К содержанию
РецензированоRU2023

ТЕХНОЛОГИИ ПОДГОТОВКИ ШКОЛЬНЫХ УЧИТЕЛЕЙ К ИННОВАЦИОННОЙ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI · Erkinova Navbahor Saparboy qizi · TEACHING ACTIVITIES (TECHNOLOGIES FOR PREPARING SCHOOL TEACHERS FOR INNOVATIVE)

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

The article describes the processes of preparing future science teachers for innovative activities. Keywords: Technology, teacher, innovation, activity, training. ТЕХНОЛОГИИ ПОДГОТОВКИ ШКОЛЬНЫХ УЧИТЕЛЕЙ К ИННОВАЦИОННОЙ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ Аннотация. В статье описаны процессы подготовки будущих учителей естественных наук к инновационной деятельности.. Ключевые слова: технология, учитель, инновации, деятельность, обучение. Yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 20 -apreldagi - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning 9 darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilgan.[2] Bo‘lajak fan o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. Bo’lajak fan o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi, bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan, yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo) foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar 1 40 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rang- barang va turli-tuman ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi.[7] Ta`lim texnologiyasi- Innovatsion texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o’z oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda, dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli. Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlarda «Innovatsion texnologiya» tushunchasini ta`riflashda turli xil tasniflarni uchratishimiz mumkin. O’zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: «Innovatsion texnologiya- bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga ta`sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir» «Innovatsion texnologiya- tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta`lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob`yektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta`sirini inobatga olib, ta`lim maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar majmuidir». U Innovatsion texnologiyaga ta`lim usuli, ma`lum ma`noda ta`lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui deb qaraydi. «Innovatsion texnologiya ta`lim-tarbiyaning ob`ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o’quv jarayonlari, ta`lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», -deb ta`rif beradi. Innovatsion texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o’qitishning har bir bosqichida ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish,

Доказательный фрагмент

«The article describes the processes of preparing future science teachers for innovative activities.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes the processes of preparing future science teachers for innovative activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Technology, teacher, innovation, activity, training, Texnologiya, технология
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники