К содержанию
РецензированоRU2026

О МЕТОДАХ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ НА НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ В ШКОЛЕ

Saparova Karligash Valixanovna

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article provides information on various methods used in primary schools. Child's thinking, method, innovative activity, innovative environment, pedagogical innovation, technology, information technology, integration, poem, fairy tale, story. Key words: primary classes, methods, innovative activity, information. О МЕТОДАХ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ НА НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ В ШКОЛЕ Аннотация. В данной статье представлена информация о различных методах, используемых в начальных классах. Мышление ребенка, метод, инновационная деятельность, инновационная среда, педагогическая инновация, технология, информационная технология, интеграция, стихотворение, сказка, рассказ. Ключевые слова: начальные классы, методы, инновационная деятельность, информация. Pedagogik yangilik – pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi vositasidir. Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Bolaning tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq qila olishi, ta’limning yangi-yangi usul va metodlarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham o‘quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, turli 167 innovatsion usul va metodlaridan foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Ma’lumki, bugungi kunda dars jarayonida “Aqliy hujum”, “Krassvord”, “Sinkveyn”, “Muzyorar”, “Keys stady”, “Insert”, “Venn diagrammasi” va “BBB” texnologiyalaridan o‘quv jarayonini tashkil qilishda foydalanilmoqda. Mazkur metodikada dars jarayonining samarasi va sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi yana bir nechta innovatsion metodlarni tavsiya qilamiz. «Videotopishmoq» metodi Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:  o‘quvchilar e'tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;  o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;  jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;  o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi. Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi “Reklama” metodi, asosan, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘z samarasini ko‘rsatadi. Mazkur metodni dars jarayonining bosqichlari: o‘tilgan mavzuni so‘rash va yangi mavzuni mustahkamlashda qo‘llash mumkin. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu mohiyatiga mos tartibda tarqatma materiallarni beradi, ularda “Reklama qiling!” birikmasi yozilganligi asosiy qoidadir. O‘quvchilar tarqatmalarda berilgan mavzuni, undagi shaxs yoki predmetga xos sifatlar, xatti-harakatlar, asardan parchalar, rolli ko‘rsatmalar orqali reklama qilib berishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, mazkur metoddan sinfdan tashqari o‘qish darslari uchun she’r, ertak, hikoya va boshqa janrdagi kichik asarlarni tavsiya qilishda ham foydalanish mumkin. Bunda, o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi, boshqa o‘quvchilarga o‘qish uchun she’r, ertak, hikoya va boshqa janrdagi kichik asarlarni tavsiya qiladi, tavsiya qilish jarayonida reklamaning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. “Reklama” metodining afzalligini quyidagilarda ko‘rish mumkin: - o‘quvchilarning nutqi ravonlashadi, jamoa oldida nutq so‘zlash, o‘z fikrini erkin bildira olish ko‘nikmalari shakllanadi; 168 - dars jarayonining mazmunli tashkil qilinishiga erishiladi, o‘quvchilarning darsga qiziqishlari oshadi, ularda kitobga bo‘lgan hurmat shakllanadi, badiiy asarlarni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi kuchayadi; - o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayadi, sog‘lom raqobat muhiti paydo bo‘ladi, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, ularni diqqat bilan tinglash, o‘z diqqatini jamlash va fikrlash qobiliyatlari shakllanadi. “Kamalak jilosi” metodini boshlang‘ich sinflar uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Mazkur metoddan ona tili, matematika va o‘qish darslarida ham foydalanish mumkin. Masalan: ona tili darslarida so‘zlarni turkumlarga ajratishda qo‘g‘irchoq, mashina, kuldi, yig‘ladi, sariq, katta, kichik, to‘qq

Доказательный фрагмент

«This article provides information on various methods used in primary schools.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on various methods used in primary schools. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary classes, methods, innovative activity, information
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники