Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ УПРАВЛЕНИЯ ДЕЯТЕЛЬНО-УПРАВЛЯЮЩИМИ КОМПЕТЕНЦИЯМИ
PSIXOLOGIK USULLARI · Muxammadiyev Xojiakbar Aslitdinovich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This thesis describes the socio-psychological methods of management that can influence the producer and some individuals on their social needs and psychological characteristics. Key words: socio-psychological methods of management, effectiveness of incentives, benefits of comfort in the work process. СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ УПРАВЛЕНИЯ ДЕЯТЕЛЬНО- УПРАВЛЯЮЩИМИ КОМПЕТЕНЦИЯМИ Аннотация. В данной диссертации описаны социально-психологические методы управления, способные влиять на производителя и отдельных индивидов на их социальные потребности и психологические особенности. Ключевые слова: социально-психологические методы управления, эффективность стимулирования, преимущества комфортности трудового процесса. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o’rganish xodimlarning kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. 220 Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg’unlashtirish maqsadida qo’llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o’zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida ham qo’llaniladi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo’li bilan kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar tanlash va ularni o’qitish va x.k.lar kiradi. Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bo’lmaydi, chunki kishi qobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon bo’ladi Inson avvalo o’zini ijodiy shaxs sifatida baholaydi.Shunday vaziyatda esa boshqaruvchidagi kompetensiya muhim rol o`ynaydi.Ish samaradorligining oshishida ham ishchilar o`rtasidagi muomala madaniyatining chiroyli bo`lishoda ham ,mahsulot sifatining yaxshilanishida ham boshqaruvchi shaxsidagi kopmpitentlik muhim ahamiyat kasb etadi. Inson faoliyati ma’lum rag’batlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib, ma’lum maqsadga erishishga qaratilgandir. Rag’batlantiruvchi omil - maqsad munosabati inson faoliyatining o’zagidir. Umumiy ma’noda rag’batlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat yuritishi uchun undovchi omil bo’lib, maqsad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xoxlagan narsasidir. Rag’batlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir.Bu nafaqat moddiy rag`batlantirish balki maqtash yoki unga butun kollektiv yonida raxmat aytish ham bo`lishi mumkin,bunday rag`batlantirishlar albatta o`z samarasini bermay qo`ymaydi va bunday tashabbuslar faqatgina eng munosib boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kishi ruhiy xususiyatlarning u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o’z kasbidan qoniqmaslik uni o’zgartirishga harakat qilishiga, xato qilish ehtimolining ortishiga va natijada mehnat unumdorligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, agar inson o’z qobiliyatini 221 to’liq namoyon qila oluvchi ish bilan band bo’lsa, u o’z mehnatidan mamnun bo’ladi, kasbni tez egallaydi va mehnat unumdorligi yuqori bo’ladi. Demak har qanday sohada ham qobiliyat,qiziqish,o`z kasbini sevish va qulay ish muhitini yaratish bu ish unumdorligining ortishiga sabab bo`ladi.Bular esa faqatgina rahbar qo`lida emas albatta.Xodimning o`zi ham o`z kasbiga e`tiborli bo`lishi ,o`z kasbini sevishi va jamoada o`z o`rniga ega bo`lish uchun psixologik kompetentlik xususiyatlariga ega bo`lishi lozim. Inson uchun faqat moddiy rag’bat muhim deb hisoblash noto’g’ri bo`ladi. Inson uchun juda ko’p narsa katta o`rin tutuadi. Bular ishda o’z xissasi borligini xis etish, o’zini mehnat orqali namoyon etish, o’z malakasi bilan g’ururlanishi, o’rtoqlari hurmatiga sazovor bo’lish va x.k.lar ham o`ta muhimdir. Ko’pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyotiga qo’shgan mehnati hisobiga erishish lozimligini ta’kidlaydilar. Fikrimizni xulosalaydigan bo`lsak boshqaruvning har qanday sohasida ham ijtimoiy psixologik usullardan foydalanish ularni yaxshi bilish bu boshqaruvning osonlashishiga,boshqaruv jarayonining yaxshi bo`lishiga,xodimlarning ish samaradorligining oshishiga,ish jarayonining yaxshi va
Доказательный фрагмент
«This thesis describes the socio-psychological methods of management that can influence the producer and some individuals on their social needs and psychological characteristics.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis describes the socio-psychological methods of management that can influence the producer and some individuals on their social needs and psychological characteristics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- socio-psychological methods of management, effectiveness of incentives, социально-психологические методы управления, boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025