К содержанию
РецензированоRU2026

Методические основы и эффективность корпусного обучения в туристских колледжах.

TURIZM KOLLEJLARIDA KORPUSGA ASOSLANGAN O‘QITISHNING · METODIK ASOSLARI VA SAMARASI · Jurayev Abdunazar Xatamnazarovich

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

The article is devoted to the formation of oral speech of students of the College of Tourism using modern and modern methods. These methods help students to become better proficient in English for a limited time in the classroom. It will be shown that one possible way to do this is to use a corpus-based activity. Key words: methods, English, tourism, housing, information technology. Kuzatishlarimizdan ma’lumki, o‘quvchilarni chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari yuqori darajada. Turizm kollejlarida o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarining yozma va og‘zaki nutqlaridagi leksik, grammatik xatolarni tez- tez uchratishadi. Buning sababi chet tillarni o‘qitishga yetarli darajada dars soatlari ajratilmagani va informatsion texnologiyalardan yetarlicha foydalanilmasligidadir. Boshqa bilim sohalar bilan taqqoslanganda IT chet tillarni o‘qitishda juda kam ishlatiladi va samarasi ham juda past. Bitta asosiy savol shuki, o‘quvchilarning maqsadli kompetentligi qanday ko‘tarish mumkin? Ayniqsa, o‘rta maktab ta’lim muasasalarida malakasi past-oraliqdagi o‘quvchilarni? Turizm kollejlarida ingliz tilida gapirish, o‘qish, yozish, eshitish malakalari haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qituvchilar boshqa ko‘plab yozma ta’lim vazifalari tufayli grammatikaga, leksikaga asoslangan faoliyatga ko‘p vaqt ajrata olmaydilar. 295 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman O‘quvchilarning sinfda o‘qitish uchun mavjud bo‘lgan cheklangan vaqt ichida leksikaga to‘liq e’tibor qaratadigan ta’lim va o‘rganish faoliyati uchun vaqt ajratilishi juda muhimdir. Shunday ekan o‘quvchilarni yaxshi o‘qitishga jalb qilish uchun zarur tadbirlarni ishlab chiqish kerak. Savol tug‘iladi: qaysi manbalar til ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun yanada samarali bo‘ladi? Buni amalga oshirishda mumkin bo‘lgan yo‘llardan biri korpus asosidagi- faoliyatdan foydalanishdir. Shintaga muvofiq vazifalarning o‘zgarishi (a) bo‘shliqlarni to‘ldirish, (b) moslashishni topish, (v) fe’llarni zamonini topish, (g) gaplarni zamonini topish, (d) ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi xatolarni tuzatish, (teglar) gaplarni tahlil qilish va gaplarga savol qo‘yish va (e) bilvosita savollar yaratish shaklida bo‘ladi. (Amalia, Shinta & addhiny, Tuning. (2016). Using Corpus-Based Activities in Indulging Low-Intermediate EFL Students in the Teaching and Learning Grammar.) Ikkinchi yoki chet tillarni o‘rganishda so‘zlarining muhim o‘rni oxirgi o‘n yillikda ikkinchi til nazariyotchilari va tadqiqotchilari tomonidan e’tirof etildi. Shunga ko‘ra so‘z boyligini o‘rgatish uchun ko‘plab turdagi yondashuvlar, metodlar, mashqlar va amaliyotlar maydonga kiritildi. Axborot asri vujudga kelishi bilan jamiyatda axborotga bo‘lgan ehtiyoj va ta’limga bo‘lgan talab nisbatan ortdi. Texnologiya dunyoda tez va tobora samarali o‘rin egallayotgani sabab u vaqt va makon cheklanishlardan mustaqil bo‘lib ta’limga va insonlarning orzu umidlariga ta’sir qilmoqda. Ayniqsa o‘quvchilarning bilim olishi va o‘qituvchining ta’lim berishi (Bordbar, 2010) texnologiyasi hujjatlashtirilgan. Biroq, oxirgi 30 yil ichida sinfda korporadan foydalanish tilning holatini tavsiflaydi–tabiiy-uchraydigan til matnlar to‘plamlari sifatida tushuniladi uni – rivojlantirish boshlandi va tadqiqot o‘quvchilar ning tilni o‘zlashtirishlarini yaxshilashga yordam berishi mumkinligini ko‘rsatdi. Aslida korpusni leksikani o‘zlashtirishdagi foydasi Kobb tomonidan so‘z boyligini o‘rgatish va o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda isbotlangan. Turizm kolleji o‘qituvchilariga korpus nima va u nima uchun foydali ekanligi tushuntirib berildi. Tadqiqot ikki soatlik sessiyalarda (jami to‘rt soat) 25 nafar o‘quvchilar bilan CEFR A1 darajasiga ega bo‘lgan sinfda va 2 kompyuterda olib borildi ularning bittasida WordSmith Tools 5.0 (WST) dasturi korpusni ishlatish va tahlil qilish uchun tanlangan. Birinchidan, korpus loyihasi o‘quvchilar ga saqlanadigan ma’lumotlar bazasini, uning qanday ishlashini, funktsiyalarini, u bilan ishlaydigan tillarni va turli maydonlarni va kichik maydonlarni ko‘rsatish orqali taqdim etildi. Korpusdan foydalanuvchilar bilan ishlash uchun kerakli ma’lumotlar qanday filtrlash imkoni borligi bayon qilindi. Misol uchun, agar ular mehmonxona muassasalari bilan shug‘ullanadigan matnlarni va unga ishlatiladigani so‘zlarni olmoqchi bo‘lsalar American English tili bilan turkum mehmonxonalar ular parametrlarni American E + Facilities (instalaciones) + high category hotel (hotelero alto) (A Practical Corpus-based Approach to Teaching English for Tourism. Nuria Edo Marzá (Corresponding authorda izlashlari kerak. Bu tushuntirish misol uchun sinfda olib borildi. 296 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Albatta o‘quvchilardan eng avval, IT qanday foydalanish kerakli haqida bir oz tushunchaga ega bo‘lishlari talab qilingan edi. Sessiya oxirida qisqacha tarqatma materillar, bajarish amaliyoti

Доказательный фрагмент

«The article is devoted to the formation of oral speech of students of the College of Tourism using modern and modern methods.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article is devoted to the formation of oral speech of students of the College of Tourism using modern and modern methods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
methods, English, tourism, housing, information technology, туризм, turizm, информационные технологии, methods, English, tourism, housing, information technology, методы, корпус, English language, corpus, information texnologiyalar, методы, английский язык, туризм, корпус, информационные технологии, korpus, metodlar, английский язык, ingliz tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники