Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОГО ПРОИЗВОДСТВА В ЭКОНОМИКЕ
IQTISODIYOTDAGI O’RNI · Mamutova Amina · Ablezova Bibixan
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The article examines the importance of the agricultural sector, its impact on the country's gross domestic product and its role in the economy. The volume of production of agricultural products taken as an object has been studied, analyzed, thoughtful suggestions and conclusions have been given. Key words: agriculture, production, farming, animal husbandry. РОЛЬ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОГО ПРОИЗВОДСТВА В ЭКОНОМИКЕ Аннотация. В статье рассматривается значение аграрного сектора, его влияние на валовой внутренний продукт страны и его роль в экономике. Изучен, проанализирован объем производства сельскохозяйственной продукции, взятый за объект, даны продуманные предложения и выводы. Ключевые слова: сельское хозяйство, производство, земледелие, животноводство. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligi tarmog’ining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz ahaolisining yarmi qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog’liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta tushumi tarkibida ham qishloq xo’jaligi tarmog’i sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo’jaligi tarmog’i aholini oziq ovqat mahsulolari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o’sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish hajmini yanada ko’paytirishni obektiv tarzda taqozo etmoqda. Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur. Davlatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev “Kambag’allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko’paytirishda eng tez natija beradigan omil- bu qishloq xo’jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirishdir”1 deb ta’kidlagan edi ma’ruzalarining birida . Qishloq xo’jaligi tarmog’i, uning iqtisodiyotda tutgan o’rni borasida bir qator olimlarimiz o’zining ilmiy mehnatlarida, adabiyotlarida keltirilgan. 1 https://president.uz/oz/lists/view/4057 2 70 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qishloq xo’jaligi tarmog’ida turli hildagi mahsulotlar yetilishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi va ular ehtiyojlarini qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi.2 Qishloq xo’jaligi tarmog’i moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan soha tarmoqlari orasida muhim o’rin egallaydi. Qishloq xo’jalik mahsuloti - bu qishloq xo’jalik korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati natijasidir. Qishloq xo’jalik mahsulotlari dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida yetishtirilgan mahsulotlar (g’alla, paxta, kartoshka, savzavot, meva, sut, jun, tuxum, mol va parrandalarni yetishtirish va boshqalar) yig’indisidan iborat.3 Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo’jaligi rivojlantirishda bir qancha me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko’rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo’shimcha chora tadbirlar tog’risida” 2020 yil 18 maydagi PF-5995 –son farmoni, “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030- yillarga mo’ljallangan strategiyada belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish tog’risida” 2021 yil 26 fevral PQ-5009 sonli qarori, Vazirlar mahkamasining “Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora tadbirlari tog’risida” 2021 yil 4-may 275-sonli qarori qabul qilingan. Ma’lumki respublikamizda qishloq xo’jaligi iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mazkur sohada 3,6 million aholi band. Mamlakat yalpi ichki mahsulottagi ulushi 32 foizni tashkil etmoqda. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan yer maydoni Respublika hududining 45 foizini tashkil etadi, qariyb 50 foiz aholi aynan qishloq joylarida istiqomat qiladi4. Qoraqalpog’iston Respublikasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi bo’lib kelmoqda. Biz quyidagi jadvalda qishloq xo’jaligiga ajratilgan yer maydonlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini va uning chorvachilik va dehqonchilikdagi ishlab chiqarish hajmlarini ko’rib chiqamiz va diagrammalarda keltiramiz. 1- jadval Qoraqalpog'iston Respublikasida qishloq xo`jaligining asosiy ko`rsatkichlari (milliard so’m) 2018 yil 2019 yil 2020 yil Qishloq xo`jaligi ekinlari ekin maydoni, gektar 232 141 263 724 263 763 Qishloq xo`jaligi mahsuloti, mlrd. so`m 6 562,9 8 208,1 9 751,6 Shundan Dehqonchilik 2 992,1 3 947,9 4 509,7 2 Nurmatov N.J va boshqalar. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma.T.:, Tafakkur nashriyoti, 2011, 12-b 3 S.Ochilov, Sh.T. Ergasheva. Qishloq va suv xo’jaligi statistikasi. O’quv qo’llanma.T.:, Yangi yul polygraph service , 2008, 137-b 4 https://regulation.gov.uz/uz/document/7865 2 71 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.
Доказательный фрагмент
«The article examines the importance of the agricultural sector, its impact on the country's gross domestic product and its role in the economy.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines the importance of the agricultural sector, its impact on the country's gross domestic product and its role in the economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- agriculture, production, farming, animal husbandry, сельское хозяйство, qishloq xo'jaligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025