К содержанию
РецензированоUZ2025

Ishda magnit bo‘ronlarning inson organizmiga ta’siri o‘rganildi

Farmonova Shahrizoda Sherali qizi · Jo’rayeva Ruxshona Annaqul qizi · Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna · Qurbonov Jamshid Muyiddinovich · Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Лучшие интеллектуальные исследования · 571-576 · 2025

Аннотация

Ishda magnit bo‘ronlarning inson organizmiga ta’siri o‘rganildi. Quyoshdagi portlashlar natijasida yuzaga keladigan magnit bo‘ronlar Yer magnit maydonini beqarorlashtiradi va bu holat ayrim insonlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa yurak-qon tomir tizimi, asab tizimi va umumiy psixo-emotsional holat magnit bo‘ronlardan sezilarli darajada ta’sirlanadi. Ishda meteosezuvchan insonlarda uchraydigan simptomlar, xavf guruhlari hamda magnit bo‘ronlarga qarshi profilaktik choralar yoritilgan. Kalit so’zlar: bo’ron, ilmiy, tadqiqot, yer, magnit m,aydon, yurak – qon tomir, asab tizimi, meteosezuvchanlik, psixo-emitsional, geomagnit, fiziologiya, koronal massa. So‘nggi yillarda Quyosh faolligi va uning Yerga ta’siri, xususan geomagnit hodisalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar soni keskin oshdi. Yer magnit maydonining Quyoshdagi kuchli portlashlar natijasida beqarorlashuvi — ya’ni geomagnit bo‘ronlar — faqat texnologik tizimlarga emas, balki inson salomatligiga ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi tobora ko‘proq e’tiborga olinmoqda. Yer magnit maydoni Quyoshdan tarqaladigan zaryadlangan zarrachalarni to‘sib, biologik organizmlar uchun himoya vositasi sifatida xizmat qiladi. Biroq Quyoshdagi koronal massa chiqarilishlari natijasida magnitosfera https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 4 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 izdan chiqib, geomagnit faollik yuzaga keladi. Bu holat, ayniqsa yurak-qon tomir tizimi va markaziy asab tizimi uchun xavfli omil bo‘lishi mumkin. Geomagnit bo‘ronlarning inson organizmiga — xususan, yurak faoliyati, qon bosimi, bosh miya funksiyalari va psixo-emotsional holatlarga ta’siri — mavjud ilmiy adabiyotlar, statistik tahlillar va xalqaro tadqiqotlar asosida o‘rganiladi. Shuningdek, geomagnit faollikning fizikaviy mexanizmlari ham tahlil qilinib, bu jarayonlarning inson salomatligiga qanday yo‘llar orqali ta’sir qilishi ilmiy asosda ochib beriladi. Geomagnit bo‘ronlari - bu Yerning magnit maydonidagi beqarorliklar bo‘lib, ularning yuzaga kelishi asosan Quyosh faoliyati bilan bog‘liqdir. So‘nggi o‘n yilliklarda geomagnit bo‘ronlarning texnologik tizimlarga - elektr uzatish tarmoqlari, sun'iy yo‘ldoshlar va kommunikatsiya tizimlariga ta’siri keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, inson organizmiga ko‘rsatgan bevosita va bilvosita ta’siri hali ham yetarli darajada o‘rganilmagan. Belov et al. (1998) va Breus et al. (1995) tomonidan geomagnit faollikning yurak-qon tomir tizimi, asab tizimi va psixologik holatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ayniqsa, yurak ritmi buzilishlari, qon bosimining o‘zgarishi, uyqusizlik va kayfiyat buzilishlari geomagnit bo‘ronlar bilan bog‘liq ekani kuzatilgan. Biroq, mavjud tadqiqotlarning ayrimlarida metodologik kamchiliklar, statistik bazaning torligi yoki natijalarning umumlashtirilishidagi cheklovlar mavjud. Bu bo‘ronlarning inson salomatligiga ta’sirini chuqur va kompleks tarzda o‘rganish, jamiyatda sog‘liqni saqlash siyosatini shakllantirish, oldini olish choralarini ishlab chiqish va shaxsiy sog‘liq monitoringini yaxshilash uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, geomagnit faollikning inson fiziologiyasi va psixologiyasiga ta’sirini aniqlash, bu ta’sirlarning mexanizmlarini tushuntirib berish, hamda mavjud ilmiy adabiyotlar asosida https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 5 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 chuqur tahlil qilish dolzarb va zarur vazifalardan biri hisoblanadi. Mavzu doirasida mavjud muammolar Hozirgi kunga kelib geomagnit bo‘ronlarining inson organizmiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ko‘pligiga qaramay, bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin: Statistik asosning cheklanganligi: Tadqiqotlar ko‘pincha kichik guruhlar ustida o‘tkazilgan, bu esa umumiy natijalarni butun populyatsiyaga tatbiq etishda qiyinchilik tug‘diradi. Nazorat guruhining yetishmasligi: Ko‘plab tadqiqotlarda nazorat guruhi yetarlicha tashkil etilmagan yoki geomagnit bo‘ron bo‘lmagan davrlar bilan taqqoslash yetarli darajada amalga oshirilmagan. Tashqi omillarni inobatga olmaslik: Inson sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi boshqa omillar – stress, ob-havo sharoiti, shaxsiy kasallik tarixi kabi omillar ko‘plab ishlarda e'tibordan chetda qolgan. Natijalar interpretatsiyasidagi muammolar: Farqlilik va mos kelmaslik: Turli tadqiqotlar natijalari o‘zaro mos kelmaydi. Ba’zi izlanishlar geomagnit faollikning salbiy ta’sirini ko‘rsatsa, boshqalari hech qanday sezilarli ta’sir topmagan. Mexanizmlarning to‘liq tushuntirilmaganligi: Geomagnit faollikning organizmdagi o‘zgarishlarga qanday mexanizm orqali ta’sir qilishi to‘liq oydinlashtirilmagan. Ayniqsa, gormonlar, asab tizimi va yurak-qon tomir tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq izohlab berilmagan. Uzoq muddatli ta’sirni o‘rganishdagi muammolar: Uzoq muddatli kuzatuvlarning yetishmasligi: Ko‘pchilik tadqiqotlar qisqa muddatli ta’sirlarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, geomagnit faollikning uzoq muddatli salomatlikka ta’siri (masalan, surunkali kas

Доказательный фрагмент

«Ishda magnit bo‘ronlarning inson organizmiga ta’siri o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ishda magnit bo‘ronlarning inson organizmiga ta’siri o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: qon, tizim, organism, inson, turbulent oqim, laminar oqim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники