Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Minora tipidagi binolarni seysmik yuklar ta’siriga hisoblash
Загружение Ey · FOYDALANILGAN ADABAYOTLAR · А.С. Таубаев. Тошкент, .
Сейсмическая безопасность зданий и сооружений · 27 · 2007
Аннотация
Minora tipidagi binolarning konstruksiyalarini muhandislik tekshiruvi amalga oshirsh nazariy va amaliy masalalarini, arxitektura yodgorliklarida qo‘llaniladigan antiseysmik tadbirlarni, yangi innovatsion texnologiyalarni, ularni kelajakda yanada takomillashtirish va rivojlantirish hamda amalda qo‘llaniladi. Yurtimiz seysmik xududlarini hisobga olib, yodgorliklarni seysmik kuchlarga hisoblashlarni taxlil qilishdan iboratdir. 85 Kalit so’zlar: masjid, minora,deformatsiya, konussimon, seysmik kuchlar, dinamik harakteristika, koeffitsienti, hisoblash sxemasi. Arxitektura yodgorliklarida mavjud muammolarning yechimlari va ishlab chiqilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni umumlashtirib, yetuk malakali kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Shularni e’tiborga olib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari va boshqa manbalar o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 2022 yil 30 maydagi PF-144-son Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 30 martdagi 265-sonli qarorini e’tiborga oligan holda bino va inshootlar hamda arxitektura yodgorliklarini zilzilabardoshligining nazariy va amaliy masalalarini, arxitektura yodgorliklarida qo‘llaniladigan antiseysmik tadbirlarni, yangi innovatsion texnologiyalarni, ularni kelajakda yanada takomillashtirish va rivojlantirish hamda amalda qo‘llashdan iboratdir. Barcha inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari uning tipi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar balandligiga nisbatan planda kichik o‘lchamlar bilan xarakterlanadi. Bunday o‘lchamlarga ega bo‘lgan alohida turuvchi minoralarda esa zilzila oqibatida paydo bo‘ladigan kuchli deformatsiyalarni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bu kabi baland minoralarda zilzila vaqtida ko‘p kuzatiladigan deformatsiya, minora-ning asosan yuqori qismida bo‘ladigan ko‘ndalang kesimga nisbatan vujudga keladi. 1-rasm Muhandislik tekshiruvlari shundan dalolat beradiki, so‘ngi yillarda sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida silkinish sodir bo‘lgan minoralarda vayron bo‘lishning boshqa turlarini ham aniqlandi. Konussimon shaklga ega bo‘lgan minoralarning barcha geometrik xakteristikalarini quyidagi koeffitsient orqali aniqlash mumkin: 𝑯 𝒂 = ; 𝑳 Bu yerda: N - minoraning balandligi; L-Mos keluvchi butun konusning balandligi (1-rasmda ko‘rsatilgan); Butun sterjen uchun inersiya momenti 𝚰(𝝃) va kesim yuzasi 𝑭(𝝃) mos ravishda polinomlarning to‘rtinchi va ikkinchi darajalarida ifodalanadi. 𝚰(𝝃) = 𝑰 (𝑰−𝜶𝝃)𝟒; 𝟎 Ф(𝝃) = 𝑭 (𝑰−𝜶𝝃)𝟐; 𝟎 𝑯 𝒙 𝒂 = , 𝝃 = ; 𝑳 𝑯 bu yerda: 𝑭 va 𝑰 – mos inshoot asosining kesim yuzasi va inersiya momenti. 𝟎 𝟎 Minoraning devori yuqoriga borgan sari ingichkalashib borgan, bunga sabab minoraning tashqi radiusi yuqoriga ko‘tarilgan sari kichrayishidir. Tabiiyki devorning xajmi kichraysa uning vazni 86 ham kichrayadi. Shuning uchun minorani qisimlarga bo‘lib har bir qisimdagi o‘lchamlarni va minora vazni hisoblanadi. Konstruksiyalarni seysmik kuchlar ta’siriga hisoblaganda shamol va turli dinamik ta’sirlar, egiluvchan osmalarga osilgan massalarda uyg‘onadigan inersiya kuchlari kabi ta’sirlar hisobga olinmaydi. Seysmik kuchlar qavatlararo yopmalar sathida gorizontal yo‘nalishda qo‘yilgan, deb faraz etiladi. Har bir qavatning og‘irligi ham shu sathda to‘plangan deb qaraladi. Me’yor(norma)larda hisobiy seysmik kuchlar bino va inshootlarga statik ravishda ta’sir etadi deb olinadi. Biroq bu kuch statik ta’sir etishiga qaramay, inshoot qismlarida inersiya kuchlari vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan ichki zo‘riqishlarni hosil qiladi. Demak, hisobiy seysmik kuchlar zilzila jarayonida bino va inshootlarda hosil bo‘ladigan inersiya kuchlariga ekvivalent bo‘lgan kuchlardir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ 2.01.03-19)ga ko‘ra bino va inshootlarning xususiy tebranishlari i-shakli bo‘yicha inshootning k-nuqtasiga ta’sir etuvchi hisobiy seysmik kuch quyidagi formuladan aniqlanadi: S =K K K K S ; (2.3) ik o п эт р oik S = α Q W K η . (2.4) oik к i δ ik Bu yerda, S – konstruksiya elastik deformatsiyalanadi deb faraz etilganda hosil bo‘ladigan oik inersiya (seysmik) kuchi; α – qurilish maydonining seysmiklik koeffitsienti; Uning qiymati hisobiy seysmiklikka bog‘liq holda quyidagi miqdorlarda olinadi: 7 ballda α = 0,25; 8 ballda - 0,5; 9 ballda - 1,0. Q – hisoblash sxemasining k nuqtasiga to‘g‘ri kelgan bino vazni; k K – muntazamlik (regulyarnost) koeffitsienti, r K – mas’ullik koeffitsienti, o K – zilzilaning takroriylik koeffitsienti, p K – bino qavatlari soniga bog‘liq koeffitsienti, et η – bino i-ton bo‘yicha tebranganda xususiy tebranishlar shakliga v
Доказательный фрагмент
«Minora tipidagi binolarning konstruksiyalarini muhandislik tekshiruvi amalga oshirsh nazariy va amaliy masalalarini, arxitektura yodgorliklarida qo‘llaniladigan antiseysmik tadbirlarni, yangi innovatsion texnologiyala…»
Образец извлечения
Демо-превьюMinora tipidagi binolarning konstruksiyalarini muhandislik tekshiruvi amalga oshirsh nazariy va amaliy masalalarini, arxitektura yodgorliklarida qo‘llaniladigan antiseysmik tadbirlarni, yangi innovatsion texnologiyala… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- deformation, minora, dynamic characteristic, конический, minaret, hisoblash sxemasi, сейсмические силы, masjid, conical, calculation scheme, konussimon, coefficient, seismic forces, dinamik harakteristika, mosque, коэффициент, koeffitsienti, мечеть, динамическая характеристика, деформационный, расчетная схема, минарет, deformatsiya, seysmik kuchlar
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020