Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Проблемы арабского языка и литературы в Узбекистане
Fathiddin Muhammadjonov
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026
Аннотация
In our country, serious attention is paid to the educational system of teaching foreign languages. In recent years, a lot of work has been done in the framework of the development of foreign language teaching. Nevertheless, there are problems in the field that need to be solved on the basis of systematic measures, and these problems require the development of appropriate proposals today. Key words: Arabic language, method, educational centers, arabic literature, foreign experience, translation studies, rating, scientific cooperation, student exchange. Аннотация: В нашей стране серьезное внимание уделяется образовательной системе преподавания иностранных языков. За последние годы проделана большая работа в рамках развития преподавания иностранных языков. Тем не менее, в сфере существуют проблемы, которые необходимо решать на основе системных мер, и эти проблемы требуют разработки соответствующих предложений уже сегодня. Ключевые слова: арабский язык, методика, образовательные центры, арабская литература, зарубежный опыт, переводоведение, рейтинг, научное сотрудничество, обмен студентами. Asosiy qism. Bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘qitishni rivojlantirishga qaratilgan tizimli olib borilayotgan ishlar natijasida misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021-yil 6-may kuni Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan kengaytirilgan selektor yig‘ilishida bir qator muhim yangiliklar e’lon qilindi. Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etildi. Agentlik faoliyati haqida 78 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Prezidentimiz: “Agentlik, eng avvalo, dunyoda samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini bog‘cha, maktab, litsey, oliygoh va o‘quv markazlarida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Bunda, ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi”- deya ta’kidladilar. Ushbu ko‘zda tutilgan 10 ta tilning bir qanchasi sharq tillari hisoblanadi. O‘zbekistondagi ta’lim maskanlariga xorijlik o‘qituvchilarning jalb qilinishi tezlashtirildi. 2022-yildan ishga qabul qilinayotgan chet tili o‘qituvchilaridan milliy va xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talab etilmoqda. Ushbu yig‘ilishda JIDUda BMT bilan hamkorlikda Chet tillarini chuqur o‘rgatish markazi tashkil etilishi ma’lum qilinib, markaz faoliyati samarali tashkil etildi. Chet tilida efirga uzatiladigan teleradiokanallar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Magistratura va doktoranturaga kirishda chet tilini bilish sertifikati talab etilishi belgilab qo‘yildi. Chet tillar bo‘yicha qabullar soni ikki baravarga, davlat granti esa uch baravarga oshirildi. Davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy etib belgilandi. Viloyat va mamlakatimizning barcha tuman-shaharlarida o‘ndan ziyod chet tilini o‘rgatish topshirig‘i tegishli mas’ullarga yuklatildi. Mamlakatimiz boshqa davlatlar bilan hamkorlik doiralarini kengaytirar ekan, xorijiy tillarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib boraveradi. So‘nggi yillarda yurtimizda arab davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar rivojlanib bormoqda. Ushbu mamlakatlardan investitsiya jalb qilinishi va diplomatik aloqalarning o‘sishi yangi bosqichga olib chiqildi. Tabiiyki, ushbu davlatlar bilan aloqalar rivojlanar ekan, xorijiy hamkorlar tilini o‘rganish, chuqur o‘zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishdagi muammolarni tahlil etish, samarali yechim berish masalasi dolzarb masala hisoblanadi. Shu jumladan, ushbu maqolada yurtimizda xorijiy tillarni o‘zlashtirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlarga hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekistonda arab tili va adabiyotining dolzarb muammolari atroflicha o‘rganilib, zarur bo‘lgan yechimlar taqdim etishga harakat qilinadi. O‘zbekistonda, avvalo, quyidagi mavjud muammolarni tahlil etish, muammolarning tub mohiyatini anglash zarur: Birinchidan, arab tili adabiyoti va tarjimashunoslik sohalari bo‘yicha talabalar almashinuvining keng qamrovda amalga oshirilmayotganligi. Oxirgi yillarda, Misr Arab Respublikasi, Ummon sultonligi, Saudiya Arabistoni va yana bir qator xorijiy universitetlar bilan aloqalar o‘rnatilgan bo‘lsada, umumiy tahsil olayotgan talabalar nisbatiga juda kam hisoblanadi. Buning uchun, talabalar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish, mavjudlarini kengaytirish, hamkorlik memorandumlarini imzolash maqsadga muvofiq. Ushbu jarayon arab tilini mukammal o‘zlashtirish bilan birga, talabalarga o‘rganilayotgan til madaniyatini yaxshi anglashga, geografik joylashuvi, iqtisodiyoti bilan yaqindan tanishishga yordam beradi. Ikkinchidan, Mamlakatimizda arab tili adabiyoti va unga doir yo‘nalishlarda ta’lim beriladigan universitet va o‘quv dargohlariaro talabalar almashinuv dasturlarining mutlaq
Доказательный фрагмент
«In our country, serious attention is paid to the educational system of teaching foreign languages.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn our country, serious attention is paid to the educational system of teaching foreign languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Arabic language, method, educational centers, arabic literature, foreign experience, ilmiy hamkorlik, научное сотрудничество, рейтинг, Arab tili, scientific cooperation, student exchange., xorijiy tajriba, переводоведение, translation studies, rating, methodology, образовательные центры, arab adabiyoti, арабская литература, обмен студентами, talabalar almashish., ta'lim markazlari, metodika, зарубежный опыт, арабский язык, tarjimonlik, reyting, методика
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025