К содержанию
РецензированоRU2026

ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ РОЖДНОГО ЯЗЫКА И ИХ ЗНАЧЕНИЕ

VA ULARNING AHAMIYATI · Rashidov Saydulla To'lqinjono'vich · AND THEIR SIGNIFICANCE

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article presents the interactive methods recommended for use in mother tongue classes and their content. Key words: innovative technology, method, technology, interactive, presentation, conversation, problem situation. ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ РОЖДНОГО ЯЗЫКА И ИХ ЗНАЧЕНИЕ Аннотация. В статье представлены интерактивные методы, рекомендуемые к использованию на занятиях по родному языку, и их содержание. Ключевые слова: инновационная технология, метод, технология, интерактив, презентация, беседа, проблемная ситуация. Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda yangilanish, rivojlanish davri boshlanib, ijtimoiy hayotimiz umumjahon andozalariga mos taraqqiyot yo'nalishlariga jadal sur'atlar bilan kirib bormoqda. "XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli barkamol shaxslarni jahon ta'lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir" [1]. Yangi asr o'qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik psixologik jihatdan chuqur bilimga egaligi, intellektual salohiyatning yuksak darajadaligi, innovatsion ta'lim texnologiyalari, ta'limning interfaol usullari va ilg'or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda barcha ta'lim muassasalarida o'qitish jarayonida interfaol usullardan foydalanishga erishilmoqda. Bu esa interfaol ta'lim asosida tashkil etilayotgan pedagogik 406 jarayonlarning mazmun-mohiyatini to'liq tushunib yetishga va ularni samarali, qiziqarli, sifatli bo'lishini ta'minlashga ko'maklashadi. Interfaol usullaridagi darslar o'quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Interfaollik bu o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni bunda o'quv-biluv jarayoni o'zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter yordamida) yoki o'quvchining o'zaro muloqotiga asosan kichadi. [2]. Interfaol ta'lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. Talim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish, ta'lim oluvchilar tomonidan bilimlami samarali o'zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi. Ona tili darslarida zamonaviy usullardan foydalanish o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatini shakllantirish hamda mavzuni o'zlashtirishda yaxshi samara beradi. Ona tilini o'qitishda o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta'lim tizimining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. XX asrning oxirgi yillariga qadar o'qitish metodlari sifatida tushuntirish bayon metodi, suhbat metodi, analiz - sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta'limi darslarini tashkil etishda ko'proq qo'llanilib kelinmoqda. Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo'llangan asosiy metodlardan biri bo'lgan. Bunda o'qituvchi bayon qilishdan oldin o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o'quvchilarni o'qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo'lishga undagan. O'qituvchining bayoni, ya'ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o'qituvchi ma'lumotlarni o'z so'zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o'qituvchi zimmasiga o'rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o'rinlarini aniq, lo'nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang'ich sinflarda bayon qilish metodi o'quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan keiib chiqqan holda 3-5 daqiqaga mo'ljallangan. Suhbat metodi boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitishda keng qo'llaniladigan va shu bosqich o'quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savo - ljavob metodi deb ham yuritiladi. Suhbat metodi o'qituvchidan mavzuning xususiyatini o'zida aks ettirgan o'quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o'xshash va farqli jihatlarini ajratish, o'xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo'naltirilgan savollar tuzishni, ularni o'quvchilarga izchil berib borishni talab etadi. Boshlang'ich sinflarda suhbat metodining muammoli o'qitish metodi sifatida qo'llanilishi ta'limda o'quvchilarni faollashtirishga katta ta'sir 407 ko'rsatadi. Muammoli o'qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o'zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o'quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o'stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o'qituvchining topshirig'i bilan o`quvchining oldiga biror muammo qo'yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o'quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining hayot

Доказательный фрагмент

«This article presents the interactive methods recommended for use in mother tongue classes and their content.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents the interactive methods recommended for use in mother tongue classes and their content. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovative technology, method, technology, interactive, presentation, инновационная технология, innovatsion texnologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники