Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Школа искусства эпохи Навои и ее последователи
NAVOIY DAVRI XATTOTLIK MAKTABI AN’ANALARI · VA UNING DAVOMCHILARI · Ermatov Usmonjon Komilovich
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026
Аннотация
Трудно представить развитие мысли без письма и каллиграфии. Каллиграфы, как и буквы, являются причиной того, что вещи спасаются от забвения или полной утраты. По этой причине все жившие в истории востоковеды уделяли большое внимание каллиграфам и искусству каллиграфии. В том числе, не будет преувеличением сказать, что мастеров карандаша, равных Алишеру Навои, очень мало. Ключевые слова: Каллиграфия, копия, Куфи, Рико, XV век, Хафий (тонкий). Abstarct. It is difficult to imagine the development of thought without letters and calligraphy. Calligraphers, like letters, are the reason why things are saved from being forgotten or completely lost. For this reason, all the oriental scholars who lived in history paid great attention to calligraphers and the art of calligraphy. Including, it is no exaggeration to say that there are very few pencil masters equal to Alisher Navoi. Key words: Calligraphy, copy, Kufi, Rico, XV century, Khafii (thin) Manbalarda yozilishicha, dastlabki xatlar orqali so‘zlarni yozgan xattot Idris alayhis-salomdir. U oyning 20 burjida bittadan belgi, ya’ni harf qo‘ydi. Harflar uchun shakllar ixtiro qiladi. Bu shakl bir-biriga bog‘lanmagan, go‘zallik kasb etmagan shaklda bo‘lgan. Uzoq davrlar o‘tib, Ko‘fa olimlari “Ko‘fiy” xatini ixtiro qilishadi. To Hazrati Ali davrigacha harflar alohida-alohida shaklda yoziladi. Hazrati Ali harflarni bir-biriga bog‘lab yozish uslubini ixtiro qildilar. Abbosiylar davrida ibn Muqla shoir, olim, musiqashunos nasx xatini ixtirochisi. Natijada kufiy xati go‘zal ko‘rinish hosil qildi va ushbu xatga “Nasx’’ deb nom qo‘yishdilar, zero 134 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oldingi xatni Nasx bekor qilgan edi. U xat to Mir Ali Tabroziy “Ta’liq” xatini ixtiro qilib, uni nasx xati bilan qo‘shib “ Nastaliq” nomi bilan yanada go‘zal xat ixtiro qilingan. Kitobatda عﺮﺳلأﺍ طﺨلﺍ_ nomi bilan arablarda ﺔعﻗﺮلﺍ طﺨلﺍ paydo bo‘ladi. Bu xat arab olamida tezda muomalaga kiradi. Ibn Muqla (10 asr) dan Ibn Bavvob va undan bizgacha “Qasiydaiy roiya’’ asari yetib kelgan. Bu asari نﻣ ﺔيئﺍر ﺓﺪيصﻗ بﺍﻮبلﺍnomi bilan mashhur. Ibn Bavvobga هضرﺃ ىف ﷲ ﻢﻠﻗ laqabi berilgan ekan. O‘sha davr mashhur olimi, tarixchi ibn Zahabiy ﺔﺑﺎتكلﺍ كﻠﻣ_ deb zikr etadi. Ibn Bavvobning طﺨلﺍ ﺪﻳﻮﺠﺗ ىف بﺍﻮبلﺍ نﺑﺍ ﺔﻣﻮظﻨﻣ asari Misrda qayta-qayta nashr qilingan. Bu asarda xat turning 36 shakli va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bergan. Arab xati haqida eng qadimiy qo‘l yozma ibn Bavvobning “ Qasidai roiya” asari hisoblanadi. U Bag‘dodlik bo‘lgan. Uning shogirdi asli Jazoirlik Yoqut Jamoliddin _نﻳﺪلﺍ لﺎﻤج ﺕﻮﻗﺎﻳ. U Bag‘dodda ta’lim-tarbiya topadi, Mo‘sta’sim Xalifa (Abbosiy Xalifalar) davrida yashagan. Mo‘sta’zim Abbosiy uni e’tiqodiy tomonidan shubha ostiga olib, zindonga tashlaydi, xattot zindonda 400 nusxada Qur’onni ko‘chiradi. 697 hijriy sanada mo‘g‘ullar tomonidan qatl etiladi. Mo‘g‘ullar istilosidan keyin ilm-fan singari xattotlikda ham turg‘unlik davri 200 yil davom etib, to Temuriylar davriga kelib yana rivoj topa boshlaydi. Insoniyat tarixi singari tafakkur taraqqiyotini ham xat va xattotlarsiz tasavvur etish qiyin.Xat nimalarni unutilishi yoki butunlay yo‘qolib ketishlardan saqlagan bo‘lsa,shularning asosiy qismiga xattotlar sabab bo‘lgan.Shuning uchun o‘tmishda yashab,ijod qilgan sharqlik buyuk ijodkorlarning deyarli hammasi xattotlar va xattotlik san’atiga alohida e’tibor bilan qaragan.Bu jihatdan Alisher Navoiyga teng keladigan qalam sohiblari juda kam uchraydi,desa xato bo‘lmaydi.Navoiyning xattotlarga ko‘rsatgan himmati,rahnamoligi xattotlik san’atini rivojlantirishdagi himmatlari o‘rganilgan bilan tugamaydigan qiziqarli bir mavzudir.Shuning uchun “Navoiy qomusi”dan ushbu mavzudagi maqolalarning o‘rin olishini izohlashga hech hojat yo‘q deb o‘ylaymiz. To‘g‘ri Navoiy davri xattotlari haqida qisman salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan.Jumladan,Abduqodir Murodov,Muhammadjon Hakimov va boshqalarni xotirlab o‘tishimiz mumkin. Umuman olganda, Navoiy yashagan zamonda xattotlik sohasi misli ko‘rinmas darajada rivojlangan. Bu esa ustozimiz A. Hayitmetov ta’kidlaganidek, Navoiyning homiyligi 1469-yildan u davlat arbobi martabasiga erishib, kotiblarga moddiy yordam bergach boshlangan edi. Navoiyning shu kabi xizmatlari haqida zamondosh tarixchilar, xususan, Muhammad ibn Xovandshox Mirxon (903 h.y. vaf), Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ta’kidlab o‘tilgan. VIII asrdan XV asrgacha bir nechta xat turlari, shu jumladan, ko‘fiy, suls, nasx, muxaqqaq, rayhoniy, tavqi’, riqo va taliq, ayniqsa nasx va nasta’liq xatlari keng tarqalgan edi. Masalan kufiy xati binolardagi katibalarda, suls va rayhoniy xati yozishmalarda foydalanilgan bo‘lsa, riqo‘ va tavqi’ xati devonxona ishlarida qo‘llanilgan. Badiiy va ilmiy asarlarni ko‘chirishda asosan nasx va nasta’liq xatlaridan foydalanilgan. 135 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuma
Доказательный фрагмент
«Трудно представить развитие мысли без письма и каллиграфии.»
Образец извлечения
Демо-превьюТрудно представить развитие мысли без письма и каллиграфии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Calligraphy, copy, Kufi, Rico, XV century, Khafii (thin), Рико, Каллиграфия, XV asr, nasx, Xattotlik, копия, riko, XV век, kufiy, Xafiiy (ingichka), Хафий (тонкий), Куфи
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025