyan tilida ot so‘z turkumining umumiy xususiyatlari hamda otlarning tuzilishiga ko‘ra turlari haqida nazariy ma’lumotlar 494 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman berilib, Janni Rodarining “Chippolinoning sarguzashtlari” asarida keltirilgan o‘zgaruvchan otlarning umumiy tavsifi hamda badiiy manzarani shakllantirishdagi ahamiyati xususida fikrlar keltiriladi. So‘z turkumlarining o‘rganilish tarixi antik davrlarga borib taqaladi. O‘sha davr faylasuf, mantiqshunosh va tilshunoslari bu borada ilk marta juda qimmatli fikrlar bildirganlar. Masalan, Arastu so‘z turkumlari sonini 3 ta deb ko‘rsatgan va unga ot, fe’l, va bog‘lovchi vositalarni kiritgan. Oradan qariyb 12–13 asr o‘tgandan keyin, ulug‘ bobokalonimiz Mahmud Koshg‘ariy ham so‘z turkumlari sonini 3 ta deb ko‘rsatgan. So‘z turkumlari nazariyasining rivojlanishi, olimlarning bu masala bilan shug‘ullana boshlashishi barobarida so‘z turkumlari soni ham ortib bordi. Bu holat asosan, 19–20- asrlarda keng taraqqiy etdi. Italyan tilida so‘z turkumlarining mustaqil hamda tobe kategoriyalari mavjud bo‘lib, ot so‘z turkumi mustaqil kategoriyadagi turkum sanaladi hamda sifat, olmosh va son kabi boshqa turkumlar unga tobelanib keladi. Otlar ma’nosiga, tuzilishiga hamda vazifasiga ko‘ra bir nechta turlarga bo‘linadi. Quyida otlarning tuzilishiga ko‘ra turlariga, ularning gaplar va matnlardagi ekspressiv vazifalariga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Italyan tili roman tillari turkumiga kirib, uning bobo tili lotin tili sanaladi. Shunga ko‘ra, mazkur til tarkibidagi juda ko‘p xususiyatlar lotin tilining elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan, ya’ni otlar tuzilishiga ko‘ra 4 turga bo‘linadi: sof otlar, yasama otlar, o‘zgaruvchan otlar va murakkab otlar. O‘zgaruvchan otlar(nomi alterati) so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar yordamida yasaladigan otlar hisoblanib, ular yangi so‘z hosil qilmasdan, o‘zi birikib kelayotgan otga qo‘shimcha ma’nolarni yuklaydi. Italyan tilida o‘zgaruvchan otlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: Diminutivi (kichraytiruvchi, kamaytiruvchi)-o‘zi birikib kelgan otlarga kichraytirish va ozaytirish ma’nolarini yuklaydi hamda otlarning asoslariga -ino, -ello, -etto suffikslarini qo‘shish bilan yasaladi: fratellino-kichik uka, ukacha; asinello-eshshakcha, rametto-kichik shox, shoxcha kabilar. Vezzeggiativi(erkalovchi, yaxshilovchi)- o‘zi birikib keladigan otga nafaqat ozaytirish ma’nosini, balki erkalash, maqtash, yoqimlilik kabi bir qator yaxshi sifatlarni ham yuklab keladi. Otlarning asosiga -uccio, -uzzo, -icciolo, -erello, - icino, -ellino, -etto kabi suffikslarni qo‘shish orqali yasaladi: fiorellino- gulcha(chiroyli gul), venticello-yengil shamol, passerotto-chumchuq bolasi, polapon. Accrescitivi(ko‘paytiruvchi, oshiruvchi)- otlarga kattalashtirish, kuchaytirish ma’nolarini yuklaydi va ularga -one, -ozzo, -accione kabi suffikslarni qo‘shish orqali yasaladi: bambinone-baquvvat bola, predicozzo-yaxshigina tanbeh berish. Dispregiativi(yomonlovchi, afsuslanuvchi)- otlarga nafrat, xunuklik, yoqimsizlik kabi bir qator salbiy ma’nolarni yuklaydi va ularga -accio, -astro, - aglia, -onzolo, -uncolo suffikslarini qo‘shish orqali yasaladi: ragazzaccio-yomon bola, bezori, ladruncolo-o‘g‘rivaccha, mediconzolo-yomon shifokor. 495 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman O‘zgaruvchan otlar (nomi alterati) nafaq
Доказательный фрагмент
«В данной исследовательской работе даны общие сведения об альтеративных существительных (nomi alterati) в итальянском языке, а также выделены их художественные особенности на основе анализа произведения Дж.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной исследовательской работе даны общие сведения об альтеративных существительных (nomi alterati) в итальянском языке, а также выделены их художественные особенности на основе анализа произведения Дж. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- noun structure types, variable nouns, special suffixes, Cipollino, Chipollino, специальные суффиксы, Chipollinoning sarguzahtlari, переменные существительные, otlarning tuzilishiga ko‘ra turlari, o‘zgaruvchan otlar, maxsus suffikslar, Types of nouns by structure, Piyozbosh, типы существительных по структуру, «Приключения Чиполлино», Чиполлино
Смежные источники
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019