Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Роль современных строительных материалов в строительстве
ZAMONAVIY QURILISH MATERIALLARINING QURILISHDAGI O‘RNI. · ABLAYEVA O‘G‘ILOY SHODIQULOVNA
Тенденции и перспективы развития городов · 2026
Аннотация
In our country, the production of building materials has been developed in terms of energy efficiency improvement in accordance with modern requirements, justification of the possibility of using them for various purposes, saving of energy and resources in production while maintaining their technical properties Keywords: Building materials, thermal insulation, mineral wool, heat conductive, polymer materials, basalt fiber. Kirish. Respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish uchun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashkil etildi. Mamlakatimizda issiqlik izolyasiyasi materiallari turar joy va madaniy-maishiy binolarni, texnologik uskunalarni, quvurlarni, sovutish va isitish xonalari va jihozlarini issiqlik va sovuqlik ta'siridan izolyasiyalashda ishlatiladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,175Vt/(m°S)dan yuqori bo‘lmagan qurilish materiallari issiqlik izolyasiyasi materiallari deyiladi. Issiqlik va sovuqdan izolyasiyalash, ayniqsa, quruq issiq iqlim sharoitli Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston hududida katta ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda hududimizda ishlab chiqariladigan issiqlik izolyasiyasi materiallari asosiy xom ashyoning turi, strukturasi, shakli, bog‘lovchining mavjudligi, yonuvchanligi, o‘rtacha zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. Mineral paxta oson eriydigan tog‘ jinslari metallurgiya va yoqilg‘i shlaklari asosida olingan shishasimon tolali uning diametri 5-15 mm, uzunligi 2-40 mm bo‘ladi.Mineral paxta matlar list yoki o‘rama material bo‘lib, bitta yoki ikkala matni pishiq iplar bilan tikiladi va bitum shimdirilgan qog‘ozga o‘raladi va matlar uzunligi 3000-5000 mm, eni 500 va 1000mm va qalinligi 50-100 mm o‘lchamlarda bo‘ladi.Mineral paxta qattiq plitalar yuqori darajada bikr bo‘lib, fenol- formaldegid yoki karbamid-formaldegid va boshqa polimer bog‘lovchilar asosida ishlab chiqariladi. An'anaviy texnologiyaga binoan qattiq plitalar vakuum presslarda 150-180°S haroratda olinadi. Mineral paxta bikr plitalar va fason buyumlar polimer, bitum va mineral bog‘lovchilar asosida ishlab chiqariladi, mustahkamligini ortirish maqsadida bikr plitalar tarkibiga kalta tolali asbest kukuni kiritiladi. Plitalarning o‘rtacha zichligi 100-400kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,051-0,135Vt, qalinligi 40-100 mm bo‘ladi. Mineral paxta yarim bikr va yumshoq plitalar polimer, bitum va kraxmal bog‘lovchilar asosida ishlab chiqariladi. Polimer bog‘lovchilar asosidagi buyumlar mustahkamligi yuqori va ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi. Plitalarning o‘rtacha zichligi 35-250kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,041-0,07Vt/(m°C). Ular cherdaksiz yopmalar va cherdak orayopmalarini isitish, grajdan va sanoat binolarining devorlarini hamda texnologik uskunalar sirtini issiklik izolyasiyasi uchun ishlatiladi. Bazalt tolasi asosan Jizzax viloyati Forish tumanida bazalt toshini eritib tolaga aylantirib tayyorlanadi. Bazalt tolali paxta olovbardosh matolar, lentalar, plitalar olishda ishlatiladi. Ular agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi. Bazalt tolali paxta 130 kg/m3 o‘rtacha zichlikda bo‘lganda issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,35Vt/(m °C) tashkil etadi. Joriy yilda Afg‘oniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya va Ukraina kabi davlatlarga 300 million dollirlik bazalt rovinglar, polisterol plitalar, pol qoplamalari, lok-bo‘yoq uchun pigmentlar, yengil metall konstruksiyalar kabi yangi turdagi mahsulotlar eksport qilindi. Hozirgi davrda issiqlik izolyasiyasi materiallari termoplastik va termoreaktiv polimerlar asosida tarkibiga gaz yoki ko‘pik hosil qiluvchi komponentlar, pigmentlar, qotiruvchilar, plastifikatorlar va modifikatorlar kiritib tayyorlanmoqda. Energiya samarali polimer materiallari turar joy - kommunal xo‘jaligida energiyatejamkor chora-tadbirlar ko‘rilishi energiya sarfini 70% gacha tejaydi. Ushbu chora-tadbirlarga fasadlar, eshik va deraza tirqishlari, pollar, balkonlar va truboprovodlarni polimerlar asosidagi materiallar bilan issiqlik izolyasiyalovchi qoplamalar barpo etiladi. Binoning tashqi devorini issiqlik izolyasiyasi uchun 1m2 ga 0,64m3 pishiq g‘isht yoki 0,32m3 keramzit betoni, 0,14m3 fibrolit, 0,1 m3 mineral paxta plitalari va 0,04m3 poroplastlar talab etiladi. Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda hom ashyo va buyum xillarini hozirgi zamon talabiga ko‘ra energiya samaradorlik nuqtai nazaridan takomillashtirish, ularni turli maqsadlar uchun ishlatish mumkinligini asoslash, texnik xossalarini saqlagan holda, ularning massasini yengillashtirish va ishlab chiqarishda energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni ta'minlash bo‘yicha ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi va amaliyotga joriy etilishi va qo‘llanilishini ta'minlash. Hozirgi kunda aholin
Доказательный фрагмент
«In our country, the production of building materials has been developed in terms of energy efficiency improvement in accordance with modern requirements, justification of the possibility of using them for various purp…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn our country, the production of building materials has been developed in terms of energy efficiency improvement in accordance with modern requirements, justification of the possibility of using them for various purp… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Building materials, thermal insulation, mineral wool, heat conductive, polymer materials, basalt, issiqlik o‘tkazuvchan, базальтовое волокно, issiqlik izolyasiya, polimer materiallari, bazalt tolasi, теплоизоляция, mineral paxta, теплопроводящий, строительные материалы, basalt fiber, минеральная вата, qurilish materiallari, полимерные материалы
Смежные источники
Научные статьиGaipova N2026
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009