Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019
Понятие поиска различно в глазах разных ученых.
TOPISHMOQ TUSHUNCHASI TURLI OLIMLAR NIGOHIDA · Tursunova Nilufar Shodikulovna
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026
Аннотация
In this article we try to give some information about types of transferring the meaning in Uzbek folk riddles, the structural semantic aspects and the style of riddles. The riddles which is one of the most concise and funny genres of folk art, has been recognized as one of the main tools for determining wisdom, ingenuity, and increasing people’s vigilance in all nations since time immemorial. They are one of the elements that play an important role in human development. Key words. Riddle, folk literature, metaphor, transferring the meaning, structure and meaning, characterization, literary exposition. Аннотация. В этой статье мы попытаемся дать некоторую информацию о типах передачи смысла в узбекских народных загадках, структурно-семантических аспектах и стиле загадок. Загадка, являющаяся одним из наиболее лаконичных и забавных жанров народного творчества, с незапамятных времен признана одним из главных инструментов определения мудрости, смекалки и повышения бдительности людей у всех народов. Они являются одним из элементов, играющих важную роль в развитии человека. Ключевые слова. Загадка, народная литература, метафора, передача смысла, структура и смысл, характеристика, литературное изложение. Asrlar davomida yaratilib, sayqal topib, mumtoz bir shaklda kelib qolgan xalq og‘zaki izodi asarlari bizning noyob ma’naviy va madaniy merosimiz, beqiyos ilmiy- tarixiy solnomamizdir. Xalq og‘zaki ijodining umri boqiydir, u tildan-tilga, dildan-dilga o‘taveradi, kelajak avlodlarni ham o‘z go‘zalliklaridan bahramad qilaveradi. Xalq og‘zaki ijodi nihoyatda rang- barang asarlarga boy, shu bilan birga, bu asarlarning har biri o‘ziga xos maqsad va vazifaga ega bo‘lgan mustaqil janr namunalidir. Maqol va topishmoqlar o‘z tasvir obektlari, usullari qonun qoidalariga ega. Xalq maqollari yaxshi yashash yo‘l- yo‘rilari, hayotning turfa xil sharoit, fasllarida 451 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman nimalar qilish yoki qilmaslik lozimligini o‘rgatib, ibratomuzlik kasb etsa, xalq topishmoqlari bizni o‘rab turgan narsa – hodisalarning belgi-xususiyatlarini, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, aloqadorlikni ilg‘ashga, mantiqiy va obrazli fikirlashga o‘rgatadi. Maqolni “Hayot qomusi “, og‘zaki ensiklopediya deyish mumkin. Topishmoq esa “xalq uchun qiziqarli bo‘lgan narsa – predmetlar to‘g‘risidagi bilimlar silsilasi xalq fanidir. Topishmoq xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy janrlaridan biridir. “Topishmoq jahon xalqlari ijodi, sivilizatsiya tarixida maqollar bilan bir davrda paydo bo‘lgan qadimiy janr namunalaridir” Topishmoqlarning kelib chiqishi, tarixi tadqiqotchilarni ko‘pdan qiziqtirib keladi. Bu masala rus tilshunosligida ancha keng o‘rganilgan. Jumladan, V.P. Anikin topishmoqlarnng kelib chiqishini baliq ovlovchilar, ovchilar chorvadorlarning sirli nutqi, tabu va boshqacha so‘zlashlarda ko‘radi Topishmoqlar shakl va mazmun jihatdan xilma-xildir. Ularga nazar tashlaydigan bo‘lsak bir qatorli darak gap shaklidagi, bir qatorli so‘roq gap shaklidagi, to‘rt qatorli, so‘zlari o‘zaro qofiyadosh bo‘lgan she’r shaklidagi, o‘zaro savol javob-javob asosiga qurilgan aytishuv shaklidagi, va hattoki topishmoq asosiga qurilgan ertak va dostonlarni ham uchratishimiz mumkin. Masalan: “Yer tagida oltin qoziq – U hammaga boʻlar oziq”. (Sabzi) Mazkur ikki misrali she’r shaklidagi topishmoq o‘zbek xalqi orasida mashhur bo‘lib, uning javobi sabzi ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. Yuqoridagi topishmoq ham boshqa ko‘plab topishmoqlar singari metafora asosiga qurilgan bo‘lib, “oltin qoziq” o‘xshatishi orqali sabzining tus jihatidan oltin rangiga yaqinligi, shaklan qoziqqa o‘xshash bo‘lib, uning asosiy qismi tuproq ostida bitishi va tanovul qilish mumkinligiga ishora qilinadi. Shu asnoda topishmoqni topishi kerak bo‘lgan tinglovchilar aytilgan belgilarga tayangan holda topishmoqning javobini topishga harakat qiladilar. Topishmoqlar shaklan nihoyatda ixcham, muxtasar bo‘lishiga qaramay, badiiy tasvir vositalariga juda boydir. Topishmoqlarning uslubi metafora (istiora), ko‘chim, kinoya, qochirma yo‘li bilan so‘zlarni ko‘chma ma’noda ishlatish orqali, yashirilayotgan narsa va hodisalarning belgilariga ikkinchi bir narsa-hodisalarning belgilarini qiyoslash, o‘sha belgilarga imo-ishora qilishdan iboratdir. O‘zbek xalq topishmoqlarining asosiy qismini metaforaga asoslangan topishmoqlar tashkil etadi. Metafora bu – muayyan bir narsa yoki hodisaning tashqi ko‘rinishi jihatidan boshqa bir narsaga o‘xshashligi asosida ma’no ko‘chish turi bo‘lib, u topishmoqlarda tasvirdagi obrazlilikni ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan: “Atrofi chakalakzor, o‘rtasi yorug‘ yulduz”, bu topishmoqda jumboqlanayotgan narsalardan birinchisi kipriklar, ko‘chim esa “chakalakzor”, ikkinchi jumboq ko‘z bo‘lib, unga nisbatan “yorug‘ yulduz” ko‘chimi mohirona ishlatilgan. Ya’ni “Atrofi chakalakzor” ta’rifi bilan ko‘z atrofidagi kipriklar ko‘zni xuddi chakalakzordek o‘rab turishiga ishora qilinsa, “o‘rtasi yoru
Доказательный фрагмент
«In this article we try to give some information about types of transferring the meaning in Uzbek folk riddles, the structural semantic aspects and the style of riddles.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article we try to give some information about types of transferring the meaning in Uzbek folk riddles, the structural semantic aspects and the style of riddles. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Riddle, folk literature, metaphor, transferring the meaning, istiora, метафора, структура и смысл, jonlantirish, народная литература, xalq og‘zaki ijodi, literary composition., conveying meaning, Topishmoq, shakl va mazmun, ko‘chma ma’no, metafora, jumboq, obrazlilik, characterization, structure and meaning, badiiy tasvir, Загадка, передача смысла, литературное изложение, характеристика
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021