К содержанию
РецензированоRU2024

ВОСТОЧНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В СЕМЬЕ И ЕГО СОЦИАЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ

Idiyeva Lola Ismatovna

Современная наука и исследования · 3 · 4-6 · 2024

Аннотация

The article examines such issues as parenting in Uzbek families and the influence of the West on our children today, as well as self-esteem. Key words: eastern people, parenting, parental role, self-esteem, western culture. ВОСТОЧНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В СЕМЬЕ И ЕГО СОЦИАЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ Аннотация. В статье рассматриваются такие вопросы, как воспитание детей в узбекских семьях и влияние Запада на наших детей сегодня, а также самооценка. Ключевые слова: восточные народы, воспитание детей, родительская роль, самооценка, западная культура. Sharqning aksar xalqlari, xususan, biz o‘zbeklarda bolalar kichikligidanoq kattalarni hurmat qilish, ularning gapiga quloq tutish, gap qaytarmaslik, har bir ishda kattalar bilan maslahatlashib ish ko‘rish ruhida tarbiya topadi. Ota-ona chaqirganda har qanday ishni tashlab, “labbay” deb borish, topshirgan yumushlarini og‘rinmay bajarish, keksayib, yordamga muhtoj bo‘lganida mehr-oqibat, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, hatto davrada ulardan yuqoriga chiqmaslik, beruxsat so‘zlamaslik, ko‘chada oldilariga tushib yurmaslik yozilmagan qat’iy qoidaga aylangan. Bu ota-onadan qo‘rqishdan emas, balki hurmat, e’zoz, oqibat, nomus, oriyat, g‘urur kabi insoniy fazilatlar ifodasidir. Ammo bugun o‘zini zamonaviy sanaydigan, hamma ishni ko‘ngil mayliga qarab amalga oshiradigan, farzandiga biroz qat’iyatlilik bilan tarbiya berishni ularning erkini bo‘g‘ish deb tushunadigan, bir so‘z bilan aytganda, G‘arbning g‘arib madaniyatiga havas qilib, ularga xos yashashga, farzandlariga shu ruhda tarbiya berishga intilayotgan oilalar ham yo‘q emas. Keyingi vaqtlarda bu borada ba’zi gap-so‘zlar, hatto muammoli holatlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Emishki, zamonaviy oilalarda kattalar va kichiklarning, ya’ni ota-onalar va farzandlarning murosasi kelishmas emish. Bunga esa ularning yoshi o‘rtasidagi farq, dunyoqarashlarining mos kelmasligi sabab bo‘lar ekan. Ajablanasan kishi, axir bir paytlar mana shu qarashlarni qo‘llab- quvvatlagan G‘arb oilalari bugun “avlodlar to‘qnashuvi” yoki kelishmovchiligining jabrini tortayotganidan xabardormiz-ku. «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash. «Men» — obrazi asosida ham bir shaxsda o’z- o’ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo’lishi mumkin. O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba 3 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ asosida yotgan yutuqlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida — aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o’zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maqtovlari uning o’z-o’ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o’qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko’proq shaxsning o’ziga bog’liq bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir. O’z-o’ziga baho nafaqat xaqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi, balki u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin. O’z-o’ziga bahoning past bo’lishi ko’pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo’yayotgan talablarining o’ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o’qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida xosil bo’lishi mumkin. Bunday o’smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o’zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo’lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va hatti- xarakatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Xattoki, bunday xolat suisidal harakatlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin. O’zi-o’ziga baho o’ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo’rttirilishi, noo’rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o’tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo’ladigan psixologik xolat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs xattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki o’zida nochorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi va shunga o’zini ishontiradi ham (masalan, «xalaqit berdi- da», «falonchi bo’lmaganida» kabi bahonalar ko’payadi). Ya’ni, nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar xaqida bora-bora odamlar «oyog’i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o’z- o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak. Realistik baho shaxsni o’rab turga

Доказательный фрагмент

«The article examines such issues as parenting in Uzbek families and the influence of the West on our children today, as well as self-esteem.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines such issues as parenting in Uzbek families and the influence of the West on our children today, as well as self-esteem. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
eastern people, parenting, parental role, self-esteem, western culture, sharq xalqlari, восточные народы
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники