Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Исследование влияния суперпластификатора «Sika Retarder» на свойства портландцемента
“SIKA RETARDER” SUPERPLASTIFIKATORINI PORTLANDSEMENT · XOSSALARIGA TA’SIRINI O’RGANISH · Assistent Xoltayeva A.K.
Сейсмическая безопасность зданий и сооружений · 4 · 477-478 · 2019
Аннотация
В данной статье были исследованы физические и механические свойства бетона с суперпластификаторoв Sika Retarder, а также приведены результаты лабораторных исследований в виде таблицы и графиков. Аbstract. In this article was studied the physical and mechanical properties of concrete with superplasticizers of Sika Retarder, as well as the results of laboratory studies were given in the form of the table and graphs. Kalit so’zlar: sement, portlandsement, Sika Retarder, plastifikator, superplastifikator, sirt faol modda, kimyoviy qo’shimcha, mustahkamlik, suv-sement nisbati. Bugungi kunga kelib beton va temir-beton zamonaviy qurilishda asosiy material bo’lib, ularning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida turli xil qo’shimchalar qo’llanilmoqda. Hozirgi kunga kelib kimyoviy qo’shimchalar beton qorishmasining bog’lovchi, to’ldiruvchi, suv kabi majburiy komponentlaridan biri bo’lib qoldi. Qo’shimchalar yordamida betonning texnologik parametrlarini boshqarish, reologik va ekspulatatsiya xossalarini yaxshilashning zamonaviy usullaridan biri deb hisoblanadi. Qo’shimchalarni qo’llanilishi qurilishdagi sarflarni kamaytirish, masalan, qurilishni narxini kamaytirishi, sement sarfini iqtisod qilish va betonni sifatli tayyorlash imkonini beradi. Beton qorishmalarini xarakatchanligini oshishi suv talabchanligini saqlab qolgan holda mehnat sarfi darajasini pasayishiga olib kelib, elektr energiyaning kam sarflanishiga va beton qorishmasini zichlashtirish davomiyligini qisqartirish imkonini beradi [1]. 206 1-rasm. Zamonaviy qurilish amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan ommabop materiallardan biridir. Betonlarning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida ularga turli xil qo’shimchalar qo’shiladi. “Sika Retarder” superplastifikatorini beton qorishmasiga qo’llanilganda beton qorishmasini qotishini sekinlashtirib, qurilish maydoniga yetkazilgungacha qorishmani quyilib qolishini oldini oladi. “Sika Retarder” yuqori sifatli superpastifikator hisoblanib, issiq-iqlim sharoitida betonlarni ishlab chiqarishda yuqori samara beradi. “Sika Retarder” superplastifikatorini qo’llab beton qorishmasining xarakatchanligini oshirib, betondagi g’ovalarni kamaytiradi va betonning qotishini sekinlashtiradi. Sekinlashtiruvchi qo‘shimchalarni ta’sir etish mexanizmi klinker minerallarini gidratlanish va gidrolizlanish jarayonlari to‘xtalishidan iborat, ya’ni erkin oxakni eritmaga ajralishini sekinlashtiradi, va koagulyatsiya jarayonlarini sekinlashtiradi. Sement zarrachalarining va uning gidromahsulotlarini yaqinlashtiradi. Natijada suv bilan aralashtirgan sement klinkerni tutib qolish intensivligi sekinlashadi. Klinker minerallarning gidroliziga va gidrotatsiyasiga, erkin oxakni bog’lashishiga to’sqinlik qilmaydigan qo’shimchalar ta’siri natijasida sement xamirini tutib qolishini sekinlashtirishi mumkin. Ilmiy izlanishlarda foydalanilgan superplastifikatorni portlandsement xossalariga ta’sirini o’rganishda ularning qotish vaqti, mustahkamligi tanlab olindi. Quyidagi 1-jadvalda portlandsementning xossalari keltirilgan. 1-jadval. Portlandsementning xossalari Suv Normal Yoyiluvchanli Qotish Qotish № Sement miqdori % quyuqligi gi muddatining muddati turi mm sm boshlanishi ning oxiri 207 1 ПЦ400Д20 27 7 7 127 360 “Sika Retarder” superplastifikatorini ПЦ400Д20 portlandsementda qo‘llab standart metodikalardan foydalanib, sement qorishmasini qotish muddati boshlanishi va qotish muddatining oxirini aniqladik, natijalar quyidagi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval. “Sika Retarder” superplastifikatorini portlandsement qotish davriga ta’siri. Qotish Qo‘shimcha Qotish Qo‘shimcha С/Ц muddatining № Sement turi miqdori muddatining nomi % boshlanishi % oxiri minut minut 1. 0 127 360 2. 0,5 142 376 0,27 3. ПЦ400Д20 Sika Retarder 1 213 395 4. 1,5 217 442 5. 2 229 463 ПЦ400Д20 portlandsement xamirini qotish muddatining boshlanishi 127 minut, qotish muddatining oxiri esa 360 minutda tugadi. “Sika Retarder” superplastifikatorini 2% qo‘shganimizda qotish muddatining boshlanishi 229 minut, qotish muddatining oxiri 463 minutda qotdi. Qo‘shimcha qo‘shilmaganga nisbatan 2% qo‘shimcha qo‘shganimizda 103 minutga sekinlashdi. 2-rasm. “Sika Retarder” superplastifikatorini portlandsementning qotish muddatining boshlanishi va oxiriga ta’siri. “Sika Retarder” superplastifikatorini ПЦ400Д20 portlandsementda 0,5-1-1,5-2% da qo‘shib 2x2x2 sm li namunalar yasab namlik bilan ishlov beruvchi kameraga 7 kun va 28 kunga solib qo‘yildi. 208 3-rasm. “Sika Retarder” superplastifikatorini portlandsement siqilishga mustahkamligiga ta’siri. Namunalarni siqilishga bo‘lgan mustahkamligini gidravlik pres yordamida aniqladik. Natijalar quyidagi 3-jadvalda keltirilgan. 3-jadval. “Sika Retarder” superplastifikatorini portlandsementning siqilishga bo’lgan mustahkamligiga ta’siri [2] Qo’shimcha Qo’shimcha Mustahkamlik, MPa Sement turi С/Ц % nomi miqdori, % 7 kun 28 kun 0 30,2 40,3 0,5 31,4 42,8 ПЦ400Д20 Sika Retarder 0,27 1 37,3 46,7 1,5 36,6 43,5 2 35,2 42,2 Ushbu 3-jadval asosida quyidagi 4-rasm keltirilgan 46,
Доказательный фрагмент
«В данной статье были исследованы физические и механические свойства бетона с суперпластификаторoв Sika Retarder, а также приведены результаты лабораторных исследований в виде таблицы и графиков.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье были исследованы физические и механические свойства бетона с суперпластификаторoв Sika Retarder, а также приведены результаты лабораторных исследований в виде таблицы и графиков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- прочность, strength, Portland cement, superplastifikator, Sika Retarder, замедлитель Sika, ПАВ, plastifikator, superplasticizer, суперпластификатор, water-cement ratio, portlandsement, химическая добавка, kimyoviy qo’shimcha, пластификатор, водоцементное соотношение, suv-sement nisbati, cement, mustahkamlik, sement, sirt faol modda, chemical additive, plasticizer, портландцемент, surfactant, цемент
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020