К содержанию
РецензированоRU2026

РАЗВИТИЕ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ ЮРИДА С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИННОВАЦИЙ

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

In this thesis, I gave detailed information about pedagogical innovations and their analysis, as well as ways to increase and develop the communicative potential of law students. Key words: Pedagogical innovation, innovative activity, pedagogical practice. РАЗВИТИЕ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ ЮРИДА С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИННОВАЦИЙ Аннотация. В данной дипломной работе я дал подробную информацию о педагогических инновациях и их анализе, а также о способах повышения и развития коммуникативного потенциала студентов-юристов. Ключевые слова: Педагогическая инновация, инновационная деятельность, педагогическая практика. Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida alohida to’xtalib o’tmaslikning iloji yo’q menimcha. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki bunday rivlanishlarning bunchalik harakat va islohotlarning yagona maqsadi ham yosh kadrlarga to’g’ri va chuqur ta`lim-tarbiya berish va kelajagimizni ishonchli insonlar qo’liga topshirishdan ibortadir. 418 Xo’sh pedagogik innovatsiya nima? Innovatsion faoliyat - bu pedagogik faoliyatning alohida turidir. Yangilik yangi usullarni, shakllarni, vositalarni aniqlash texnologiyasi shuningdek bolaning shaxsiga, uning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik amaliyot hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalar - bu zamonaviy sharoitda bolaning shaxsiy rivojlanishidagi dinamik o'zgarishlar tufayli ijobiy natijaga erishishga qaratilgan usullar, o'qitish usullari, o'quv vositalaridir. Oʼqitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini taʼlim mazmunida, oʼqitish metodlarida, dars shakli, oʼqitish turlari, oʼqitish vositalarida koʼrishimiz mumkin. - Taʼlim mazmuniga innovatsiya anʼanaviy, noanʼanaviy va masofaviy oʼqitish turlarining kirib kelishi bilan izohlanadi. - Oʼqitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi misolida koʼramiz. Аktiv metodni qoʼllash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (oʼqituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi. - Dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars shakllari misolida koʼrishimiz mumkin. - Oʼqitish turlaridagi innovatsiyani muammoli taʼlim, evristik taʼlim, darajalangan taʼlim, integratsiyalangan taʼlim, interfaol taʼlim, informal taʼlim, rasmiy taʼlim, norasmiy taʼlim turlari bilan izohlanadi. - Oʼqitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalar bilan izohlaymiz. Demak innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalarning kommunikativ salohiyatini oshishiga va rivojlanishiga katta hissa qo’shar ekan. Men Farg’ona viloyati yuridik texnikmi “Maxsus fanlari”kafedrasi o’qituvchisi sifatida bizda ta`lim olayotgan huquqshunos talabalarda komunikativlik salohiyatini oshirish ulardagi qonunlarni tahlil qilish va o’rganish qobiliyatini yanada yaxshilash maqsadida, innovatsion texnologiyalardan va interfaol usullardan foydalanishni boshladim.Bu juda yaxshi samara berdi. Oldin metdimni faqatgina bitta sinfda qo’lladim. Sinfda 21 ta o’quvchi tahsil oladi. Oldinlari men o’quvchilarga ma`lum bir holatni(qoidabuzarlik, bezorilik v.h.k) berib ulardan qonun yordamida yechim topishlarini so’raganimda ularning ichidan faqatgina 3 tasi o’z fikrini bayon qila olar va masalani bir turli yechar edi. Keyin esa dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalardan unumli 419 foydalangan holda videorolik va mavzuga aloqador slaydlardan foydalandim. Shundan so’ng sinfdagilarning kamida 80% berilgan savolga o’z fikrini bildiradigan bo’ldi. Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat boʼlib, innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini oʼrganish yuridik texnikumlarda oʼquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi desak adashmagan bo’lamiz. Xulosa o’rnida shularni ayta olamanki tobora rivojlanib borayotgan texnika asrida innovatsion texnologiyalardan foydalanish dars sifatini oshirishga juda katta ta`sir ko’rsatadi.

Доказательный фрагмент

«In this thesis, I gave detailed information about pedagogical innovations and their analysis, as well as ways to increase and develop the communicative potential of law students.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, I gave detailed information about pedagogical innovations and their analysis, as well as ways to increase and develop the communicative potential of law students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pedagogical innovation, innovative activity, pedagogical practice, Педагогическая инновация, Pedagogik innovatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники