Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФОРМИРОВАНИЕ И ОСОБЕННОСТИ ИСКУССТВА В КАРАКАПАКСТАНЕ
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLAR · Tleumuratova A.J
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article examines the stages of formation and development of theatrical art in Karakalpakstan. The hobby, which began with the work of the troupe “Tong nuri”, was followed by discussions on the creation of the Karakalpak State Theater and ways to carry out creative work in a professional manner. Keywords: amateur, creativity, theater, development, director, actor, troupe, dramaturgy. ФОРМИРОВАНИЕ И ОСОБЕННОСТИ ИСКУССТВА В КАРАКАПАКСТАНЕ Аннотация. В данной статье рассматриваются этапы становления и развития театрального искусства Каракалпакстана. Также были рассмотрены увлечение, начавшееся с создания труппы «Тонг Нури», позже созданного Каракалпакского государственного театра и способы осуществления творческой деятельности на профессиональном уровне. Ключевые слова: хобби, творчество, театр, развитие, режиссер, актер, труппа, драматургия. Teatr xalqqa na’muna bo’ladigan ulug’ dargoh, “Teatr –bu ibrathonadir” degan edi ulug’ marifatparvarlarimizdan biri Mahmudxo’ja Behbudiy. Darhaqiqat, teatr ibrat va ma’naviyat maskanidir. Sababi jamiyatta yuz berayotgan voqealarning barchasi teatr hunarida o’z aksini topadi. Har bir millat, xalq o’z tarixi va madaniyati bilan bir-biridan farq qilgan holda ajralib turadi. O’zining chuqur tarixiy merosi va boyliklari, urf-odatlarini saqlab qola olgan millat o’zligini anglagan xalq dunyo miqyosida o’zining alohida o’rin egallashi shubhasizdir. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan kam topiladi1. 1 I.A.Karimov-Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch-Toshkent “Ma’naviyat”2010 4 08 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ma’rifatparvar yozuvchi va teatr arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teatr o‘yinbozlik emas! Masxarabozlik ham emas! Teatr bamisoli oynavand bir uykim, kirgan har bir kimsa o‘z husnu qabihini ko‘ra olur”, deb yozgan edi. Darhaqiqat, teatr jamiyatning ma’naviy va madaniy hayotini aks ettiradigan o‘ziga xos ko‘zgudir. Insoniyat tarixida alohida o’rin egallagan XX asr o’zining ko’plab o’zgarishlari va yangiliklari bilan tarix betlarida o’chmas iz qoldirdi. Bu asr bir qator jamoat o’zgarishlari, ko’p yillik qirg’inlarga sabab bo’lgan urushlar, fan va texnika, madaniyat va san’at olamidagi misli ko’rilmagan yangiliklar bilan tarixga kirib keldi. Ushbu asr qoraqalpoq teatrining ham paydo bo’lishi va rivojlanib, munosib o’rin tutishining guvohi bo’ldi. Dunyoda qanchama xalqlar va millatlar bo’lsa ularning har birining o’ziga xos bosib o’tgan yo’li, tarixi bor. O’sha tarixiy voqealar ta’siri sababli shakllanib rivojlangan musiqa madaniyati va san’ati hisoblanadi. Shular qatorida qoraqalpoq xalqining asrlar davomida shakllanib, ota –bobolardan zanjirma -zanjir o’tib kelayotgan xalq og’zaki ijodi bo’lgan milliy dasturlari bilan urf -odatlari, to’y -tomoshalarining o’tkazish marosimlari, qiz -yigitlarning mutoyiba aytishlari, xalq raqslari bubing yaqqol misolidir. Xalqimiz orasida dasturga aylanib ketgan: «kúyew keldi», «qiz uzatiw», «kórimlik», «bet ashar», «besik toy», «tusaw kesiw» marosimlari misolida ko’rishimizga mumkun, bu dasturlarni jirov va baxshilarimiz aktyorlik mahorati bilan bajarǵanligi o’sha davrlardan buyon, xalqimiz orasida teatr tomoshalarining dastlabki silsilalari bo’lganligidan darak beradi. 1918-yili mamlakatimiz tomonidan «Teatr bo’limini tuzish haqida» maxsus qarorinan so’ng yurtimizda teatr hunarini shakllantirishga katta e’tibor berilib, respublikamizning barcha o’rinlarida har hil madaniy-oqartirish ishlari bilan shug’ullanuvchi muassasalarni tashkil etish, aholiga tomosha qo’yishda ijodkor insonlardan tashkil topgan, teatr, koncert truppalarini tashkillashtirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. 1920-yillarning o’rtalaridan e’tiboran qoraqalpoq xalqi orasida «Teatr», «Teatr truppasi»- degan atama so’zlar aholi hayotida paydo bo’la boshladi. O’sha yillardan e’tiboran azaldan o’zining milliy dasturida teatr hunari rivojlanmagan xalqlarda yevropa na’munasidagi teatrlar ochilib, undagi ijodiy ishlar milliy tilda olib borila boshladi. Bu yangi tashabbuslar xalqning teatr hunariga bo’lgan qiziqishini orttirib, uning rivojlanishiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatti. To’rtkul pedagogika texnikumining tabiatshunoslik o’qituvchisi Zarip Fatixovich Kasimov 1925-yilning boshida texnikum o’quvchilaridan qoraqalpoq milliy truppasini tashkillashtiradi. Bu to’garak dastlab 13 iqtidorli yoshlardan iborat bo’ldi. 1925-yilning 3-maydagi buyrug’i bilan Z. F. Qoshimov qoraqalpoq milliy truppasining badiiy rahbari lavozimiga tayinlanadi. 1926-yili 11- aprelda «Qora
Доказательный фрагмент
«This article examines the stages of formation and development of theatrical art in Karakalpakstan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the stages of formation and development of theatrical art in Karakalpakstan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- amateur, creativity, theater, development, director, actor, troupe, dramaturgy, хобби, творчество, havaskorlik, ijod, amateur, creativity
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025