К содержанию
РецензированоRU2026

Получение высокопрочной плотной структуры бетона за счет резкого снижения количества воды в приготовлении бетона

MUSTAHKAM ZICH BETON STRUKTURASINI OLISH.

Тенденции и перспективы развития городов · 2026

Аннотация

The content of this scientific research is related to the study of the positive and negative effects of water added to the composition of a concrete structure, ensuring complete hydration of cement by reducing the amount of water to a minimum and creating a new structure of high-strength concrete. Key words: high strength, concrete structure, cement hydration, water/cement ratio, normal density, rheological structure. Kirish. Qurilish sanoatini rivojida xususan, baland binolar va turli inshootlar barpo etilishi kun sayin o`sishda davom etmoqda. Bunda qurilishning asosiy materiali sifatida betonning turlari va temir-betonga talab oshdi. Shunga ko`ra bu borada yengil betonlarning ham o`rni kattadir. Qurilishning rivojlanish tarixida betonning kirib kelishi arxitektura va qurilish sanoatini va qurilish materiallari olamini o`sishiga asosiy turtki vazifasini bajarib berdi. [1] Beton hozirgi vaqtda turli darajadagi murakkab ob`ektlarni qurish uchun juda ko`p qirrali materialdir. Mustahkamlik darajasiga ko`ra, beton qorishmasi kichik mahalliy qurilishdan to strategik ahamiyatga ega davlat binolarini qurishda qo`llaniladigan turli navlarga bo`linadi. Tahlil va natijalar. Sement va suv betonning asosiy komponentlari bo`lib, ular barcha komponentlarni yagona monolit tuzilishga bog`lash vazifasini bajaradi. Ushbu ikki komponentning (suv-tsement nisbati) to`g`ri nisbatini saqlash beton ishlab chiqarishdagi eng muhim vazifadir. Sementning asosiy xususiyatini xarakterlovchi jihat – uning mustahkamligi_(marka)_hisoblanadi. Aksariyat sementlarda suv/sement nisbati 0,4 bo`lganda meyyoriy mustahkamlikka erishiladi._Sement mustahkamligiga bo`lgan talabdan tashqari, yana boshqa talablar, ya`ni normal quyuqligi, tishlashish muddati ham ahamiyatlidir. Normal quyuqlik deb ma`lum konsistentsiyada bo`lgan sement hamirini olish uchun sementga qo`shiladigan zaruriy (%) suvning miqdoriga aytiladi. Portlandsementning normal quyuqligi 22-27% ni, putstsolanli portlandsementda esa 30% va undan ortiqroq bo`lishi kerak. Sementning normal quyuqligi ma`lum darajada sement hamirining reologik xususiyatlarini aniqlaydi va beton qorishmasining harakatchanligiga ta`sir etadi._Qorshimaning_ma`lum_zaruriy_harakatchanligiga (bikirlik) erishish uchun sementning normal quyuqligi qancha past bo`lsa, beton qorishmaning suvga ehtiyoji shuncha past bo`ladi. Beton tarkibiga_bog`liq_holda_sementning_o`rtacha_normal quyuqligini 1% ga pasaytirish beton qorshimasini suvga bo`lgan talabchanligini 2-5 l/m3 kamaytiradi, shuningdek yuqori mustahkam betonlarda suvga bo`lgan talabganlikni juda pasaytligi kuzatiladi. Suv sarfini pasaytirish o`z vaqtida sement sarfini ham kamaytiradi. Betonlarda, normal quyuqligi past bo`lgan sementlarni ishlatish maqsadga muvofiq. Beton qorishmani tayyorlashda ko`pincha suv – sement nisbati ortiqcha ishlatilib, betonning sifatini sezilarli darajada pasaytirishga sabab bo`ladi. Buning sababi shundaki, beton qorishmani to`g`ri yotqizish va qolipga joylashtirish juda muhim, bu esa ortiqcha suv qo`shilishi bilan erishiladigan plastiklik bilan qulayroq amalga oshiriladi. Ammo shu bilan birga, materialning sifati sezilarli darajada pasayadi – birinchi belgi, yotqizilgandan keyin sirtdagi suyuqlikning chiqishi. Plastifikatorlar yordamida suv miqdoridan oshmasdan bir xil ta`sirga erishish mumkin. [3] Yana bir keng tarqalgan xato-betonni noto`g`ri parvarish qilish. Sementning gidratsiya jarayoni doimiy harorat va maksimal namlikda bo`lishi kerak. Shuning uchun uni muntazam ravishda namlash yoki polietilen bilan qoplash kerak. Bunday holda, hosil bo`lgan betonning zichligi va kuchi mikro bo`shliqlar va kapillyarlarning paydo bo`lishi tufayli ushbu shartlarga rioya qilmasdan quritilgan monolitning o`xshash ko`rsatkichidan bir necha baravar yuqori bo`ladi. Suv-sement nisbati pasayganda, qorishma dastlabki uch kun ichida tezda qotadi, ammo bunday beton barcha texnologik sharoitlarga rioya qilingan taqdirda, suv-tsement nisbati oshishi bilan tayyorlanganidan kamroq kuchga ega bo'ladi. Shuning uchun, beton aralashmalarni ishlab chiqarishda suv-sement nisbatining maqbul qiymatiga ega variantlarni tanlash zarurdir. Yuqori suv-sement munosabatlarida tashkil qiluvchilar donalari orasida bo'shliqlar yuzaga keldiki, uni sement to'liq namlanganda to'ldirib bo'lmaydi. Ortiqcha suv yig`ilib qoladi va u bug'langanda bo'shliqlar (teshiklar, kapillyarlar) qoldiradi. [4] Xulosa. Sement bog`lovchili betonlar 28 kunlik ya`ni loyihadagi mustahkamlikka erishgandan keyin ham mustahkamligini oshirishda davom etadi. Demakki, sement bog`lovchilik xususiyatlarini uzoq vaqt davomida ham oshira olishi mumkin bo`lgani kabi, to`liq o`zlashtira olishi mumkin bo`lgan bog`lovchilik imkoniyatini qisqa vaqt davomida ham yuzaga keltirish yo`llarini ishlab chiqish optimal yechim bo`ladi. Bunda beton qorishmasi tarkibiga suvning vazifasini bajaruvchi kimyoviy qo`shimcha qo`llagan holda erishish mumkin degan g`oya bilan izlanishlarni davom ettiryapmiz. FOYDALANILGAN MANBALAR: 1. X.

Доказательный фрагмент

«The content of this scientific research is related to the study of the positive and negative effects of water added to the composition of a concrete structure, ensuring complete hydration of cement by reducing the amo…»

Образец извлечения

Демо-превью

The content of this scientific research is related to the study of the positive and negative effects of water added to the composition of a concrete structure, ensuring complete hydration of cement by reducing the amo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
high strength, concrete structure, cement hydration, water/cement ratio, normal density, rheological, suv, реологическая структура, высокопрочность, yuqori mustahkamlik, reologik xususiyat, гидратация цемента, sement nisbati, beton struktura, water, gidrotatsiyalanish, нормальная густота, структура бетона, normal quyuqlik, rheological structure, sement, cement ratio, соотношение воды, цемент
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники