К содержанию
РецензированоRU2026

Лексико-семантические особенности фразеологизмов, созданных в произведениях Ги де Мопассана, выражены через цвета.

VOSITASIDA HOSIL BO‘LGAN FRAZEOLOGIZMLARNING LEKSIK- · SEMANTIK XUSUSIYATLARI · Hojiyeva Gulchehra Salimovna · Xamdamov Temur Doniyor o‘g‘li

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 25 · 09-15 · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается роль фразеологизмов в лингвистике, в частности, лексико-семантические особенности образования фразеологизмов, образованных с помощью цвета, анализируются сравнительно-сопоставительные особенности словосочетаний, определяемые на основе двух неродственных языков: французского и узбекского на основе перевода романа французского писателя Ги де Мопассана «Bel ami» («Милый друг» – «Aзизим»). Ключевые слова. Фразеологизм, словосочетание, краснеть до ушей, à l’oeil noir, rougit jusqu’aux oreilles, la figure rose. Annotation. This article analyzes the peculiarities of the lexical-semantic nature of phraseological units, particularly those formed through color expressions. The comparative characteristics of phraseological features are examined through the example of the novel "Bel Ami" by the French writer Guy de Maupassant and its translation into Uzbek by I.G‘afurov ("Azizim"). Key words: phraseological unit, expression, turning shy with ears burning, à l’oeil noir, rougit jusqu’aux oreilles, la figure rose. Ma’lumki, frazeologizmlar ikki va undan ortiq so‘zlarning turg‘un birikmasidir. Ular tilshunoslikda frazeologizm, frazeologik yoki turg‘un ibora, frazeologik birikma va ibora kabi bir nechta nomlar bilan ataladi. Frazeologik birlik (keyingi o‘rindarda: FB)lar obrazlilik va ekspressivlikni vujudga keltiruvchi 414 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman murakkab vositalar bo‘lib, ular badiiy, siyosiy, publitsistik matnlarning ifodaviy ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi, shuning uchun ham iboralarni o‘rganish stilistikada muhim ahamiyat kasb etadi. Fransuz adabiyotida betakror ijodi bilan munosib o‘ringa ega adib Gi de Mopassanning “Bel Ami” (“Azizim”) romani nafaqat o‘tkir syujeti, balki personajlarning hayotiyligi, badiiy tasvir vositalarining go‘zalligi, xususan iboralardan o‘rinli foydalanilganligi bois jahon adabiyotining nodir durdonalari sirasidan joy olgan. Tilshunoslikda asar matni – kontekst xususiyati tarjimon uchun tayanch nuqta hisoblanib, tarjimonning qaysi usul yoki vositadan foydalangani ham shunda aniqlanadi, demak tarjimani tadqiq etish va baholashda bu asosiy me’zon bo‘la oladi. Mazkur me’zonga tayangan holda tadqiqot davomida Gi de Mopassanning “Bel Ami” (“Azizim”) asari kontekstidan olingan ranglar vositasida yasalgan bir necha FBlar va ularning tarjimada berilishi yuzasidan qiyosiy tahlil amalga oshirildi. Quyida ana shu tahlildan namunalar havola etiladi: 1. Asliyatda: C’était une grosse brune à la chair blanchie par la pâte, à l’oeil noir, allongé, souligné par le crayon, encadré sous des sourcils énormes et factices. O‘zbek tilida: Xotin lobar, sochlari qora, ko‘zlariga surma tortgan, qoshlarini payvasta qilib bo‘yagan, yuzlariga upa-elik surib olgandi. Ushbu misolda uch xil (“brune”-jigar rang, “blanc”-oq va “noir”-qora) rang bir gapda ishtirok etib, shulardan faqat ikkitasi ibora hosil qilmoqda. Fransuz tilidagi “une grosse brune” iborasi o‘zbek tilida “lobar, sochlari qora” tarzida o‘giriladi va bunda faqat fransuz tilidagi misol FB bo‘la oladi, iboradagi “brune”, ya’ni “jigar rang” kontekstda “sochlari qora” ma’nosini ifodalab kelmoqda. “À l’oeil noir” iborasi esa o‘zbek tilida “ko‘zlariga surma tortgan” tarzida berilgan bo‘lib, iboralar asosida bitta obraz yotadi – “qora ko‘z”. Ta’kidlash joizki, sinonimik boylik jamiyat taraqqiyotining har bir jabhasidagi madaniyat taraqqiyotini, uning etnik va estetik qimmatini, ma’naviy ehtiyojini, badiiy janrlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. “Azizim” romanidan olingan quyidagi misollarda ham sinonimiyaning yorqin namunasini ko‘ramiz: 2. Asliyatda: Il rougit jusqu’aux oreilles, ne sachant plus que dire. O‘zbek tilida: Dyurua nima deb javob berishini bilmay qizarindi. 3. Asliyatda: Il avait rougi jusqu’aux cheveux. O‘zbek tilida: Dyuruaning lavlagisi chiqib ketdi. 2 va 3-misollarga asoslanib, bir FBning turli xil shakllarga egaligi bir qancha yangi iboralar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, yuqoridagi iboralarni FBlarning variantlari deb emas, balki aslida bir xil obraz yotadigan va bir xil semantik ma’noli sinonim frazeologizmlar deb atash mumkin. Mazkur o‘rindagi barcha iboralar rangga oid so‘zlar bilan hosil qilingan va aytish joiz, faqatgina fransuz tilidagi FBlar inson tana a’zolari (quloq, soch) bilan ifodalangan. O‘zbek tilidagi 1-ibora “qizarinmoq” fe’li bilan yasalgan bo‘lib, bizningcha, ushbu o‘rinda “qulog‘igacha qizarib ketmoq” FBi qo‘llansa, gapdagi uslubiy bo‘yoqdorlik yanada ortgan bo‘lar edi. 415 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 3-misoldagi iboraning benihoya kuchli obrazlilikka asoslangan hamda qizarmoq fe’li o‘rnida metaforik ibora – lavlagisi chiqib ketoqdan foydalanilganligi o‘zbek tarjimonining yuksak mahoratidan dalolat beradi. 4. Asliyatda: Laurine courait mintenant, s’abandonnai

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается роль фразеологизмов в лингвистике, в частности, лексико-семантические особенности образования фразеологизмов, образованных с помощью цвета, анализируются сравнительно-сопоставительные о…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается роль фразеологизмов в лингвистике, в частности, лексико-семантические особенности образования фразеологизмов, образованных с помощью цвета, анализируются сравнительно-сопоставительные о… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phraseological unit, expression, turning shy with ears burning, blushing to the ears, a black eye, la figure rose, quloqlarigacha qizarib ketmoq, Фразеологизм, словосочетание, ibora, Frazeologik birlik, rougit jusqu’aux oreilles, Idiom, phrase, à l’oeil noir, a rosy complexion., краснеть до ушей, blushes to the ears
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники