Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Issiqlik elektr stansiyasi kullari asosidagi avtoklavlanmaydigan gazkulbeton qorishmasining reologik xossalariga “sdj-1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasining ta’siri
-SHO’BA: YUQORI TEXNOLOGIYALI QURILISH MATERIALLARINING · YANGI SIFATLI VA INSHONCHLILIGI · ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI KULLARI ASOSIDAGI · AVTOKLAVLANMAYDIGAN GAZKULBETON QORISHMASINING REOLOGIK · XOSSALARIGA “SDJ-” SUPERPLASTIFIKATOR KIMYOVIY · QO‘SHIMCHASINING TA’SIRI · prof. Z.M. Sattorov · Tayanch doktorant. O.A. Otajonov
Сейсмическая безопасность зданий и сооружений · 365 · 190-194 · 2026
Аннотация
Maqolada sement xamirining va issiqlik elektr stansiyasi kullari asosida tayyorlanadigan gazkulbeton qorishmasining reologik xossalariga va qotish muddatiga “SDj- 1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasining ta’sirqilish mexanizmi haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: gazkulbeton, superplastifikator, suv shimivchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, muzlashga chidamlilik. Kirish. Bugungi kunda kimyoviy qo‘shimchalarni gazbetonning struktura hosil qilishiga ta’siri, kimyoviy qo‘shimcha qo‘llanilgan gazkulbeton tarkiblarini ishlab chiqish va optimallashtirish, mahalliy xom ashyolar asosidagi superplastifikator kimyoviy qo‘shimchalaridan foydalanish orqali reologik xossalarini yaxshilash va mustahkamligini oshirishga qaratilgan masalalar o‘rganilmoqda. Shu sababdan uchuvchi kul asosidagi, superplastifikator kimyoviy qo‘shimchalari bilan takomillashtirilgan va yuqori qurilish texnik talablarga javob beradigan gazbeton tarkibini ishlab chiqish ekologik jihatdan ham dolzarb masaladir [1, 2, 3]. Qurilishda beton buyumlarini tayyorlashda kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanish, turli sanoat chiqindilaridan beton mahsulotlarini tayyorlash va amalda qo‘llash uchun katta imkoniyat yaratmoqda [4, 5]. Kimyoviy qo‘shimchalar yordamida sanoat chiqindilarini beton mahsulotlariga qo‘llash natijasida hosil bo‘ladigan turli kamchiliklarni bartaraf etishga erishish mumkin. Adabiyotlar tahlili. Barcha devorbop materiallar issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatini aniqlash uchun maxsus sinovlardan o‘kaziladi. Ayniqsa so‘ngi yillarda jamoat va turarjoy binolari qurilishida issiqlik izolyatsiyalovchi va energiya tejamkor materiallarga talab ortib bormoqda. Issiqlik tejamkor materiallardan biri gazbeton bo‘lib, uning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti o‘rtacha zichligiga bog‘liq holda 0,08 dan 0,38 W/(m oC) gacha bo‘lgan oraliqda o‘zgaradi. G‘ovak tuzilishdagi materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi murakkab jarayon bo‘lib, u asosan qattiq materiallarning issiqlik uzatishi hamda g‘ovaklari ichidagi gazlarning konveksion issiqlik o‘tkazuvchanligi natijasida yuzaga keladi. Gazbetonlarning issiqlik o‘tkazuvchanlik xossasi asosan uning g‘ovaklilik darajasiga, g‘ovak teshiklarining o‘lchamiga, g‘ovak teshiklarining material hajmi bo‘ylab taqsimlanishiga, g‘ovaklarining ochiq yoki yopiqlik turiga va gazbetonning namlik darajasiga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki uning xomashyosiga ham bog‘liqdir. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotlarda mahalliy xom-ashyolardan olingan “SDj-1” markadagi superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasidan foydalanildi. “SDj-1” superplastifikatori - polikarboksilat efirlari asosida tayyorlanadi. U suv sement nisbatini pasaytirish, sement toshining turg‘un gidratli fazalarini shakllantirish evaziga sement kompozitsiyalarining mustahkamligini oshiradi, hamda qorishmaning suvga talabchanligini kamaytirish va qorishmani komponentlarini aralashtirishni osonlashtirish, sement toshining 190 qotish jarayonidagi cho‘kishida yoriqlar hosil bo‘lishini kamaytirish va mustahkamligini oshirish uchun ishlatiladi. “SDj-1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasini sementning suv talabchanligini kamayishiga ta’siri (С ) quyidagi formula orqali hisoblandi: т С = [(Нқ – Нқ )/ Нқ]٠100% т п Bu yerda Нқ va Нқ – qo‘shimcha siz va plastiklashtiruvchi qo‘shimcha qo‘shilgan п sement xamirining normal qo‘yiqligi. Tajriba namunalari “SDj-1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasini sementga turli miqdorlarda qo‘shish orqali tayyorlandi. Tajriba natijalari 1 – jadvalda berilgan. 1-jadval “SDj-1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasini sement xamirining normal qo‘yiqligi va qotish muddatiga ta’siri Sement xamiri Qotish muddati Kimyoviy Normal Suv Bosh- № Nomlanishi qo‘shimcha Tugashi, qo‘yiqligi, talabchanligini lanishi, miqdori, % soat- % kamayishi, % soat- daqiqa daqiqa Qo‘shimchasiz 1 — 25 — 2-50 5-15 sement xamiri 0,2 24,30 2,80 3-30 4-50 “SDj-1” 0,4 22,80 8,80 3-10 4-45 kimyoviy 0,6 21,17 15,30 2-45 4-30 2 qo‘shimchasi 0,8 19,80 20,80 2-30 4-00 qo‘shilgan 1,0 20,10 19,60 2-40 4-15 sement xamiri 1,2 20,35 18,57 3-00 5-30 Tahlil va natijalar. Olingan tajriba natijalaridan ko‘rinib turibdiki, sement xamirining suv talabchanligini kamaytirishga va qotish muddatiga qo‘shish ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunda, “SDj-1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasini sement massasiga nisbatan 0,8 - 1% qo‘shish eng optimal miqdor ekanligi aniqlandi. Ma’lumki sementning turli xossalarini yaxshilash uchun kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanganda ularning miqdori 1,5% dan oshmasligi iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. t a o s , i t q a v h s i t o q g n i n i r i m a x t n e m e Sement massasiga nisbatan superplastikator miqdori, % S 1- rasm. “SDj-1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasini sement xamirining qotish 1- rasm. “SDj-1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasini sement xamirining muddatiga ta’siri qotish muddatiga ta’siri 191 Olingan tajriba natijalariga ko‘ra “SDj-1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasini qo‘shish sement xamirining qo
Доказательный фрагмент
«Maqolada sement xamirining va issiqlik elektr stansiyasi kullari asosida tayyorlanadigan gazkulbeton qorishmasining reologik xossalariga va qotish muddatiga “SDj- 1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasining ta’sir…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada sement xamirining va issiqlik elektr stansiyasi kullari asosida tayyorlanadigan gazkulbeton qorishmasining reologik xossalariga va qotish muddatiga “SDj- 1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasining ta’sir… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- suv shimivchanlik, thermal conductivity, aerated concrete, superplasticizer, superplastifikator, газобетон, waterproofing, суперпластификатор, muzlashga chidamlilik, gazkulbeton, теплопроводность, frost resistance, issiqlik o‘tkazuvchanlik, водонепроницаемость, морозостойкость
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021