К содержанию
РецензированоUZ2026

The problem of conflict in the novel "Imam Moturidi" by Luqmon Borikhan

LUQMON BO‘RIXONNING “IMOM MOTURIDIY” ROMANIDA · KONFLIKT MASALASI · Ro‘ziyeva Yulduz Qahramon qizi

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning adabiyotshunoslar tomonidan falsafiy-aqidaviy roman deb e’tirof etilgan “Imom Moturidiy” asarida qahramonlar psixologizmining tasvirlanishida konfliktning o‘rni misollar vositasida ochib beriladi. Kalit so‘zlar: konflikt, maydon nazariyasi, detal, psixologik konflikt. Abstarct. In this article, the role of conflict in the description of the psychologism of the characters in “Imam Maturidi”, recognized as a philosophical- ideological novel by literary experts, is shown through examples. Keywords: conflict, Field Theory, detail, psychological conflict. Inson hayoti muttasil to‘qnashuv va ziddiyatlardan iborat. Ayni shu hayotiy haqiqatning badiiy asarga evrilishi adabiyotshunoslikda konflikt istilohi bilan ataladi. Konflikt badiiy asarning o‘qishliligini ta’minlovchi muhim elementlardan biri bo‘lib, shaxslararo yoxud shaxs bilan jamiyat o‘rtasida sodir bo‘ladigan to‘qnashuvni anglatadi. Konflikt yozuvchiga qahramonlar ruhiyatini ochishda katta yordam beradi. Konflikt asar qahramonining biror shaxs, jamiyat yoki o‘zining o‘y-fikrlari bilan to‘qnashuvi tasviridan yuzaga keladi. Luqmon Bo‘rixonning “Imom Moturidiy” romanida qahramonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar zamirida diniy konflikt yotadi. Ushbu asarga so‘zboshi yozgan O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov buni quyidagicha izohlaydi: “Muallif o‘z romanida o‘sha zamonlar avj olgan diniy-ilmiy, ilohiy nuqtayi nazarlar juda keskin bayon qilingan munozaralar muhiti va oqimlarini ichidan ko‘rsatadi, imon-e’tiqod o‘sha davr kishilari uchun qanchalar hayot-mamot qadar ahamiyatli bo‘lganiga e’tibor qaratadi”. Ijodkor Abu Mansur Moturidiy, Idris Shomiy, Vosiq La’liy, Mastonbibi kabilarning ruhiy dunyosini chizishda konfliktdan ustalik bilan foydalanadi. Bu esa badiiy haqiqatning tarixiy haqiqatga muvofiqligini ta’minlabgina qolmasdan, asarning g‘oyatda dramatizmga boyligini ham ta’minlaydi. Nazariy manbalarda konflikt va uning turlari haqida bir qancha fikr va mulohazalar berilgan. Jumladan, akademik I. Sultonning quyidagi ta’rifi e’tiborga loyiq: “Konflikt badiiy asarda tasvirlangan xarakterlar, ifoda etilgan g‘oyalar, kayfiyatlar kurashidir. Syujetida konflikt bo‘lmagan asar ta’sirchan bo‘lmaydi, chunki unda hayotiy haqiqat yorqin va izchil tasvirlanmaydi”. 185 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Adabiyotshunos D. Quronov badiiy asar voqelikni badiiy aks ettirgani va uning markazida inson obrazi turgani uchun ham insonning real hayotida mavjud to‘nashuvlarning bari unda badiiy aksini topishini ta’kidlaydi. Shuningdek, u badiiy konfliktning uchta turini farqlaydi: 1. Xarakterlararo konflikt. 2. Qahramon va muhit konflikti. 3. Ichki (psixologik) konflikt. “Imom Moturidiy” romanida o‘rni bilan konfliktning uchala turi aralash holda keladi. Masalan, Vosiq ibn Qosim – Abu Mansur bilan ziddiyatda bo‘lgan shaxslardan biri. Hayotiy vaziyat uning Moturidiy mansub jamiyat va muhitga nisbatan munosabatini salbiy tomonga o‘zgartirishga majbur etadi. Ikki qahramonni bog‘lab turgan do‘stlik rishtasi Vosiq La’liy botinida to‘xtovsiz kurashlarni vujudga keltiradi. K. Levinning Maydon nazariyasiga ko‘ra, konflikt psixik muhitda sodir bo‘ladi. Levinning fikrini tizimli ravishda quyidagi formulada shakllantirish mumkin: x (xulq-atvor), sh (shaxs) va m (muhit). Bu formula inson xulq-atvorini anglashda muhim sanaladi. Xususan, ijtimoiy xulq-atvor ma’lum shaxsiyatlar va ular yashagan muhit o‘rtasidagi munosabat natijasidir. Demak, inson xulq-atvori ikkita elementning integral hosilasidir. Bu holatda muhit shaxsiy xarakterlar bilan qorishib ketadi. U har bir insonning o‘tmishi, buguni va ertasiga aloqador voqeliklardan iborat. Luqmon Bo‘rixon qahramonlarini o‘zaro, o‘z-o‘ziga va muhit bilan ziddiyatli kurashlarda tasvirlar ekan, haq va haqiqatning mavjudligi, ezgulikning barqarorligi va yovuzlikka jazo borligiga ishora qiladi. Bunda muallif imom Moturidiyni konfliktlar markaziga qo‘yish orqali uning bosh qahramon maqomiga munosib ekanligini bir karra tasdiqlaydi. Abu Mansurning bolalik va o‘smirlik davrlaridagi o‘rtog‘i Vosiq ibn Qosim asardagi asosiy qahramonlardan biridir. Yozuvchi romanning ilk sahifalaridayoq uni Moturidiy obraziga qarama-qarshi qo‘yadi. Bu hol, ayniqsa, ularning turli tabaqaga mansub oila farzandlari ekanligida yaqqol ko‘rinadi. Lekin ayni holat dastlab ikki do‘stning munosabatlariga raxna sola olmaydi. Boy va kambag‘al bolalarning o‘rtoq tutinishi bilan bog‘liq syujetga ega bo‘lgan asarlar o‘zbek adabiyotida talaygina. Bunga Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi Anvar va Nasim obrazlarini misol qilib keltirish mumkin. Keyinchalik oliy dargoh – Madrasayi Peshvozdagi domlalarning Abu Mansurni barcha talabalardan ko‘ra ko‘proq ardoqlashlari Vosiq ibn Qosim yuragini kuydirgan hasad olovini yondirib yuboradi. Quyidagi monologda konflikt vositasida qahramon ruhiyati ochib beriladi: “Ha, men qadrdon birodarimga hasad qilardim, buni bi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning adabiyotshunoslar tomonidan falsafiy-aqidaviy roman deb e’tirof etilgan “Imom Moturidiy” asarida qahramonlar psixologizmining tasvirlanishida konfliktning o‘rni misollar vos…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning adabiyotshunoslar tomonidan falsafiy-aqidaviy roman deb e’tirof etilgan “Imom Moturidiy” asarida qahramonlar psixologizmining tasvirlanishida konfliktning o‘rni misollar vos… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
conflict, Field Theory, detail, psychological conflict, moqish, maydon nazariyasi, конфликт, psixologik moqish, психологический конфликт, теория поля, деталь, tafsilot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники