Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QONDAGI LAMINAR VA TURBULENT OQIMLARNING QON AYLANISH SISTEMASIGA TA’SIRI
AYLANISH SISTEMASIGA TA’SIRI · G’uzorova Ozoda Uchqun qizi · Azamatova Dilnoza O’ktam qizi · Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna · Qurbonov Jamshid Muyiddinovich · Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Лучшие интеллектуальные исследования · 571-576 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada, qon aylanish tizimidagi laminar va turbulent oqimlarning biofizik xususiyatlari, Reynolds soni asosida oqim turlari va ularning inson organizmidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, turli sharoitlarda yuzaga keladigan oqim o‘zgarishlarining tibbiyotdagi amaliy ahamiyati ham ko'rib chiqildi. Kalit so’zlar: qon, tizim, laminar oqim, turbulent oqim, inson, organism, Qon aylanish tizimi inson organizmining hayotiy faoliyatini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Unga qon tomirlarining keng tarmog‘i, yurak va qon oqimining turli shakllari kiradi. Qon oqimi, o'z navbatida, laminar va turbulent oqimlarga bo'linadi. Laminar oqim qon tomirlarining kengaygan yoki normal holatdagi qismlarida yuzaga keladi va u zichlik (viskozlik) va tezlikka bog‘liq bo‘ladi. Turbulent oqim esa yuqori tezlikda yoki qon tomirlarining toraygan qismlarida yuzaga keladi va bu holat biofizik jihatdan turli o‘zgarishlarga olib keladi va normal qon aylanishini ta'minlashda asosiy rol o'ynaydi, shu bilan birga, turbulent oqim patologik holatlar va kasalliklar, masalan, ateroskleroz yoki qon tomirlarning torayishi kabi holatlarda kuzatiladi. Biofizika nuqtai nazaridan, bu https://scientific-jl.com/luch/ 8 9 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 ikki oqimning xususiyatlarini o‘rganish nafaqat qon aylanish tizimi, balki yurak- qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolashda ham katta ahamiyatga ega. Laminar oqim Laminar oqim – bu suyuqlik zarralarining tartibli va qatlamli harakatlanishidir. qon tomirlar bo’ylab tartibli,parallel qatlamlar bo’ylab harakatlanyotganda,qatlamlarni qo’zg’atishga to’sqinlik qilmasdan sodir bo’ladi.Laminar oqim femoral arteriya kabi sog’lom arteriyalarga xosdir. Bunda qon tomirlari bo‘ylab oqayotganda qon bir-biriga parallel qatlamlar holatida harakatlanadi. Har bir qatlam o‘zining aniq yo‘nalishida harakat qiladi va qonning umumiy oqimiga to‘sqinlik qilmaydi. Inson organizmida laminar oqim ko‘p hollarda arteriyalar va kapillyarlarda kuzatiladi, ayniqsa qon oqimining tezligi past va qon tomirlarining devorlari silliq bo‘lsa. Turbulent oqim Turbulent oqim – bu suyuqlik (yoki qon) zarrachalarining notekis, girdobli va tartibsiz harakati bilan tavsiflanadi.Turbulent oqim tovush hosil qiladi,carotid bruitlarni va boshqa eshitiladigan diagnostika belgilarini paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.Bunda qon qatlamlarining harakati bir xil yo‘nalishda emas, balki turli yo‘nalishlarda, girdoblar hosil qilgan holda yuz beradi. Bu holat odatda qon oqimining tezligi oshganda, qon tomiri torayganda yoki qonning fizik-parametrlari o‘zgarganda yuzaga keladi.Turbulent oqim qon aylanish tizimida normal holat bo‘lmay, ko‘pincha patologik holatlarning belgisi sifatida qaraladi. Masalan, yurak klapanlari sohasida yoki aterosklerotik blyashkalar (yog‘li qatlamlar) natijasida toraygan arteriyalarda qon oqimi turbulent shaklga o‘tishi mumkin. Turbulent oqim yurakda yoki yirik qon tomirlarda eshitiladigan "shovqin" (yoki shifokorlar aytganidek, shovqinli yurak Turbulent oqim yuzaga kelganda energiya yo‘qotilishi ortadi, bu yurakning ishini og‘irlashtiradi. Shu sababli yurak-qon tomir kasalliklari diagnostikasida turbulent oqimni aniqlash katta ahamiyatga ega. Ko‘pincha bu holat dopplerografiya orqali aniqlanadi, u qon oqimining yo‘nalishi va tezligini vizual ko‘rsatadi. https://scientific-jl.com/luch/ 9 0 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Reynolds soni Qon oqimining laminar yoki turbulent ekanligini aniqlashda Reynolds soni (Re) muhim o‘rin tutadi. Bu ko‘rsatkich suyuqlikning oqim holatini ifodalaydi laminar oqim yopishqoq kuchlar ustun bo’lgan past Reynolds raqamlarida sodir bo’ladi va u silliq doimiy suyuqlik harakati bilan tavsiflanadi.Turbulent oqim esa reynoldsning yuqori raqamlarida sodir bo’ladi. >4000 turbulent oqim hisoblanadi. 2300-4000-o’tish davri, <2300-laminar oqim. Qon aylanish tizimida, ayniqsa yurakka yaqin bo‘lgan yirik arteriyalarda Reynolds soni 2000 dan oshib ketishi mumkin, bu esa turbulent oqimning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ammo kapillyarlarda oqim sekin va tomirlar tor bo‘lgani uchun Re soni past bo‘ladi, bu esa laminar oqim uchun qulay muhit yaratadi. Reynolds soni qonning fizik xossalari va yurak-qon tomir tizimi holati haqidagi muhim ma'lumotlarni beradi. Tibbiy tadqiqotlar va diagnostika jarayonlarida ushbu ko‘rsatkichni hisobga olish kasalliklarni erta aniqlashda foydali bo‘ladi. Qon oqimining laminar yoki turbulent bo‘lishi nafaqat nazariy biofizik masala, balki tibbiyotda juda muhim amaliy ahamiyatga ega. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash, oldini olish va davolashda bu bilimlar asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Misol uchun, ateroskleroz — arteriya devorlarida xolesterin va boshqa moddalarning to‘planishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Bu holatda qon tomirlari torayadi, oqimning yo‘nalishi buziladi va oqim turbulent shaklga o‘tadi. https://scientific-jl.com/luch/ 9 1 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Turbulent oqim qon bosimini oshiradi, yurakning yuklamasini ko‘paytiradi va yurak xurujlari xavfini os
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada, qon aylanish tizimidagi laminar va turbulent oqimlarning biofizik xususiyatlari, Reynolds soni asosida oqim turlari va ularning inson organizmidagi o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada, qon aylanish tizimidagi laminar va turbulent oqimlarning biofizik xususiyatlari, Reynolds soni asosida oqim turlari va ularning inson organizmidagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: qon, tizim, organism, inson, turbulent oqim, laminar oqim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025