К содержанию
РецензированоRU2024

МЕДИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ВЫРАЖЕНИЯ СТРАХА В ПОДРОСТКОВОМ ПЕРИОДЕ И ПУТИ ЕГО УСТРАНЕНИЯ

Tursunboyeva Zarnigor Azamat qizi

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The article analyzes the specific features of emotional states that occur in adolescence. Keywords: adolescence, emotion, tolerance, transitional period, mental sensations. МЕДИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ВЫРАЖЕНИЯ СТРАХА В ПОДРОСТКОВОМ ПЕРИОДЕ И ПУТИ ЕГО УСТРАНЕНИЯ Аннотация. B статье анализируются специфические особенности эмоциональных состояний, возникающих в подростковом возрасте. Ключевые слова: подростковый возраст, эмоция, толерантность, переходный период, психические ощущения. Ko’pchilik bolalikni baxtli, g’am-qayg’usiz davr deb hisoblashadi, lekin hayotning bu bosqichida ham qayg’u va qo’rquvlar bo’ladi. Haqiqatan ham bolalarning ko’p qismi notanish insonlarga va vaziyatlarga duch kelganlarida ba’zi bir emotsional va xulq-atvoriy og’ishishlarni namoyon qiladilar. Masalan, bolalarning ko’pchiligi ko’p hollarda xavotirlilikni his qiladilar. Statistik faktlarga ko’ra, dunyo bolalarining deyarli yarmi turli xil qo’rquvlardan aziyat chekkanlar. Psixolog olim L.S.Vigotskiy shunday fikr bildiradi: “Agar bolalardagi qo’rquv o’zlariga yoki o’zlarining kuchiga bo’lgan ishonch bilan o’rin almashsa, bolalar hamisha boshqalardan ko’ra ustun ekanliklarini ta’kidlashga harakat qilishadi”. Ma’lumki, qo’rquv barcha hissiyotlar ichida eng xavflilaridan biri sanaladi. Turli yoshdagi bolalarda qo’rquv va havotirlanish muammosi bugungi kunda ancha dolzarb mavzu hisoblanadi. Qo’rquv – sub’ekt o’zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon yetishi mumkinligi haqida, unga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo’lgan xavf- xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo’ladigan salbiy hissiy holatdir. Kishi qo’rquv hissiyotiga berilganda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkinligini faqat ehtimoliy tarzda biladi va ushbu taxminga binoan harakat qiladi. Qo‘rquv – emotsional holat yoki reaksiyalar bo‘lib, o‘z hayoti yoki farovonligi (xotirjamligini) yo‘qotishdan qo‘rqib yashash holatida namoyon bo‘ladi. Fobik, o‘tkir sarosima sindromi tizimiga mansub bo‘lib, o‘tkir gallyusinoza, ongning, aqlning xiralashuvi (zaiflashuvi), gipotalamik paroksizm, tungi va kunduzgi bolalar qo‘rquvi kabi xususiyatlardan iborat. Adabiyotlarda “qo‘rquv” tushunchasi har xil talqinda berilgan. Masalan J.Kamlan va B.Sadok (1994) qo‘rquvni “tashqi tanish va tabiatan qarama-qarshi bo‘lmagan xavfga nisbatan himoya reaksiyasi” deb, talqin qilishgan. V.Bleyxer va I.Krug (1995) – “ichki taranglik hissi” kabi 1 64 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ izohlab bergan. A.I.Zaharov (1988) “qo‘rquv” tushunchasini “insonning hayoti va farovonligi uchun xavf tug‘diruvchi o‘tkir affektiv hissiyot” deb qabul qilgan. O‘sha paytning o‘zida A.Kempinskiy (1975)ning fikri alohida ahamiyat kasb etuvchi ma’noda “qo‘rquv” tushunchasi “qochish vaziyatini keltirib chiqaruvchi hissiyot” deb tushuntiriladi. Yuqorida nomi qayd etilgan psixiatriya mutaxassisliklari turli shakldagi qo‘rquv belgilarini aniqlab berganlarini ko‘rish mumkin; Qo’rquv – odamnning o’ziga yoki yaqin kishilariga taalluqli bo’lgan haqiqiy yoki xayoliy xavf-xatarga nisbatan qaytariladigan emotsional reaksiyadir. Qo’rquv yuzning oqarishi, badanning titrashi va boshqa bir qancha ixtiyorsiz tovushlar harakatlar bilan ifodalanadi. Qo’rquv xavf- xatardan qochish yoki harakatsiz turib qolish holatida ham namoyon bo’lishi mumkin. Qo’rquv xavf-xatardan himoyalanishga va undan qochish yo’llarini izlashga undovchi normal emotsional holat hisoblanadi. Hech qachon qo’rquvni his qilmaslik mumkin emas, holbuki qo’rquv va xavotirlikning yo’qligi ham psixik buzilish belgisidir. Ammo bazi insonlarda ma’lum bir vaziyat va holatga nisbatan noadekvat reaktsiyalar bilan ifodalanuvchi yopishqoq qo’rquvlar va fobiyalar ham uchrab turadi. Fobiyaga duchor bo’lgan inson qo’rquvning asossiz ekanligini tushunib yetadi, ammo qo’rquvdan xalos bo’la olmaydi. Yopishqoq qo’rquvlarning paydo bo’lish ehtimoli har bir insonda mavjud. Shuning uchun ham fobiyalar yetarlicha keng tarqalgan. O’quvchilarda qo’rquv hissi, ya’ni fobiyaning kelib chiqish sabablari turlicha bolishi mumkin. Genetika va atrof-muhit omillari ham fobiyalarni keltirib chiqarish mumkin. Masalan, cho’kish kabi g’amgin hodisalar, yopiq joylar, juda balandliklar va hayvonlarning yoki hasharotlarning chaqishi fobiya manbasi bo’lishi mumkin. Qo’rquv hissining paydo bo’lishi, bu asosan bola o’sib ulg’ayayotgan ijtimoiy muhit bilan o’zaro bog’liq. Shunday ijtimoiy muhitlardan biri bu – oila. Oilada bolaga qilinadigan munosabatlar natijasida ham bo’lishi mumkin. Masalan, oilada ota-ona orasida kelishmovchiliklar bo’lib qolishi mumkin va bolaga baqirish yoki qo’pol va e’tiborsiz munosabatda bo’lish, yoki bolalar sho’xlik qilib nimadir qilib qo’yishganda ularni qattiq jazolash ham bolalarda turli xil fobiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bolalar ko’proq vaqtlarini o’tkazadigan yana bir ijtimoiy muhit bu – maktab. Shuni ta’kidlash lozimki, maktabdagi bolalarda qo’rquv hissining shakllanishida

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the specific features of emotional states that occur in adolescence.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the specific features of emotional states that occur in adolescence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adolescence, emotion, tolerance, transitional period, mental sensations, adolescence, emotion, подростковый возраст, эмоция, o‘smirlik, emotsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники