Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРОТИВОТРЕВОЖНЫЕ ПРЕПАРАТЫ
ASABIYLIKKA QARSHI GIYOHLAR · Normurodova Zuhra Norbo’tayevna · ANTI-ANXIETY DRUGS
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article provides information about anti-anxiety drugs and their description. The article explains the nervous system and the causes of nervousness. Key words: anti-nervous drugs, medicinal preparations, nervous system, causes of nervousness. ПРОТИВОТРЕВОЖНЫЕ ПРЕПАРАТЫ Аннотация. В данной статье представлена информация о противотревожных препаратах и их описание. В статье объясняется нервная система и причины нервозности. Ключевые слова: противонервные средства, лекарственные препараты, нервная система, причины нервозности. Kundalik turmushimizda turli holatlar bizni o‘rab turadi. Ba'zan asabiylik, charchoq va ortiqcha diqqat kishini holdan qo‘yishi mumkin. Buning surunkali davom etishi esa turli kasalliklarga olib keladi. Shunday kasalliklardan biri – asab tizimining zo‘riqishi sindromi. Kasallikning kelib chiqish sabablari Bu kasalliklar kelib chiqishiga sabablar juda ko‘p. Bular ichki va tashqi omillar ta'sirida yuzaga chiqadi. Ichki sabablarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, turli xil somatik, nevrologik kasalliklar bilan og‘rish, bosh miyaning o‘tkir qon aylanishi buzilishi, bosh miya jarohatlarini surunkali nerv mushak o‘tkazuvchanligi buzilishi kasalliklari, kasallikning uzoq davom etishi, turli xil preparatlarni uzoq davr ichish kabi holatlar natijasida bemorlarda asab tizimi astinezatsiyasi yuzaga kelishi mumkin. 5 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Endi tashqi faktorlarga keladigan bo‘lsak, zamona shiddati, noto‘g‘ri yashash tarzi, kunning noto‘g‘ri tashkil qilinishi, ya'ni ish va dam olishning me'yorlashmagani, uyqusizlik, jismoniy imkoniyatlarni hisobga olmay organizmga beriladigan turli zo‘riqishlar, vaqtida ovqatlanmaslik, shuningdek noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ish joylarining to‘g‘ri tashkil qilinmasligi: yorug‘likning yetarli bo‘lmasligi, shovqin, binoning havo sirkulyatsiyasi noto‘g‘ri bo‘lgan dim xonalarda uzoq muddat bir xil holatda o‘tirib ishlash ham asab tizimi astenizatsiyasiga olib kelishi mumkin. Bu holatning o‘smir yoshdagi bolalarda uchrashiga sabab oilaviy muhitning ta'siri ham bo‘lishi mumkin. Oilada yo‘qotishlar bo‘lganda yoki doimiy qattiq nazorat bo‘lishi, bolada erkinlik va o‘ziga baho berish hissining bo‘g‘ib qo‘yilgan holatlar ham asab tizimi zo‘riqishiga olib keladi. Bugungi kunda to‘satdan bo‘ladigan yo‘qotishlar, ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalar bilan bog‘liq vaziyatlar ham asab tizimi zo‘riqishiga olib keladigan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Kasallik alomatlari Asab tizimi zo‘riqishi sindromi bir necha xil bo‘lib, eng ko‘p uchraydiganlari – astenonevrotik sindrom, nevrasteniya, depressiya holatlari hisoblanadi. Alomatlar uch darajada bo‘lib, birinchisi – dastlabki davrda ish qobiliyatining va diqqatning pasayishi, uyqu buzilishi, xotiraning kundalik holatlarda susayishi his qilinadi. 5 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tez charchash, jizzakilik va vegetativ belgilar rivojlanishi bilan boradi, ya'ni yurak tez urib ketishi (taxikardiya), terlab ketish, qo‘l-oyoqlarda titrash kabi belgilar bilan kechishi mumkin. Mana shu holatga olib keluvchi faktorlar yo‘qotilmaganda yoki davo muolajalari olinmaganda, kun tartibi to‘g‘ri taqsimlanmasa, yuqoridagi belgilar turg‘un holatga o‘tadi. Bu bosqichda qon bosimi oshishi, qon aylanishi va yurak urishining buzilish belgilari, qizarib yoki oqarib ketish, ba'zi holatlarda boshqa somatik kasalliklar fonida hushdan ketish, jizzakilik kabi belgilar turg‘un holatga o‘tadi. Bu narsa bemorning tashqi muhitda ish, o‘qish va boshqa kundalik faoliyatida o‘z ta'sirini ko‘rsata boshlaydi. Kasallik uchinchi davriga o‘tganda esa bu faktorlar surunkali davom etishi natijasida hayotga qiziqish so‘nishi, ham jismoniy, ham aqliy faoliyatining sustligi, dastlab uyqusizlik holatlari kuzatilsa, keyin uyquchanlik, jismoniy harakatlarning kamayishi, dunyoni kulrang ranglarda ko‘rish kabi belgilar bilan kechadi. Kasallikni davolash Tibbiy tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirgi paytda asab tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha shikoyat qiluvchilar soni ortib bormoqda. Buning natijasida, farmatsevtika sanoati rivojlanishi barobarida, farmatsevtika bozori ham faol rivojlanib borayotganini qayd etish joiz. Hozirgi paytga kelib, asab tizimi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan ham xorijiy, ham mahalliy antidepressantlar yoki tinchlantiruvchi preparatlardan bir qancha turlari bor, ularni kombinatsiya yoki yakka holatda qabul qilish imkoniyatlari mavjud. Kasalliklarning darajasiga, kasallik davriga qarab turli xil preparatlarni tanlab davolanish kerak bo‘ladi. Mahalliy preparatlarni ishlab chiqarish bugungi kunda keng yo‘lga qo‘yilayotgani biz shifokorlarga davo muolajalari olib borishda qulayliklar yaratmoqda. Tajribadan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, yurtimizda o‘sadigan dorivor giyohlar asosi
Доказательный фрагмент
«This article provides information about anti-anxiety drugs and their description.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about anti-anxiety drugs and their description. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- anti-nervous drugs, medicinal preparations, nervous system, causes of
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024