Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗНАЧЕНИЕ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ
TARBIYALASHNING AHAMIYATI · Islomova Nilufar Baxtiyor qizi · NATIONAL VALUES
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this article, the pedagogical conditions of the process of education and implementation of the culture of national relations in the family with the help of national values of students and young people using information communication technologies are discussed. Keywords: Family, law, spirituality, society, tradition, morality, folklore, ethnographic ensemble, spiritual values, religious values, idea, patriotism, aesthetics, family education. ЗНАЧЕНИЕ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ Аннотация. В данной статье рассматриваются педагогические условия процесса воспитания и реализации культуры национальных отношений в семье с помощью национальных ценностей студентов и молодежи с использованием информационно- коммуникационных технологий. Ключевые слова: Семья, право, духовность, общество, традиция, мораль, фольклор, этнографический ансамбль, духовные ценности, религиозные ценности, идея, патриотизм, эстетика, семейное воспитание. Oila shunday muqaddas makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlarimiz, axloqiy va ma’naviy qadriyatlarimiz saqlanadi, rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va madaniy hayot poydevori mustahkamlanadi. Keyingi vaqtlarda O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy sohalarda mazmunan boy ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi negizida inson, mamlakatimiz fuqarolari va yoshlarning huquq-manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish yotadi. Bugungi kunda mamlakatimizda oila masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bejiz emas, albatta. Zero, yurt taraqqiyotining tamal toshi jamiyatimizning asosiy bo’g‘ini bo’lmish oilada qo’yiladi. Oilaning asosiy ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va psixologik vazifalarini qisqacha tahlil qilib ko’radigan bo’lsak, bolada shakllanadigan barcha hissiy, ruhiy tuyg‘ular: mehribonlik, oqibatlilik, o’ziga va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatlilik kurtaklari oilada namoyon bo’ladi. Oila o’z vazifasini lozim darajada amalga oshirishi uchun uni tegishlicha, ma’rifiy-metodik qurollantirish, ijtimoiy-ma’naviy tadbirlarni o’tkazish yo’li bilan unga yordam berib borish zarur. Qolaversa, ma’naviy yetuk oila – ma’naviy yuksak jamiyat tayanchidir. Oila urf-odatlari, 7 03 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ shajarasi, an’analari, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni farzandlar ongiga singdirish, har bir kishini kasb-hunar malakalari bilan qurollantirish ma’naviy barkamollikni tarbiyalashning asosidir. Shunday ekan, joylardagi xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan oqsoqollar kengashlari oldida turgan muhim vazifalardan biri oila qadriyatlariga bag‘ishlangan suhbatlar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, oilaviy bayramlar, kitobxonliklar, san’at asarlari ko’rgazmalari, qo’shiq va raqslar ko’rik-tanlovlari o’tkazish, oilaviy folklor, etnografik ansambllarni tashkil etish, tarixiy joylarga sayohatlar uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Milliy, ma’naviy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda har qanday ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib ketishi mumkin emas. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi bilan belgilanadi. Bu nazariy qoida bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham, oilaviy tarbiyaga ham bevosita taalluqlidir. Yangi ijtimoiy-tarixiy sharoit oila, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiya borasida ham jiddiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bolalarni vatanparvarlik ruhida, yangicha fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash oiladan boshlanishini e’tiborga olib, oilaviy tarbiya mazmunini qayta ko’rib chiqish va uni yanada boyitish, uning asosiy yo’nalishlarini belgilash va shu asnoda maqsad va vazifalarni hamda ularni qanday vositalar bilan amalga oshirish yo’llarini aniqlash muhim ijtimoiy-pedagogik va ijtimoiy-psixologik zaruriyatdir. Ana shu zaruriyatdan kelib chiqqan holda, talaba yoshlarda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish masalasi ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, mazkur masalalarni hal etish ancha murakkab va ziddiyatli bo’lib, unga vorisiylik va tarixiylik nuqtai nazaridan yondashish talab etiladi. Ma’lumki, mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini o’rtaga tashlamoqda. Bu mezonlar vatanparvarlik, milliy g‘urur, milliy ong, milliy o’z-o’zini anglash, milliy tafakkur, milliy tarbiya kabi tushunchalarda o’z ifodasini topgan bo’lib, ular tarbiya jarayonining bugungi kunda rivojlanishi uchun muayyan tarzdagi bir maqsadga qaratilganini ta’minlaydi. Talaba yoshlarda ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mavzusiga to’xtalganda, milliy axloq va tarbiyaning o’ziga xos xususiyatini ochib bermoq zarur. Milliy axloq va t
Доказательный фрагмент
«In this article, the pedagogical conditions of the process of education and implementation of the culture of national relations in the family with the help of national values of students and young people using informa…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the pedagogical conditions of the process of education and implementation of the culture of national relations in the family with the help of national values of students and young people using informa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Family, law, spirituality, society, tradition, morality, folklore, ethnographic, Oila, huquq, ma`naviyat, Family, law, spirituality, Семья, право, духовность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025