К содержанию
РецензированоRU2024

ПОНЯТИЯ О ЗНАЧЕНИИ И ВИДАХ НАЦИОНАЛЬНЫХ НАРОДНЫХ ИГР.

Roʻziqulov R.R · Isroilova M.B (Samarqand davlat chet tillar instituti assistent oʻqituvchisi.) · Abdurasulov. Sh.O (Samarqand davlat chet tillar instituti assistent oʻqituvchisi.)

Современная наука и исследования · 3 · 62-66 · 2024

Аннотация

This article describes the significance of our national folk games in everyday life, educational processes, and the life of our republic, as well as their history and types. Keywords: Folk games, individual wrestling, value, culture, mass sports, ritual games, goalie, kopkari, race, girl chasing, material means. ПОНЯТИЯ О ЗНАЧЕНИИ И ВИДАХ НАЦИОНАЛЬНЫХ НАРОДНЫХ ИГР. Аннотация. В данной статье описывается значение наших национальных народных игр в быту, образовательном процессе и жизни нашей республики, а также их история и виды. Ключевые слова: Народные игры, индивидуальная борьба, ценность, культура, массовый спорт, ритуальные игры, вратарь, копкари, гонка, погоня за девушкой, материальные средства. Salomatlikni ta'minlash va jismoniy barkamollikni yuksaltirishda milliy xalq oʻyinlarining xususiyatlari, fazilatlari va tarbiyaviy mohiyatlari oʻziga yarasha oʻrinlarga egadir. Yovuzlikka qarshi kurashish va oʻz-oʻzini himoya qila bilish maqsadida barcha fuharolar, ayniqsa oʻquvchi va ishchi yoshlar jismonan baquvvat, himoya qilish mashqlarini toʻla oʻzlashtirishi, zarur boʻlganda raqiblarga xech qanday yoʻl bermaslik imkoniyaglariga ega boʻlish lozim. Bunday faoliyatlarni oʻzlashtirishda sharqona yakka kurashlar, milliy sport turlarimiz (kurash, turon, qoʻl jangi va h.k.) muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shular qatorida milliy xalq oʻyinlarini yaxshi bilish, ularni amaliy jihatdan mukammal egallash lozim boʻladi. Bunda ayniqsa otda yurish, ot ustida turli xil murakkab jangovar harakatlarni bajara olish, uzoq masofalarga, togʻlarga yurishda turli toʻsiqlardan oʻtish, tez oqar daryolardan kechib oʻtish kabi hayotiy zarur boʻlgan amaliy faoliyatlarni yoshlarga doimiy ravishda oʻrgatib borish davr talabi desa boʻladi. Milliy qadriyatlar va xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy madaniyatini qayta tiklash va ularni zamonaviy talablar bilan boyitish jarayonlarida milliy xalq oʻyinlariga ham alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Ayniqsa “Navroʻz”, “Qurbon hayit”, “Ramazon hayit”, toʻy 7 77 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ marosimlarini oʻtkazishga keng oʻrin berilishi va ularga kurash, dorboz, koʻpkari, poyga, qiz quvmoq, harakatli oʻyinlarni ularda qoʻllash yurtimiz istiqloli va aholining turmush farovonligidan dalolatdir. Shu bilan birga milliy oʻyinlarini mazmuni va ijtimoiy-pedagogik mohiyatlarini ilmiy asosda ommalashtirish maqsadlariga qiziqishlar tobora kuchaymoqda. Mustaqallik yillari davrida Respublikaning deyarli barcha gazetalari, jurnallari, teleradiolarda milliy xalq oʻyinlari bilan bogʻliq maqolalar, tadqiqot natijalari, turli xil fikr- mulohazalar keng yoritilib kelinmoqda. Bularda falsafa fanlari doktori U.Qoraboyev, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi I.Abdurahmonov, jurnalistlar Gʻ.Rahmon, H.Sattarov, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi olimlar T.S.Usmonxoʻjayev, A.Q.Atoyev va juda koʻp mutaxassis hamda yosh ijodkorlar sermahsul ishlari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar. Pedagogika fanlari doktori professor T.S.Usmonxoʻjayev raxbarligida nashrdan chiqarilgan “Ming bir oʻyin” (1001 oʻyin), “Harakatli oʻyinlar” va “Kurash” dasrligi (A.Q.Atoyev) va qator ilmiy-nazariy ommabop risolalar milliy xalq oʻyinlarining mazmuni va tarbiyaviy jihatlarini oʻz ichiga oladi. U.Qoraboyevning “Oʻzbek Xalq oʻyinlari” kitobi qadimgi ajdodlardan meros boʻlib kelgan turli tuman oʻyinlarni, ularni oʻrganish va qoʻllash yoʻllariga bagʻishlanganligi bilan olqishga sazovordir. Aynan shu kitobda milliy oʻyinlarining sohaviy turlari va ularning kelib chiqish jarayonlari haqida juda boyitilgan materiallar bayon etilgan. Undan baʼzi bir muhim tomonlarni quyidagicha keltirish mumkin boʻladi, yaʼni: 1. Ildizi uzoq tarix bilan bogʻliq ovchilikka doir oʻyinlar. Buning negizida chorvachilik yuzaga kelganligini takidlash lozim boʻladi. 2. Chorvachilik oʻyinlari ot, hoʻkiz, eshak, tuya, bugʻu va boshqa hayvonlarning mehnatlaridan foydalanish jarayonida ularning harakatini taqlid qiladigan oʻyinlarning yuzaga kelishi. 3. Dehqonchilik oʻyinlari, odamlarning bahorda mehnat mavsumiga kirishi va kuzda hosil yigʻish kuniga bagʻishlangan marosim oʻyinlari ijtamoiy mehnat sharoitidan kelib chiqqan. 4. Shuningdek xalq oʻyinlari orasida boshqotirma (krassvord), soʻz qoʻshish, raqs oʻyinlari ham mazmun va mohiyat jihatidan faol harakat oʻyinlari tarkibidan joy olganligini eʼtirof etish keraqdir. I.Abduraxmonovning “Oʻzbek Xalq oʻyinlari” (U.Qoraboyev) kitobiga taqriz sifatida yondashib (“Sport” gazetasi, oktabr 2001 y.) tabiatdagi iqlimiy oʻzgarishlar, yil fasllariga mos tabiiy-mavsumiy oʻyinlarning vujudga kelinshga zamin yaratganligini ta’kidlaydi va ularni quydagi yoʻnalishlarda ifodalab bergan, yaʼni: 1. Hududiy va turli joylarga mos oʻyinlar ham alohida turkumini tashkil etadi. Muayyan joyga mos oʻyinlar boshqa joyda nomaʼlum boʻlgan. 2. Turli yoshlarga mos oʻyinlar. Har bir yoshga xos oʻyinlar bor. Yoshlarga oid feʼl-atvor fazilatlar oʻyin shakli va

Доказательный фрагмент

«This article describes the significance of our national folk games in everyday life, educational processes, and the life of our republic, as well as their history and types.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the significance of our national folk games in everyday life, educational processes, and the life of our republic, as well as their history and types. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Folk games, individual wrestling, value, culture, mass sports, ritual games, goalie, Xalq o’yinlar, Народные игры
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники