К содержанию
РецензированоRU2026

Лингвистические особенности использования арабской транскрипции в узбекском и русском языках

QO‘LLANILISHINI LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI · Qulmamatov D.S.

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

The article examines the linguistic and cultural features of some Arabic adaptations contained in the Uzbek and Russian languages. Based on factual material, their composition and features of use in the languages being studied are shown. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita tillaridan biri hisoblangan arab tili boy tarixga ega. Jumladan, bizning darimizgacha etib kelgan arab tilida bitigan yozma yodgorliklar va ularning o‘zbekcha hamda ruscha tarjimalari matnlarida qo‘llanigan arabcha o‘zlashmalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Hind-Ovropa tillar oilasiga mansub bo‘lgan ushbu tilda muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy (810–870), hadis ilmi namoyondalaridan biri, olti sahih kitoblardan birining sohibi va o‘z davrining etuk olimlaridan sanalgan Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824–892), jahon madaniyatiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan O‘rta Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim Abu Nasr Forobiy (873–950), astranomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix, etnografiya kabi fanlarning bilag‘oni xorazmlik olim Abu Rayxon Beruniy (973–1048), O‘rta Osiyolik ulug‘ iste’dodli olim, faylasuf, shifokor, farmakolog, astranom, matematik, ximik, musiqashunos, huquqshunos, shoir Abu Ali ibn Sino (980–1037), buyuk mutafakkir, islom fikhining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, faylasuf alloma, shoir Burxoniddin Marg‘iloniy (1123–1197) ijod qilishgan. Butun dunyoni lol qoldirgan ushbu allomalarimizning asarlaridan barcha musulmon olami foydalangan va purmano qator arab leksik birliklarni o‘z nutqlarida mukammal qo‘llaganlar. Ovropa tillriga arabch so‘zlaning aksariyati arablarning harbiy yurishlari paytida (7-asrdan 4-asr boshlarigacha) o‘zlashgan. Arabcha leksik birliklar Yaqin va O‘rta Sharq, jumladan Markaziy Osiyo, Markaziy Afrika va Janubiy-G‘arbiy 6 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mamlakatlarda mavjud bo‘gan tillarda hanuzgacha qo‘llaniib kelinmoqda [qarang: 3]. Ba’zi Evropa tillarida arabcha o‘zlashmalar ispan tili orqali kirib kelgan. Bu borada И.И. Огиенко o‘zining fikrini quyidagicha bayon qilgan: “Arablar Pireney yarim oroliga juda erta, milodiy 711-yildan boshlab kelib oʻrnashib olgan va bu yerda sakkiz asr davomida, yaʼni XV asr oxirigacha qolib ketgan. Arablar butun Gʻarbiy Yevropa madaniyatiga katta taʼsir koʻrsatgan va Sharq hamda Gʻarb oʻrtasida vositachi boʻlib xizmat qilgan. Ularning fan olamini ko‘plab sohalarida, masalan: matematika, astronomiya hamda kimyo va hokazolarda ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi, chunki o‘sha paytda arablar fan vakillari bo‘lgan. Va bularning barchasi, albatta, tilga ta’sir qilmasdan qolishi mumkin emas edi” [7, с. 36]. Arab tili va arabcha so‘zlarning arab mintaqasidan tashqariga faol chiqish davrini Abbosiylar (750–1258) sulolasi boshqarish vaqtida qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va savdoning rivojlangani bilan bog‘lash mumkin. Bu o‘rinda arabcha leksik birliklarni dunyoning qator tillariga kirib borishda turkiy tilni vositachilik qilganini e’tirof etish joyiz. И.И. Огиенко quyidagi fikrni bayon qilgan: “Arab so‘zlari rus tiliga asosan turklar orqali kirgan, ammo to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘zlashtirilganlari ham mavjud. Ma’lumki, arablar nisbatan yuqori madaniyatga erishdilar, ulardan tsivilizatsiyalashgan dunyo raqamlarni oldi ...” [7, с. 36]. Arablarning tsivilizatsiyaviy ta’siri Kiev Rusigacha yetib bordi, birinchi navbatda, arablar va slavyanlar o‘rtasidagi savdo aloqalari tufayli, slavyanlar o‘sha davrdagi arab pul birligi(дирxем – ﹲﻢﹶﻫﺮﹺﺪ [dir̊hamuⁿ])dan foydalanganlar [qarang: 8, c. 146 – 165.]. Arabcha leksemalarining rus tiliga oʻzlashtirishida XVI–XVII asrlarlarda Buxoro va Xiva xonlklarining Rossiya bilan diplomatik yozishmalri muhim rol oʻynagan. Bunga arab alifbosi bilan ushbu xonliklarning rasmiy – O‘rta Osiyo turkiy (turkiy til) va forsiy (fors tili) tillarida yozilgan [bu haqda batafsiд qarang: 5, c 68] xonlarning yorliqlari, elchilarning arznomalari va ulaning rus tezyozuvida bitilgan tarjimalari matnlarida qo‘llanigan ﹲﺮﻳﹻﻣﺃ [ạảmīruⁿ] – o‘zb. amir ‘Buxoroda va ba’zi musulmon mamlakatlarida: xonlik, podsholik unvoni hamda shu unvon egasi’ [9, b. 78], rus. эмир ‘титул мусульманского владетельного князя в некоторых странах Азии и Африки, титул правителя Афганистана (в 1826-1926 гг.) и дореволюционной Бухары, а также лицо, носящие такой титул’ [4, c. 919], ﹲﺶﺎﹷﻣﹸﻗ [qumāsẖuⁿ] – o‘zb. qumosh “mato, gazlama” [9, b. 377], rus. кумач ‘хлопчатобумажная ярко-красная ткань’ [4, c. 415],ﹸﺲﻠﹿﻄﺃ [ạảt̊ lasu] – o‘zb. atlas “bir tomoni yaltiroq, guldor, kudunglangan mahalliy ipak gazlama” [9, b. 114], rus. атлас ‘cорт шелковый ткани’ [4, c. 98], ﹲﻞﹷﻣﹿﺨﹹﻣ [mukh ̊maluⁿ] – o‘zb. barxit ‘duxoba, baxmal’, rus. бархат ‘плотная ткань с мягким гладким и густым ворсом’ [4, c. 118] каби arabcha so‘zlar misol bo‘la oladi. Yuqorida keltirilgan misollar shundan darak beradiki, arabcha o‘zlashmalar o‘zbek va rus tillarining

Доказательный фрагмент

«The article examines the linguistic and cultural features of some Arabic adaptations contained in the Uzbek and Russian languages.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines the linguistic and cultural features of some Arabic adaptations contained in the Uzbek and Russian languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
автоавтономия, majoziy ma'no, autoautonomy, leksik qatlam, affix, noarxiya, моносемантический, фигуративное значение, лексема, lexical unit, figurative meaning, лексические единицы, asl ma'no, лексическая единица, лексический слой, lexeme, leksik birliklar, аффикс, lexical units, первоначальное значение, сема, Переведите следующий английский текст на русский: источник, afiks, noarchy, avto-otonomiya, source, ноархия, leksik birlik, monosemantik, lexical layer, original meaning, manba, sema, monosemantic
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3