К содержанию
РецензированоRU2026

Период Сельджуков в истории (1038–1308) относится к эпохе средневековых арабских источников.

(–) TARIXINING YORITILISHI · Rajapov Pirnazar Sardor o‘g‘li

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2 · 1-38 · 2026

Аннотация

This article analyzes the arabic medieval sources that illuminate the history of the Seljuks (1038–1308). During the analysis, the author of the work and the sientific environment of the period in which he lived, the composition and general content of the work, modern editions and translations of the source were touched upon. Key Words: Ibn al-Jawzi, Azimi, Bundari, Ibn al-Adim, Ibn Kalanisi, Ibn “Tarikh al-Fariqi”, “Al-Kamil fi at-Tarikh”. Shimoliy Afrikadan tashqari deyarli butun Islom olamiga hukmronlik qilgan saljuqiylar davrida Islom sivilizatsiyasi tarixida yangi davr boshlandi. Saljuqiylar davri Islom tarixining uch asrini qamrab olgan boʻlsa-da, bu davrda Islom tamaddunida erishilgan yutuqlar to‘laqonli ochib berilmagan. Hatto, saljuqiylar davri tarixini buzib ko‘rsatib, noto‘g‘ri talqin qilish holatlari ham kuzatilgan. Buning sababi, birinchidan, saljuqiylar tarixi Xitoy chegaralaridan to O‘rta yer dengizi sohillarigacha bo‘lgan mamlakatlar, qabila va elatlarni o‘z ichiga olganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, turli tillardagi manbalarning mavjudligi, ba’zilarining tartibsizligi va ba’zi davrlarga oid ma’lumotlarning yetarli emasligi keng qamrovli davrni o‘rganishni qiyinlashtiradi. Darhaqiqat, saljuqiylar hukmronligining muhim voqealarga boy bo‘lgan dastlabki davri (XI–XII asrlar) ga oid manbalar keyingi asrlardagi manbalarga nisbatan kamroq. 175 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Buning ustiga XI-XII asrlarda yozilgan tarixiy asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Jumladan, Ali ibn Abulfaraj Basriyning “Siyrat al-malik To‘g‘rulbek as-saljuqiy”, muallifi noma’lum “Risolayi Malikshoh”, Ali ibn Mahmud Qayiniyning “Mafohirul-atrok”, Muizziyning “Siyar va futuhi sulton Sanjar”, Abu Tohir Xotuniyning “Shikornoma” kabi asarlari bugungi kungacha yetib kelmagan bo‘lib, biz shunday asarlar mavjud bo‘lganini keyingi davr mualliflari o‘z kitoblarini yozishda ulardan manba sifatida foydalanib, iqtibos keltirishganidan bilamiz. Saljuqiylar davri tarixi yoritilgan manbalarni xronologik nuqta’i-nazardan uch guruhga bo‘lishimiz mumkin: I. Saljuqiylar davrida yozilgan manbalar II. Saljuqiylar davriga yaqin zamonda yozilgan manbalar III. Saljuqiylar davri tarixi yoritilgan zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar Bu yerda saljuqiylar davri va ularga yaqin zamonda yashagan mualliflarning asarlariga to‘xtalib o‘tamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu davr manbalarining aksariyati arab va fors tillarida bitilgan. Ibn Kalonisiy (vaf. 555/1160) ning “Zaylu tarixi Damashq” asarida Ixshidiylar sulolasi hukmronligining so‘nggi davrlaridan to Nuriddin Zangiyning Damashqni fath qilishiga qadar kechgan tarix bayon qilingan. Asarning dastlabki sahifalarida voqealar voliylar boshqaruvi davri bilan 449/1057-yildan boshlab yilma-yil yoritilgan. I salib yurishlarida musulmonlar va salibchilar orasida kechgan voqealar ilk marotaba batafsil yoritilgan manbadir. Asar saljuqiylar davridagi Shom tarixi bo‘yicha birlamchi manba hisoblanadi. Asarda Buyuk Saljuqiylar davrida botiniylarning Suriyadagi faoliyati: ular tomonidan egallangan qal’alar va qatl qilingan amaldorlar, xususan, sulton Muhammad Tapar va sulton Sanjar davridagi botiniylarga qarshi olib borilgan kurashlar o‘rin olgan. Asar arab, qisman ingliz va fransuz tillarida nashr qilingan. Azimiy (483/1091-1161/556) ning Mosul otabegi Imomiddin Zangiyga bag‘ishlangan “Tarixul-azim” asarida insoniyat tarixining ilk davridan 538/1144- yilgacha bo‘lgan voqealar yoritilgan. Asarda Buyuk Saljuqiylar davlatining shakllanish jarayoni, o‘g‘uzlarning Ozarbayjonga yurishlari, Hasanqal’a (Pasinler) jangi (440/1048-yil), Qutalmishning Kars shahriga yurishi, Ibrohim Yinalning isyonlari, Alp Arslonning Suriyaga harbiy safari va Malazgirt jangi, Sulaymonshohning Iznik va Antokiyani qo‘lga kiritishi, Sulaymonshohning Halabni qamal qilishi va Kurzahil jangida Sharafuddavla Muslim bilan to‘qnashuvi, Sulaymonshohning Aynu Saylam mavzeyida Tutushga qarshi kurashi va muhorabada halok bo‘lishi bayon qilingan. Fransuz sharqshunosi Claude Cahen 1938-yil asarning 455/1063- 538/1144-yillar tarixiy voqealarini qamrab olgan qismini nashr qilgan. Lekin Ali Sevim Cl. Cahenning nashrida arab tili grammatik qoidalariga rioya qilinmagani va ko‘p o‘rinlarda asl nusxadagi ba’zi matnlar keltirilmaganligini ta’kidlab o‘tgan. Ali Sevim ham asarning saljuqiylar davriga bog‘liq qismini turk tilida nashr ettirgan. 176 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Ibn Azraq (510/1117-577/1181) ning “Tarix al-fariqi” yoki “Tarixi Mayyafariqin va amid” asarining alohida ikkita nusxasi bo‘lib, ulardan mufassali 572/1176-yilgacha bo‘lgan voqealarni qamrab olgan. Asarda muallif Mayyafariqin, Amid, Mosul, Mardin, Bag‘dod, Shom, Gurjiston shaharlarida bo‘lgan chog‘larida o‘zi guvohi bo‘lgan hodisalar, turkmanlarning Anadoludagi yurishlari va Anadolu Saljuqiylar

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the arabic medieval sources that illuminate the history of the Seljuks (1038–1308).»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the arabic medieval sources that illuminate the history of the Seljuks (1038–1308). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ibn al-Jawzi, Azimi, Bundari, Ibn al-Adim, Ibn Kalanisi, Ибн аль-Адим, Bundoriy, Al-Komil fit-tarix, Тарих аль-фарики, Азими, Ибн Калaниси, Аль-Камиль фит-тарих, Бундари, Tarix al-fariqi, Kalonisiy, Ibn “Tarikh al-Fariqi, Azimiy, Al-Kamil fi at-Tarikh, Ibn al-Jawz, Ибн Джавз, ibn Javziy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники