К содержанию
РецензированоRU2023

УЗБЕКСКИЙ ЯЗЫК И ЕГО РАЗВИТИЕ

Qazaqbayeva Dilafruz Abdullayevna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the role of language in the life of mankind and the progress of the development of the Uzbek language, the attention given to the language in our country, the fact that the Uzbek language was officially accepted as the state language, and what level the Uzbek language has reached today. Key words: Uzbek language, development, thought, human, essence, literary language, linguistics, historical, information. УЗБЕКСКИЙ ЯЗЫК И ЕГО РАЗВИТИЕ Аннотация. В данной статье рассказывается о роли языка в жизни человечества и ходе развития узбекского языка, о внимании, уделяемом языку в нашей стране, о том, что узбекский язык был официально признан государственным, и о том, что уровня, которого достиг сегодня узбекский язык. Ключевые слова: узбекский язык, развитие, мысль, человек, сущность, литературный язык, лингвистика, историческая, информация. Til inson hayotida muhim rol o‘ynaydigan hodisadir. Insonning butun hayoti til bilan bog‘langan bo‘lib, til yordamida insonlar o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, inson tili nihoyat darajada murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir. Til kishilik jamiyatida eng muhim aloqa quroli bo‘lib, insoniyatning uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyoti jaroyinida yaratilgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarni saqlaydigan va avloddan-avlodga yetkazib beradigan asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tilning tabiati, mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi kabi muhim masalalar ilmiy o‘rganishni talab qiladi. XX asr oxirida tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarash g‘oyasi kеng yoyilgan. Chunki jahondagi ko‘pgina mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ham ega bo‘lgan. 1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi sеssiyasining muhokamasidan so‘ng o‘zbеk tili davlat tili dеb e’lon qilindi va bu tarixiy hodisa mustaqillikdan ikki yil oldin ro‘y bеrdi. Til haqidagi qonunning qabul qilinishi ona tilimiz bo‘lmish o‘zbek tilining muhofazasini ta’minladi. Hayotimizning barcha sohalarida ona tilimizdan keng qo‘llanila boshlandi. O‘zbekistonning mustaqil suveren davlat sifatida dunyo xaritasidan joy olishi esa mazkur qonunning kuchini yanada oshirdi. 1 37 5 International scientific journal ISSN: «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2181-3906 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Turkiy tillarni tasniflash va uning taraqqiyoti tarixini davrlashtirish bilan bog‘liq ravishda o‘zbek adabiy til tarixi ham olimlar tomonidan turlicha davrlashtiriladi. Jumladan, S.Ye.Malov o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo‘lib o‘rganadi: 1) Uyg'ur adabiy tili; 2) Chig‘atoy adabiy tili; 3) O`zbek adabiy tili Til taraqqiyotining yuqorida ko‘rsatilgan uch tomoni va adabiy til tarixini o‘rganishning uch jihati nuqtai nazaridan uning taraqqiyot davrlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi til tizimining quyidagi asosiy belgilarini ko‘rsatish mumkin. Bu belgilar esa til taraqqiyoti davrlarini, bosqichlarini aniqlash imkoniyatini beradi: 1. Adabiy til uslublarining miqdori, ularning o‘zaro munosabati va ijtimoiy vazifalari. 2. Adabiy til uslublari hamda uning turlarini aniqlashda asos bo‘lgan tuzilma va funksional belgilar. 3. Adabiy til tuzilmasi, uning ko`lami va ijtimoiy vazifalari hamda u bilan so‘zlashuv nutqi ko'rinishlarining o'zaro bog‘liqligi. Tilshunoslikda zamonaviy yo‘nalishlar. Tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi tilning tasnifi, uni tahlil qi-lish usullari va shu kabi masalalarni o‘rganadigan fandir. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi tufayli til sotsiologlar tomonidan ham o‘rganiladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida sodir bo‘lgan voqea va ho-disalar tilda aks etmay qolmaydi. Til va boshqa aloqa vositalari orasida o‘xshashlik va farqlar mavjud. Bu vositalarni bir biri bilan birlashtiradigan xususiyatlar quyidagilar: - fikr va hissiyotlarni ifodalaydi; - ijtimoiy, chunki jamiyat tomonidan yaratilib, unga xizmat qiladi; - moddiy (tovush to‘lqinlari, grafik chizmalar va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi); - obektiv borliqni aks ettiradi. Ular o‘rtasida quyidagi farqlar bor: - til fikr va hissiyotlarni ifoda qiluvchi vosita. Inson uni barcha faoliyatida qo‘llaydi. Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, ko‘cha harakati belgilari asosan haydovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi; - til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yetkazmasdan, balki gapiruvchining bu axborotga munosabatini, uning xohish- istagi va bahosi, ruhiy holatini aks ettiradi; - tildan boshqa barcha signal sistemalari sun’iydir. Ular odamlar tomonidan yaratiladi va sharoitga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining, ma`lumki, bir qator tarixiy ildizlari bor: a) eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo‘lgan davr); b) qadimgi turkiy t

Доказательный фрагмент

«This article talks about the role of language in the life of mankind and the progress of the development of the Uzbek language, the attention given to the language in our country, the fact that the Uzbek language was…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the role of language in the life of mankind and the progress of the development of the Uzbek language, the attention given to the language in our country, the fact that the Uzbek language was… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek language, development, thought, human, essence, literary language, узбекский язык, O`zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники