К содержанию
РецензированоRU2025

boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Qanoatova Nazokat Sotvoldi qizi Andijon Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs 06-guruh talabasi Odilova Dilnavoz Elmurod qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной научной статье предпринята попытка научного анализа решений Президента Шавката Миромоновича Мирзиёева, посвящённых памяти Уткира Хошимова, а также жизни и творчества писателя, его произведений и повестей. Ключевые слова: Домбиробод, Стальной всадник, Весна не вернётся, Совет, Дела мира, Национальный, Дискуссия, Память. Annotation: This scientific article attempts an academic analysis of the decisions of President Shavkat Miromonovich Mirziyoyev dedicated to the memory of O’tkir Hoshimov, as well as an exploration of the writer’s life, creative work, stories, and novels. Keywords: Dombirobod, The Steel Horseman, Spring Will Not Return, Soviet, Affairs of the World, National, Debate, Memory. O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi. Va unga ko‘ra quyidagilar belgilandi: Выпуск журнала №-26 Часть–5_Май –2025 95 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2021-yil avgust oyining birinchi o’n kunligida O’zbek Milliy akademik drama teatrida O’tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy xotira kechasini o’tkazish; adibning o’zbek tilidagi “Tanlangan asarlar”ini, qoraqalpoq, rus va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan asarlarini, shuningdek, “O’tkir Hoshimov zamondoshlari xotirasida” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish; O’tkir Hoshimovning asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish yova yangi filmlar yaratish va boshqalar. Bu tadbirlar O’tkir Hoshimovning siymosini abadiylashtirishga qaratilgan ulkan siljish desak mubolag’a bo’lmaydi. Oʻtkir Hoshimov – taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941-yili Toshkentda Do’mbirobod mahallasida tugʻilgan edi. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o’qidi. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishladi. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar qoʻmita raisi vazifasini bajardi. Yozuvchining bolaligi urush va urushdan keyingi mashaqqatli davrga toʻgʻri keldi. „Oʻsha davrda non tanqis boʻlgani bilan kutubxonalarda kitob koʻp edi“¸ deya eslagan edi yozuvchi oʻz xotiralarida. Kitob oʻqish barobarida Oʻtkir Hoshimov pochtada xat tarqatuvchi boʻlib ishladi. Aynan mana shu ish Oʻtkir Hoshimovni oddiy odamlarning kitobdagi hayotdan butunlay boshqa turmushiga oshno qildi. Boʻlajak yozuvchi 1964-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimini sirtdan tugatdi. U „Qizil Oʻzbekiston“, „Toshkent haqiqati“, „Toshkent oqshomi“ gazetalarida adabiy xodim boʻlib ishladi. Yozuvchining ilk asari 1962-yilda „Poʻlat chavandoz“ nomida ocherklar toʻplami tarzida nashrdan chiqdi. Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar 1970-yilda nashr qilingan „Bahor qaytmaydi“ qissasi boʻldi. Oʻsha paytda nashr qilinayotgan mafkura targʻibotidan iborat asarlar fonida yozuvchi Oʻtkir Hoshimovning oddiy insoniy munosabatlar haqidagi bu asari qorongʻu osmonda Выпуск журнала №-26 Часть–5_Май –2025 96 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT chaqnagan mushak kabi eslanadi. Bu asar asosida suratga olingan videofilm oʻz vaqtida eng koʻp tomosha qilingan asar sifatida tarixga kirdi. Oʻtkir Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. „Xazon boʻlgan bahor“, „Inson sadoqati“, „Vijdon dorisi“, „Toʻylar muborak“, „Qatagʻon“ kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ kitobi ijtimoiy -maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan. „Choʻl havosi“ nomli birinchi qissasi va boshqalar. 8 Декабрь 2020 8-қисм Тошкент Talabchan adib „Dunyoning ishlari“ qissasida shunday deydi – bu qissa katta- kichik novelleardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam – onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o’z ko’zim bilan ko’rganman. Faqat ba’zilarining ismi o’zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog’langan deb aytib o’tgan edi. Oʻtgan asrning sovet mafkurasi hukmron boʻlgan 70-yillarida Oʻtkir Hoshimov Oʻzbekiston televideniesida „Bahs“ deb nomlangan eshittirishlarni olib bordi. Bu eshittirishlar yozuvchining „Qalbingga quloq sol“ ¸”Dunyoning ishlari” „Nur borki, soya bor“ kabi asarlarida koʻtarilgan oʻtkir ijtimoiy muammolar haqidagi bahslarning davomi boʻldi. Keyinchalik yozuvchi „Ikki eshik orasi“, „Tushda kechgan umrlar“ romanlarida zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini¸ 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari Ikkinchi jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etishga urindi. Hali Oʻzbekistonda Sovet mafkurasi hukmron boʻlgan 1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“jurnalida Qurʼoni karimning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop qilishga jurʼat qildi. Oʻsha paytdagi Oʻzbekiston rahbariyati zehniyatida ashaddiy ateizm mavjudligi hisobga olinsa¸ bu haqiqatda jasorat namunasi deya eslanadigan qadam. Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼoni karim tarjimasini c

Доказательный фрагмент

«В данной научной статье предпринята попытка научного анализа решений Президента Шавката Миромоновича Мирзиёева, посвящённых памяти Уткира Хошимова, а также жизни и творчества писателя, его произведений и повестей.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной научной статье предпринята попытка научного анализа решений Президента Шавката Миромоновича Мирзиёева, посвящённых памяти Уткира Хошимова, а также жизни и творчества писателя, его произведений и повестей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dombirobod, The Steel Horseman, Spring Will Not Return, Dunyoning ishlari, O’zbek., Po’lat chavandoz, Do’mbirobod, Bahor qaytmaydi, Milliy, xotira, Bahs, sovet
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти