К содержанию
РецензированоRU2024

ОСНОВНЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ НАУЧНО-ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ВУЗА

Mamatqulov Hasan Sodiq oʻgʻli · Mamatqulov Husan Sodiq oʻgʻli · Hamroqulov Mahmud G‘ofurjonovich · TKTI dotsenti

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article examines the determination of goals and dimensions in the effective operation of higher education institutions, as well as the participation of interested parties. The model of rating indicators and strategic goals used by the organization is highlighted. The article offers a template that can be used to create a university indicator system. Key words: management of scientific and educational activities of the university, key indicators, strategic goal setting. ОСНОВНЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ НАУЧНО-ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ВУЗА Аннотация. В данной статье рассматривается определение целей и направлений эффективной деятельности высших учебных заведений, а также участие заинтересованных сторон. Выделена модель рейтинговых показателей и стратегических целей, используемая организацией. В статье предлагается шаблон, который можно использовать для создания системы показателей университета. Ключевые слова: управление научной и образовательной деятельностью университета, ключевые показатели, постановка стратегических целей. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimini izchil rivojlantirish hukumatimiz oldida turgan asosiy ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi. 1 Oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratildi. Shundan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari avvalam bor, ta’lim standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, shu bilan birga oliy ma’lumot talab qiladigan kasblarni 6 64 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ optimallashtirib, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur yangi kasblar bilan to‘ldirish asosiy vazifa hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtlari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) asosida intellektual resurslar samaradorligini baholash oraqli OTM belgilangan vazifalarni amalga oshirishlari mumkin. Ta’lim muassasalari bir-biridan farq qiladi: ular o‘ziga xos qadriyatlarga va o‘rganishga turlicha yondashuvlarga ega. Boshqa tomondan, ba’zi umumiy xususiyatlarni barcha universitetlarda topish mumkin. 2 OTM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari samaradorligini har tomonlama baholash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish uchun oliy ta’limning ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘rnini shakllantiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish zarur. Strategik menejmentdagi yondashuvlarga ko‘ra, muvozanatli ko‘rsatkichlar kartasini ishlab chiqishda tijorat korxonasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari moliya, mijozlar, jarayonlar va rivojlanish (salohiyat, o‘qitish) hisoblanadi. Albatta, bu sohalar OTM uchun ham strategik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin, chunki u tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi, aholiga pullik asosda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu holda, moliya, bir tomondan, byudjetdan tashqari talabalardan, grantlar va kontrakt ishlarini amalga oshirishdan olinadigan daromad, ikkinchi tomondan, xarajatlarni optimallashtirishdir. OTM uchun mijozlarni aniqlashda ko‘plab mutaxassislar turli fikrlarga keladi. Ba’zilar mijozlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv jarayonida ishtirok etuvchi talabalar deb hisoblasa, boshqalari ish beruvchilarni bitiruvchi olgan bilim va ko‘nikmalardan foydalanuvchi deb hisoblaydi. Biroq, bilvosita mijozlarning yana bir toifasi mavjud - ota-onalar. Ular ko‘pincha abituriyentlarning tanloviga ta’sir qiladilar va ularning qoniqishi hamda farzandining ta’limiga sarmoya miqdori ta’lim jarayonining sifati va natijalariga bog‘liq.3 Asosiy mijozlar Boshqa manfaatdor tomonlar ▪ Abiturientlar va ularning oila a’zolari ▪ O‘qituvchilar ▪ Talabalar ▪ Bo‘lim xodimlari (shu jumladan IT, HR, ▪ Bitiruvchilar kutubxonalar) ▪ Nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari ▪ Kelajakdagi ish beruvchilar ▪ Hamjamiyat a’zolari, hamkorlar va boshqalar OTM tarkibiy jihatdan murakkab tashkilot sifatida ko'plab jarayonlardan iborat. Masalan, eng yaqqol ko‘rinib turgani o‘quv jarayonidir. Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni yaratish, turli tadqiqot va ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etish jarayonlarini alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Bundan tashqari, muassasa ichidagi jarayonlarning ulkan tarmog‘i mavjud, masalan, buxgalteriya, biznes, tashkiliy va boshqalar. Bu soha tizimlashtirish va birlashtirish uchun eng muammoli hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida rivojlanish hamda o‘qitish sohalari jamlanganligi sababli alohida toifa sifatida ajratish maqsadga muvofiq emas. Universitet o‘z-o‘zini o‘qitadigan tashkilotlar qatorida, shuning uchun bilim almashish dominant jarayondir. 6 65 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Inson kapitalini to‘plash va qo‘llash oliy ta’limni muvaffaqiyatli rivojlantirishning kaliti

Доказательный фрагмент

«This article examines the determination of goals and dimensions in the effective operation of higher education institutions, as well as the participation of interested parties.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the determination of goals and dimensions in the effective operation of higher education institutions, as well as the participation of interested parties. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
management of scientific and educational activities of the university, key, universitetning ilmiy va ta‘lim faoliyatini boshqarish, управление научной и образовательной деятельностью университета
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники