К содержанию
РецензированоRU2026

Анализ сравнительной помощи на арабском и узбекском языках.

ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA KO‘MAKCHILARNING · QIYOSIY TAHLILI · Rashidova Amina O‘ktam qizi · Umurzakova A.U.

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

In this article, the similarities and differences of prepositions in Arabic and Uzbek languages, their types, rules of use, meanings and functions in the sentence are compared and analysed. Key words: "harf", "huruf jar", preposition, "ism majrur", genetive case. Аннотация: В данной статье сравниваются и анализируются сходства и различия, виды, правила использования, значение и функции предлогом на арабском и узбекском языках. Ключевые слова: “харф”, “хуруф жар”, предлог, “исм мажрур”, родительный падеж. O‘zbek tilida ko‘makchi – yordamchi soʻz turkumining bir turi hisoblanadi. Mustaqil ma’no anglatmaydi. Gapda ot yoki otlashgan soʻzlardan keyin kelib, ularni boshqa so‘zlarga tobelanish yo‘li bilan bog‘laydi. Vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Masalan: Pichoq bilan kesdi. Ko‘makchi qaysi so‘zdan keyin kelsa, o‘sha so‘z bilan birgalikda bir so‘roqqa javob bo‘lib, bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. Arab tilida esa so‘z turkumlari uchga bo‘linadi: ism, fe’l va harf. Harf so‘z turkuming kattagina qismini ko‘makchilar tashkil qiladi. Arab tilida kelishiklar 3 ta bo‘lganligi sababli voqea-hodisaning o‘rin, payt, maqsad, sabab, vosita, birgalik kabi munosabatlari, asosan, ko‘makchilar yordamida ifodalanadi. Bunday ko‘makchilar “ﺮج فوﺮح” (huruf jar) ya’ni, o‘zidan keyin kelgan so‘zni qaritqich kelishigida kelishini talab qiladigan ko‘makchilar deyiladi. “ﺮج فﺮح” (harf jar)dan keyin kelgan so‘z, doim ism so‘z turkumidagi so‘z bo‘lib, “روﺮﺠﻣ ﻢﺳﺍ” (ism majrur) deb nomlanadi. 83 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman O‘zbek tilida ko‘makchilar o‘zlari bog‘langan so‘zdan keyin keladi, arab tilida esa oldin keladi va shu jihatdan rus va ingliz tilidagi predlog (old ko‘makchi)larga o‘xshaydi. Arab tilida old ko‘makchilar o‘zi bog‘lanib kelgan aniq yoki noaniq so‘zdan oldin kelib, ularni qaratqich shaklida kelishini talab qiladi: ﺐِ تكﻤلﺍ ىﻠع O‘zbek tilida ko‘makchilar 2 turga bo‘linadi: sof va vazifadosh. 1. Sof ko‘makchilar lug‘aviy ma’nolarini butunlay yo‘qotib, vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchalariga yaqin turadigan so‘zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig‘. 2. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘zlar ya’ni vazifadosh ko‘makchilar. Gapda ba’zi o‘rinlarda mustaqil so‘z va ba’zi o‘rinlarda ko‘makchi bo‘lib keladi. Bular quyidagi so‘z turkumlardan ko‘makchilarga ko‘chadi: 1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda; 2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa; 3) fe’ldan: qarab, qaraganda, ko‘ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo‘ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata; 4) ravishdan: avval, so‘ng, keyin, burun, ilgari, beri, beri, buyon, asosan, binoan. Arab tilida ham old ko‘makchilar 2 turga bo‘linadi: tub va yasama. 1. Tub ko‘makchilar – yolg‘iz o‘zi hech qanday ma’no anglatmaydigan, faqat boshqa so‘zlar bilan kelgandagina ma’no biladiradigan predloglardir. يف da, ichida- تيبلﺍ يف uyda ىﻠع da, ustida- ﺔلوﺎﻄلﺍ ىﻠع stol ustida ىلﺇ ga, tomon- ﺔعﻣﺎﺠلﺍ ىلﺇ universitetga نﻣ dan- قﻮسلﺍ نﻣ bozordan نع haqida ﺔﻠحﺮلﺍ نع safar haqida ىتح gacha- ءﺎسﻤلﺍ ىتح kechgacha عﻣ bilan, birgalikda يقﻳﺪص عﻣ do‘stim bilan ﺪﻨع huzurida ﺮﻳﺪﻤلﺍ ﺪﻨع direktor huzurida ذﻨﻣ dan beri- ﺔﻨسلﺍ ذﻨﻣ bir yildan beri كَ – dek, kabi- ﺲِ ﻤﺸلﺎك quyoshdek لِ – ga, -ning, uchun- .يخلأ تﻳﺮتﺷﺍ Akam uchun sotib oldim. .ﺪٍّ ﻳزل بﺎتكلﺍ ﺍذﻫ Bu kitob Zaydniki. “ل” ko‘makchi “لﺍ” artiklining oldidan kelsa, “ﺍ” yozilmaydi. ﻢِﻠعﻤﻠْلِ = ﻢﻠعﻤلﺍ +لِ ﻢﻠعﻤلﺍ Ismning birinchi harfi “ل” bo‘lsa, artiklning “ل” harfi ham yozilmaydi. ﺔِ ﻐّﻠلِ = ﺔﻐﻠلﺍ +لِ ﺔﻐﻠلﺍ 2. Yasama (yoki ravish) ko‘makchilar ba’zi ismlardan, masalan, otlardan yasaladi. Ism ko‘makchiga aylanganda tanvinsiz va tushum kelishigida bo‘ladi. Ular o‘zidan keyingi so‘zni jar holatida kelishini talab qilsa ham, ﺮﺠلﺍ فوﺮح deb atalmaydi. Asl arab manbalariga tayangan holda ism so‘z turkumidan yasalgan ko‘makchilar ravish deb ataladi, gap tahlilida ular mudof- فﺎضﻣ va ulardan keyingi turgan so‘z- هيلﺇ فﺎضﻣ deb tahlil qilinadi. 84 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman قٌ ﻮف – tepa tomon تِ يبلﺍ قَ ﻮف uyning tepasida ﺐٌ ﻨج – yonida ِﺓرﺎيسلﺍ ﺐَ ﻨج mashinaning yonida ﺝٌ رﺎخ – tashqari ﺔِ ﻨﻳﺪﻤلﺍ ﺝَ رﺎخ shahar tashqarisida Yasama ko‘makchilar لِ نﻣ ىلﺇ kabi tub ko‘makchilar bilan bo‘glanib, murakkab ko‘makchilarni ham tuzib kelishi mumkin. ﺪِ عﺑ نﻣِ =َﺪعﺑ+نﻣِ dan so‘ng- نِ يﺑ نﻣِ =نيﺑ+نﻣِ orasidan ﻞِ جﺃ نﻣ= ﻞٌ جﺃ+لِ yo‘lida, uchun O‘zbek tilida bo‘lgani singari arab tilida ham bitta ko‘makchini turli ma’nolarda ishlatish mumkin. Misol uchun quyidagilar: Do‘stim bilan suhbatlashdim (birgalik). Bobosi hassa bilan eshikni ochib kirib keldi (vosita). Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan o‘qituvchi sinfga kirdi (payt). Gullarga mehr bilan suv quyayotgan edi (holat). Arab tilida ham tub ko‘makchilar ko‘p ma’noli bo‘ladi:

Доказательный фрагмент

«In this article, the similarities and differences of prepositions in Arabic and Uzbek languages, their types, rules of use, meanings and functions in the sentence are compared and analysed.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the similarities and differences of prepositions in Arabic and Uzbek languages, their types, rules of use, meanings and functions in the sentence are compared and analysed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"harf", "huruf jar", preposition, "ism majrur", genetive case, ism majrur, “ism majrur”, “харф”, harf, “хуруф жар”, родительный падеж, предлог, qaratqich kelishigi, “исм мажрур”, “harf jar”, huruf jar, ko‘makchi, so‘z turkumi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники