Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖЕРТВЫ РЕПРЕССИЙ XIX И XX ВЕКОВ
--ASRLARDA QATAG'ON QURBONLARI · Qoʻldoshev Shermat Baxriddin oʻgʻli
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this article, the fate of people who became victims of repression in the 19th and 20th centuries and the reasons for repression are revealed in detail. In the article, scientific facts are reinforced on the basis of pictures. Conclusions and suggestions are given at the end of the article. Key words: fate of people who became victims of repression, reasons for repression, more than four million people. ЖЕРТВЫ РЕПРЕССИЙ XIX И XX ВЕКОВ Аннотация. В данной статье подробно раскрываются судьбы людей, ставших жертвами репрессий в XIX и XX веках, и причины репрессий. В статье научные факты подкреплены на основе фотографий. Выводы и предложения приведены в конце статьи. Ключевые слова: судьбы людей, ставших жертвами репрессий, причины репрессий, более четырех миллионов человек. Sobiq Sovet Ittifoqi yillarida turli siyosiy, ijtimoiy, g‘oyaviy, diniy sabablarga ko‘ra millionlab odamlar qatag‘onga duchor bo‘ldi. Qatag‘on siyosatining qurbonlari haqida haligacha aniq ma’lumotlar mavjud emas. Saqlanib qolgan mavjud faktlar shuni ko‘rsatadiki, 1921–1953- yillar orasida to‘rt milliondan ortiq odam qatag‘on qurboniga aylangan. Ulardan 800 ming kishi o‘lim jazosiga hukm etilgan. Sovet Ittifoqida qatag‘onlar to‘lqini uch davrga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqich 1920- yillarni, ikkinchi bosqich 1937–1938-yillarni, uchinchi bosqich 1950–1953-yillarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, urush davrida va undan keyin urush qatnashchilari ham qatag‘onga uchrab turli muddatlarga ozodlik mahrum etiladi. Qatag‘on siyosatining eng yuqori cho‘qqiga chiqqan nuqtasi 1937–1938-yillarga to‘g‘ri keladi. Shu yillar mobaynida 1,3 million kishi RSFSR Jinoyat kodeksining 58-moddasi, “aksilinqilobiy faoliyat” ayblovi bo‘yicha hibsga olingan. Hibsga olinganlarning yarmi o‘lim jazosiga hukm etilgan. Qatag‘onlar aholining deyarli barcha tabaqasi vakillarini qamrab olgan edi. Dehqonlar, ziyolilar, boylar, dindorlar, siyosiy elita qatlami vakilari eng ko‘p jabr ko‘rgan qatlam edi. SSSRdagi dastlabki qatag‘onlar “Qizil terror” deya nomlandi. Ushbu terror 1917-yilgi oktyabr inqilobidan keyin boshlandi va 1922-yilgacha davom etdi. Ushbu qatag‘onlar paytida asosan bolsheviklarning siyosiy dushmanlariga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning siyosatiga 3 88 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ xayrixohlik bildirmagan oddiy odamlar ham bundan chetda qolmadi. Bundan tashqari, qatag‘onlarga ijtimoiy tus ham berildi va sobiq politsiya zobitlari, jandarmlar, podshoh hokimiyati siyosatchilari, dindorlar, yer egalari va ishlab chiqaruvchilarni ham qamrab oldi. Qizil terrordan keyin siyosiy qatag‘onlar davom ettirildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 20-yillardagi siyosiy ishlar asosan soxta ayblovlar orqali amalga oshirlgan. Litseychilar ishi, fokstrotistlar ishi, shaxta ishi kabi jinoiy ishlar shu yillarda amalga oshirlgan edi. 1922-yil sentyabr-noyabr oylarida RSFSRdan “falsafa paroxodi”da juda ko‘plab ziyoli qatlam chiqarib yuborildi (“Ochistim Rossiyu nadolgo…” Repressii protiv inakomislyashix. Konets 1921 — nachalo 1923 g., M.: Mejdunarodniy fond “Demokratiya”, 2008). SSSR mavjudligining 15 yili mobaynida ( 1923–1938) 900 nafar fotograf qatag‘on qurboniga aylangan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi otib tashlandi. SSSRda Stalin shaxsiyatining mustahkamlanishi bilan qatag‘onlar ommaviy tus oldi. Ayniqsa, 1937–1938-yillarda ular yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Shu yillarda yuz minglab odamlar otib tashlandi va GULAGlarga yuborildi. Ushbu qatag‘onlar asosan siyosiy motivlarga asoslangan edi. Bu davrdagi qatag‘onlar deyarli Stalin vafotiga qadar davom etdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, SSSRdagi qatag‘on qurbonlari soni bo‘yicha aniq statistika mavjud emas. Bu borada tarixchilar turli fikrlarni bildiradi. Jumladan, tarixchilar N.G Oxotina va A.B Boginskiylarning fikriga ko‘ra, 1921–1953-yillarda faqatgina xavfsizlik organlari tomonidan hibsga olinib, siyosiy ayblovlar bilan sudlangan yoki sudsiz hukm qilinganlar soni 5,5 million kishini tashkil qiladi. Agar bolshevizm qurbonlari safiga turli deportatsiya qilinganlar, sun’iy ochlik qurbonlari, uyushtirilgan mojarolar paytida vafot etganlar, kommunizm nomi ostida turli urushlarda vafot etgan askarlar, ota-onasi ochlikdan va qatag‘on oqibatida vafot etgan tug‘ilmagan chaqaloqlar ham qo‘shilsa, unda tuzum qurbonlari soni 100 millionga yaqinlashadi (N.G. Oxotin, A.B. Roginskiy. O masshtabe politicheskix repressiy v SSSR pri Staline: 1921—1953). Tarixchi V.N Zemskov 3 89 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ o‘zining “GULAG” nomli maqolasida SSSRda 1921–1953-yillarda faqatgina siyosiy motivlar bilan, ya’ni aksilinqilobiy faoliyat uchun jazoga tortilganlar soni 3,3 million kishi ekanini keltiradi. Anatoliy Vishnevskiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1920-yillar oxiridan 1953-yilgacha bo‘lgan davrdagi turli muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodligi che
Доказательный фрагмент
«In this article, the fate of people who became victims of repression in the 19th and 20th centuries and the reasons for repression are revealed in detail.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the fate of people who became victims of repression in the 19th and 20th centuries and the reasons for repression are revealed in detail. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fate of people who became victims of repression, reasons for repression, more, судьбы людей, qatag'on qurboniga aylangan insonlarning taqdiri
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026