American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
«Blanc» - лингвистические особенности глагольных фразеологизмов, образованных посредством «белого» цвета.
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI · Hojiyeva Gulchehra Salimovna · Shirinova Gulsanam Luqmon qizi
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 25 · 09-15 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются семантические особенности фразеологизмов, образованных с помощью глаголов в современном французском языке, значение выражений, выполненных с помощью цветов, в усилении содержания предложения, в частности, лексическая особенность фразеологизмов, образованных с участием цвета «blanc» – «белый» сравнивается и анализируется смысловая специфика их сходства и различия на основе их узбекских переводов. Ключевые слова. Фраза, составленная с помощью цветов, фразеологизм с глаголом, пожелать хорошего пути, молчать, voir tout en blanc, montrer patte blanche, laisser une marge blanche Annotation. This article analyzes the linguistic characteristics of phraseological units formed through the prism of contemporary French verb conjugation, emphasizing the significance in conveying meaning through colors, particularly exploring lexical-semantic peculiarities of expressions involving the color "blanc" (white). The study delves into comparative and contrastive analysis of these expressions based on their lexical-semantic features, drawing parallels and distinctions in their Uzbek translations. Key words: expressions formed through color associations, verbal phraseological units, wishing safe travels, to hold one’s tongue, voir tout en blanc, montrer patte blanche, laisser une marge blanche 469 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Zamonaviy fransuz tilida fikrning eng nozik tomonlarini leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra ifodalashda otli, olmoshli, ravishli, predlog va bog‘lovchili iboralar bilan birgalikda fe’lli iboralardan ham unumli foydalaniladi. Frazeologizmlar ichida fe’lli frazeologik birlik (bundan keyin – FB)lar katta miqdorni tashkil etadi. Buni zamonaviy fransuz tilidagi o‘rtacha har ikki FBdan biri fe’lli FB ekanligidan ham payqash mushkul emas. Sodda fe’llar vositasida yasalgan iboralar umumiy fransuz tili gap qurilishida muhim o‘rin egallaydi. Ularning ko‘pchiligi être, avoir, faire, mettre, prendre kabi fe’llar yordamida yasaladi. Bunday holatda fe’llar gapda alohida emas balki, o‘zi birikkan so‘z bilan birgalikda gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. Substantiv, ravishli FBlardan farqli ravishda fe’lli iboralar leksik-grammatik jihatdan boshqa turdan hosil ham bo‘lmaydi va boshqa turdagi FBlarga asos ham bo‘lolmaydi. Fe’lli frazeologizmlar boshqa so‘z turkumlari bilan yasalgan shu turdagi birliklardan farqli, tarkibida albatta fe’l ishtirok etishi bilan xarakterlanadi. Bunda iboralar tarkibidagi fe’l aksar holatlarda birinchi o‘rinda, kamdan-kam hollarda esa ikkinchi o‘rinda joylashgan bo‘ladi. Fransuz tilida ranglar vositasida hosil bo‘lgan FBlar tarkibida ham yuqorida nomlari keltirilgan fe’llar yordamida yasalgan iboralar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bunday iboralarga quyidagilarni misol keltirish mumkin: 1. être (se mettre, se trouver) dans de beau (de jolis, de mauvais, de vilains) draps blanc – noqulay ahvolda qolmoq, xijolatli, mushkul vaziyatga tushmoq; 2. être dans le noir – dom-daraksiz yo‘qolmoq; 3. être en noir – azada yurmoq, aza tutmoq; 4. être (couché) sur des roses – hayot lazzatlaridan bahra olmoq; 5. faire du marché noir – olib-sotarlik, chayqovchilik qilmoq. Fe’lli FBlar yasalishi jarayonida à, en, de predloglarining tilda keng qo‘llanilishi haqidagi mulohaza Z.N.Levit tomonidan hozirgi fransuz tili FBlari tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi turli xil so‘zlarning qo‘llanilish darajasini tahlil qilish orqali o‘z isbotini topgan. Z. Levitning fikrlarini M.S.Guricheva tomonidan bildirilgan quyidagi xulosa ham tasdiqlaydi: “Fransuz tilidagi à va de predloglari qadimdan keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab semantik munosabatlarni ifodalovchi predloglar hisoblanadi”. Ma’lumki, FBlar obrazlilikni, ekspressivlik va emotsionallikni aks ettiruvchi muhim voasitalar bo‘lib, ular badiiy asar matnining ifodaviy ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi, xususan, ranglar vositasida hosil bo‘lgan FB (bundan keyin – RVHBFB)lar ham. Biz tadqiq etayotgan RVHBFBlarning ham asosiy qismini fe’lli iboralar tashkil etadi. Tadqiqot davomida mavzuga mos misollar jamlanib, quyida ana shu misollar ichidan rang bilan bog‘liq fe’lli iboralar tahlil qilindi. Ta’kidlash joizki, oq rang hayotimizda eng ko‘p qo‘llaniluvchi ranglardan biridir. Birgina “Blanc” (“Oq” rang) vositasida hosil bo‘lgan FBlarni qiyosiy o‘rganib, ularning qo‘llanilishida quyidagi o‘ziga xosliklarni kuzatish mumkin. 470 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Masalan: 1. “Voir tout en blanc” – “hamma narsani yaxshi qiyofada ko‘rmoq”, “hamma narsaning yaxshi tomonini ko‘rmoq” iborasi optimist odamlarga nisbatan qo‘llaniladi. Asliyatda: M. de Chevreuse, toujours équanime, toujours éspérant, toujours voyant tout en blanc, essaya de nous prouver, par ses raisonnements de physique et de médecine, qu’il y avait plus à espérer qu’à craindre… Tarjimada: Har doim xotirjam
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются семантические особенности фразеологизмов, образованных с помощью глаголов в современном французском языке, значение выражений, выполненных с помощью цветов, в усилении содержания предло…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются семантические особенности фразеологизмов, образованных с помощью глаголов в современном французском языке, значение выражений, выполненных с помощью цветов, в усилении содержания предло… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- expressions formed through color associations, verbal, фразеологизм с глаголом, montrer patte blanche, молчать, составленная с помощью цветов, The phrase, is an idiom with the verb, Фраза, to show a white paw, to leave a white margin., og‘ziga talqon solmoq, composed with the help of colors, fe’lli frazeologik birlik, oq yo‘l tilamoq, laisser une marge blanche, montrer patte blanche, Ranglar vositasida yasalgan ibora, voir tout en blanc, voir tout en blanc, to see everything in white, пожелать хорошего пути
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025