К содержанию
РецензированоUZ2024

Yangiyer filiali 2-bosqich talabasi

Olimova Guli Bobomurod qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2024-yilgi to‘lov balansi ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilingan bo‘lib, ichki va tashqi iqtisodiy omillarning balansga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Asosiy e’tibor joriy operatsiyalar hisobi, savdo balansi, birlamchi va ikkilamchi daromadlar, shuningdek, to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va portfel investitsiyalarning o‘sishiga qaratilgan. 2024- yilda to‘lov balansiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan global xomashyo narxlari, xizmatlar eksporti va moliyaviy oqimlar tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan prognozlar – eksport-import dinamikasi, mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari, investitsiya oqimlari va fiskal taqchillikni kamaytirish rejalari asosida to‘lov balansida kutilayotgan o‘zgarishlar ham ko‘rib chiqiladi. Tahlillar Markaziy bank, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayangan holda olib borilgan. KALIT SO‘ZLAR: xalqaro rezervlar, fiskal taqchillik, nooperatsiyaviy o‘zgarishlar, portfel investitsiyalar, manfiy saldo, xalqaro obligatsiyalar. KIRISH: 2024-yilda O‘zbekiston to‘lov balansi ko‘rsatkichlari jahonda asosiy eksport xomashyo mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi, global moliyaviy sharoitlarning yumshatilish fazasiga o‘tishi, asosiy savdo hamkor mamlakatlar valyuta kurslaridagi tebranishlar hamda mehnat migratsiyasi yo‘nalishida kuzatilgan ijobiy tendensiyalar kabi tashqi omillar, shuningdek mamlakatda yuqori darajadagi iqtisodiy faollik, xizmat ko‘rsatish sohasida eksport salohiyatining oshishi, hukumat tomonidan fiskal taqchillikni kamaytirish bilan bog‘liq rejalarning amalga oshirilishi singari ichki https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 310 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 omillar ta’sirida shakllandi. 2024-yilda joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi 5,7 mlrd dollarni tashkil qildi (2023-yilda 7,8 mlrd doll). Bunga savdo balansi manfiy saldosining biroz kamayishi bilan birga ikkilamchi daromadlar komponenti bo‘yicha kelib tushgan joriy transfertlar hajmining sezilarli darajada ko‘payishi ta’sir ko‘rsatdi. 2024-yilda xalqaro bozorlarda xomashyo narxlarining o‘zgarishi va norezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining ko‘payishi natijasida, jami eksport hajmi 2023-yilga nisbatan 4,5 foizga o‘sib, 26,2 mlrd dollarni tashkil qildi (oltinsiz – 18,7 mlrd doll, o‘sish 11 foiz). 2024-yilda jami import hajmi 2023-yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘payib, 43,6 mlrd dollarga etdi. Bu 2023-yilda ayrim turdagi tovarlarning bir martalik yirik importi 2024-yil davomida sezilarli darajada qisqargani bilan izohlanadi. Shunga qaramay, mamlakatda investitsiyaviy faollik va ichki iste’mol talabi yuqori darajada saqlanib qolishi sharoitida xorijdan energoresurslar, mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlarining keltirilishi davom etdi. 1-diagramma1 1 https://cbu.uz/upload/medialibrary/3fe/bgdbrekcxegzxrolmd7b43lkk97zbpow/uz_lat_ BOP_IIP_ED_2024Q4.pdf https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 311 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Natijada, birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi musbat saldo bilan shakllanib, mos ravishda 1,1 mlrd va 10,6 mlrd dollarni tashkil etgan holda savdo balansi taqchilligini qisman qopladi. Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi moliyaviy hisob bo‘yicha kapital tushumlar, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, portfel investitsiyalar va boshqa manbalar jalb qilinishi hisobiga moliyalashtirildi. Jumladan, 2024-yil davomida mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilishi 2023- yilga nisbatan 32 foizga o‘sib, 2,8 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Portfel investitsiyalarning sof jalb qilinishi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobiga 3,1 barobarga ko‘payib, 3,1 mlrd dollarni tashkil qildi. Yuqoridagi tarkibiy omillar hisobiga 2024-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisob manfiy saldosi 7,4 mlrd dollarni tashkil etdi. 2-diagramma2 Hisobot davrida xalqaro zaxira aktivlarining xorijiy valyutadagi qismi 734 mln dollarga qisqarishi kuzatildi. Biroq, oltin jahon narxining yuqori sur’atlarda o‘sishi 2 https://cbu.uz/upload/medialibrary/3fe/bgdbrekcxegzxrolmd7b43lkk97zbpow/uz_lat_ BOP_IIP_ED_2024Q4.pdf https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 312 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 natijasida xalqaro zaxiralar qoldig‘i 2024-yil boshiga nisbatan qariyb 6,6 mlrd dollarga ko‘payib, 2025-yilning 1-yanvar holatiga 41,2 mlrd dollarni tashkil qildi. 2024-yil yakuniga ko‘ra, to‘lov balansida aks etgan amaliyotlar va nooperatsiyaviy o‘zgarishlar ta’sirida O‘zbekistonning sof xalqaro investitsiyaviy mavqei joriy yil boshiga nisbatan 11 foizga mustahkamlanib, 2025-yil 1-yanvar holatiga 13,7 mlrd dollarga etdi. Bundan tashqari umumiy tashqi qarz hajmi 64,1 mlrd dollarni (YaIMga nisbatan 55,7 foiz) tashkil qilib, shundan davlat tashqi qarzi hajmi qariyb 33,9 mlrd dollar (YaIMga nisbatan 29,5 foiz) hamda ko

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2024-yilgi to‘lov balansi ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilingan bo‘lib, ichki va tashqi iqtisodiy omillarning balansga bo‘lgan ta’siri yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2024-yilgi to‘lov balansi ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilingan bo‘lib, ichki va tashqi iqtisodiy omillarning balansga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mlrd dollarni, dollarni tashkil, tashkil qildi, nisbatan foizga, mlrd dollarga, joriy operatsiyalar, operatsiyalar hisobi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники