К содержанию
РецензированоRU2026

Достижения и проблемы художественного перевода

BADIIY TARJIMADA YUTUQLAR VA MUAMMOLAR · Choriyeva Shaxnoza Shuxratovna

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

Данная статья посвящена переводу художественных и поэтических произведений, написанных на английском языке. Также в процессе перевода стихотворений высказываются замечания по поводу выбора альтернативных слов, лингвистических элементов и некоторых ошибокв переводе. Ключевые слова: английский язык, стихи, проза, переводчик, прямой перевод, косвенный перевод, лирика. Annotation. This article is devoted to the translation of literary and poetic works written in English. Also, in the process of translating poems, comments are given about the choice of alternative words, linguistic elements and some errors in translation. Key words: English language, poetry, prose, translator, direct translation, indirect translation, lyrics. Tarjima bir xalqning ma’naviyati, madaniyati, turmush tarzi, san’ati haqidagi ma’lumotlarniboshqa bir xalqqa yetkazib beruvchi vosita hisoblanadi. Bu haqda I.Borisova ham quyidagicha izoh keltiradi: “Tarjima – bu bir xalqning ma’naviy boyliklarini boshqa bir xalqqa yetkazib berishda eng to‘g‘ri yo‘l”. Tarjimashunoslikda asarlarni bir tildan ikkinchi va boshqa tillargatarjima qilishda ikki xil usuldan foydalanish mumkin: bevosita va bilvosita. Bevosita tarjima usulida bir asar ikkinchi bir tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinsa, bilvosita tarjima usulida esa bir tildagi asar boshqa bir til vositasi orqali o‘zga tilga tarjima qilinadi. Ma’lumki, yurtimizda G‘arbiy Yevropa, Amerika adabiyoti namoyondalari asarlari, jumladan, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan va boshqa tillarda yaratilgan asarlar bevosita tarjima qilinmasdan, balki rus tilidan, ya’ni bilvosita tarjima usuli orqali tarjima qilingan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin bevosita tarjimaga bo‘lgan e’tibor kuchavdi. Bu esa asl nusxadan tarjima qilingan asarlarni mazmunini o‘zbek o‘quvchilariga yetkazib berishda muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda bevosita tarjima orqali xorijiy adabiyotlarga tegishli buyuk asarlar tarjimasiortayotgani kishini quvontiradi. Misol uchun, Germaniyadagi German-oʻzbek ilmiy jamiyati raisi, taniqli tarjimon 395 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Xurram Rahimov asarlarini, asosan, bevosita tarjima asarlari tashkil etadi. Taniqli tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Yoʻldosh Parda ham nemis tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilishda bevosita tarjima usulidan foydalanadi. U oʻzbek tilidan nemis tiliga, nemis tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish bilan ham shug‘ullangan. Ta’kidlash joizki, ularning tarjimalari aniq, chiroyll tushunarli boʻlib, asl nusxadagi mazmuni bilan deyarli bir xil chiqqan. Shuningdek, yana bir tarjimonlik sohasida koʻplab yutuqlarga erishgan taniqli tarjimon Nizom Komil Eriх Mariya Remark ijodi namunalaridan “Uch og‘ayni”, “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” kabi asarlarni rus tilidan oʻzbek tiliga bilvosita tarjima qilib,kitobхonlar qalbidan joy olganlar. Tarjimon bergan intervyularidan birida: “Tarjimonlar safi kengayib borayotgani kishini quvontiradi, albatta. Ammo gap sonda emas, sifatda. Talab yoshu qariga barobar. Toʻgʻri tarjima – yaxshi tarjima degani emas. Shuning uchun yosh tarjimonlarimiz tinmay izlanishlari, oʻqib-oʻrganishlari, adabiy til nimayu badiiy til nima – buning farqini aniq-ravshan ajrata oladigan boʻlishlari zarur” deya fikr bildiradi. Yana bir buyuk tarjima sohasida salmoqli faoliyat yuritgan yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G‘afurov jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Doctoyevskiy), “Azizim” (Mopassan), “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (E. Xeminguey), “Qiyomat”, “Chingizxonnig oq buluti” (Chingiz oq buluti), “Yong‘in” (V. Rasputin), “Surur” (Nozim Hikmat) singari asarlarini va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan va uning tarjimalari xalqqa manzur boʻlgan. Bu kabi koʻplab tarjimonlar roʻyxatni yana davom ettirish mumkin. Yosh tarjimonlarning sohaga dadil kirib kelayotgani davrtalabi, albatta. Biroq qilinayotgan tarjimalarni kuzatib, nafaqat nasriy asarlar tarjimasiga balki nasmga ham e’tibor qaratilishi lozim.Bu borada OʻzDJTU Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi B.Xolbekovaning nazmiy asarlarni oʻzbek tilidan ingliz tiliga qilinayotgan tarjimalari ustida olib borayotgan faoliyati taxsinga loyiq. Ushbu maqolada ham “Yo‘qotilgan avlod” adabiyoti vakillaridan biriRichard Oldingtongategishli she’rlar tarjimasi tahlilga tortilgan.“Yо’qotilgan avlod” adabiyotida garchi roman janri yetakchilik qilsa-da, lirikada epiklikka xos tasvirlarni mahorat bilan qо’llash san’ati individual uslubga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. Richard Oldington imajizm tendensiyasi xususiyatlarini aks ettiruvchi she’riy asarlari bilan ingliz “Yо’qotilgan avlod” adabiyotida о’z о’rniga ega. Imajizm qonuniyatlari fikrni qisqa va sodda ifodalashni talab qilishi zamirida ham “Yо’qotilgan avlod” adabiyotining pafosli jimjimador sо’z va iboralaridan kо’ra sodda grammatik qoidalarga amal qilish prinsipi yotadi. Aynan ushbu tendensiyani

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена переводу художественных и поэтических произведений, написанных на английском языке.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена переводу художественных и поэтических произведений, написанных на английском языке. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
English language, poetry, prose, translator, direct translation, tarjimon, lyricism., лирика, prosa, прямой перевод, английский язык, проза, переводчик, she'rlar, indirect translation, g'oyaviy tarjima, lirika, стихи, косвенный перевод, ingliz tili, to'g'ri tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники