Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Перспективы развития строительной отрасли сегодня
Нурмухамедов Санжарбек (Ургенчский государственный университет) · Севара Машарипова (Ургенчский государственный университет)
Тенденции и перспективы развития городов · 2022
Аннотация
This article describes the developments and innovations in the field of construction, in particular, issues of national construction standards, modernization of production, production of new types of high-quality construction materials, work based on new technologies, and expansion of export volume. Kalit so‘zlar: Qurilish, investitsiya, innovatsion g‘oyalar, ishlab chiqarish, qurilish materiallari, qurilish- montaj, loyiha, texnologiya. Ключевые слова: Строительство, инвестиции, инновационные идеи, производство, строительные материалы, строительно-монтажные работы, проект, технология. Key words: Construction, investment, innovative ideas, production, building materials, construction-assembly, project, technology. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PQ-60-son Farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sohani yanada taraqqiy ettirish, jahon tajribasini qo‘llash, invsetitsiya jozibadorligini oshirish maqsadida 2022-2026 yillarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturi ishlab chiqarildi.Unga ko‘ra, 2026 yilga borib qurilish materiallarining eksporti 1,084 mlrd dollarga yoki 2021 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshiriladi. Asosiy turdagi qurilish materiallarining importi 2020 yilga nisbatan 60 foizga kamayib 2026 yilda 185,6 mln dollarni tashkil etadi. Tarmoqni rivojlantirishga 2 mlrd dollarlik invenstitsiyalar jalb qilinadi. Yangi investitsiya modelini amalga oshirish natijasida 2021-2025 yillarda 4,5 mln kub metr gazbeton bloklari, gipskarton listlari – 85 mln kv metr, temir-beton mahsulotlari – 8,6 mln kub metr, keramogranit – 4,5 mln kv metr, tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit va boshqa) mahsulotlari – 1,9 mln kv metr kabi yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi va 19,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi [1]. Muhokama va natijalar. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonda yangi sanoat ob’ektlari, turar-joylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy-maishiy ob’ektlarni qurish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ularda ilg‘or arxitektura va zamonaviy, yuqori texnologiyali qurilish materiallari qo‘llanildi. Xususan bunga misol qilib Urganch shahrida qurilayotgan yangi 5 qavatli bino “Urganch Karvon Shopping Centre” savdo majmuasi,1600 o’rinli o’quv binosi va 800 o’rinli talabalar turar joyiga ega bo’lgan Urganch davlat universitetining Texnika fakulteti binosi, Urganchda yer resurslari davlat kadastri boshqarmasining yangi binosi, yangi davlat xizmatlari markazi, Urganch shahrining qoq markazida joylashgan 25 metrlik kattalikdagi Jaloliddin Manguberdi haykali o’rnatildi. Bu keng ko’lamli ishlar shaharni rivojlantirishda katta hissa qo’shadi. Qurilish sohasida ishlab chiqarish korxonalari tomonidan aholini sifatli qurilish materillari bilan ta’minlash, tarmoq korxonalarini modernizatsiyalash orqali, import hajmini kamaytirib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, pirovardida ichki bozorda qurilish materiallari narxining oshib ketishining oldini olish va ularni arzonlashtirish soha rivojida muhim omil bo‘lmoqda. Ijtimoiy soha ob’ektlariga hozirgi kunda, noturar va aholi turar joylari uchun sifatli, arzon, mahalliy xom ashyolardan tayyorlangan zamonaviy qurilish materiallari zarurligi dolzarb masalalardandir. Qurilish ishlari qiymatining 55-60 foizi qurilish materiallarini tashkil etadi. Respuplikamizda zamonaviy arxitektura yangi, sifatli, arzon, yengil va zilzilabardosh, innovatsion qurilish materiallarini talab etmoqda. 2017 yilga qadar tarmoqda 7 ming 995 korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirda mamlakatimizda 10 ming 552 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritmoqda. 2017 yilda 120 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda ularning soni 180 dan oshib ketdi. Bugungi kunda qurilish korxonalarida ishlab chiqarilgan keramik plitkalar, santexnika, keramika mahsulotlari, quruq qurilish aralashmalari, pishgan g‘isht, tabiiy toshdan yasalgan qoplovchi buyumlar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglar singari qurilish materiallariga Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston bozorlarida talab ortib bormoqda. Shu o‘rinda, arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zbekisto
Доказательный фрагмент
«This article describes the developments and innovations in the field of construction, in particular, issues of national construction standards, modernization of production, production of new types of high-quality cons…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the developments and innovations in the field of construction, in particular, issues of national construction standards, modernization of production, production of new types of high-quality cons… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Construction, investment, innovative ideas, production, building materials, construction-assembly, строительно-монтажные работы, технология, строительные материалы, project, Строительство, technology, ishlab chiqarish, investitsiya, инвестиции, loyiha, производство, qurilish materiallari, Qurilish, texnologiya, qurilish- montaj, проект, innovatsion g‘oyalar, инновационные идеи
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020