Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Дефекты кирпичных стен зданий
Dotsent UMAROV SHODILJON ABDUG‘OFUROVICH, sh.umarov@ferpi.uz · Е- BIQ talabasi YO‘LDASHALIEV AZIZBEK
Тенденции и перспективы развития городов · 2026
Аннотация
В статье приведены рекомендации по восстановлению прочности и устранению дефектов кирпичных стен с низкой прочностью используемых зданий и сооружений. Ключевые слова: Реконструкция, камень-кирпич, конструкция, временная, усиление, прочность, сжатие. Annotation. This article provides recommendations for restoring the strength and eliminating defects of brick walls with low strength of buildings and structures used. Keywords: Reconstruction, stone-brick, construction, temporary, reinforcement, strength, sealing. Kirish. Bino va inshootlar o‘zining mustahkamligi, bikrligi, uzoqqa chidamliligi, pishiqligi va shu kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlicha tavsifga ega bo‘ladi. Kapitalligi yuqori, o‘ta mustahkam, mahobatli, ko‘rkam, qulaylik darajasi baland, arxitektura elementlariga boy bo‘lgan bino va inshootlarga foydalanish davrida katta hajmdagi texnik parvarish ko‘rsatilishi talab etiladi. An’anaviy me’morchilik usullari bo‘yicha tiklangan binolar o‘zining yuqori boshlang‘ich mustahkamligi va pishiqligi bilan ajralib turadi. Bunday binolarni rekonstruktsiya qilish va saqlab turish iqtisodiy va me’morchilik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Shuning bilan birgalikda, ularni rekonstruktsiyalashda zamonaviy qulaylik vositalarini uyg‘unlashtirib joriy etib borish zarur bo‘ladi. Binolardagi qo‘llanilgan konstruktsiyalarning xizmat muddatlari bir-biridan farq qiluvchi bo‘lib, hatto bir bino miqyosida ham ularning qiymatlari turlichadir. Shu sababli, konstruktsiyalarning amaliy xizmat muddatlari shartli miqdordir. Ko‘plab zamonaviy binolarning xizmat muddatlari hozircha taqribiy tayinlangan, chunki ularning hatto birinchi avlodi ham o‘zining hisobiy xizmat muddatini o‘tab bo‘lgani yo‘q.[1]. Masalan, yirik paneli yig‘ma temirbeton konstruktsiyalardan tiklangan binolarning xizmat muddati 120-150 yilni tashkil etishi mo‘ljallangan bo‘lib, bu ularning kafolatli xizmat muddati bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, qulay ish sharoitlarida temirbetonning mustahkamligi oshadi, natijada binolarning haqiqiy ishlash muddati me’yoriy qiymatlaridan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Qurilish amaliyotining ko‘rsatishicha, foydalanish davrida bino va inshootlarning, ularning konstruktsiya va qismlarining muttasil jismoniy va ma’naviy yemirilishi yuz beradi va bu holat har qanday vaziyatda ham davom etaveradi; tizimli ravishda parvarishlash (texnik xizmat ko‘rsatish) natijasida yemirilishlarni sekinlashtirishga, uning avj olib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishiladi; vaqti-vaqti bilan amalga oshiriluvchi rekonstruktsiyalash va modernizatsiyalashlar ma’naviy eskirishlarni “neytrallashtirish” imkonini beradi. Statistikaning ko‘rsatishicha, bino va inshootlardagi yaroqsizlanish va avariyalarning ko‘prog‘i ahamiyatsiz sabablar oqibatida yuzaga kelar ekan: nazorat hisoblarining bajarilmaganligi (ayniqsa bir necha kishidan iborat guruh tomonidan bajarilgan loyihalash ishlarida tugunlarning tekshirilmasligi); elementlarni tayyorlashda ishchilar tomonidan yo‘l qo‘yiluvchi befarqliklar oqibatida; montajchilar tomonidan konstruktsiyalarni yig‘ishda yo‘l qo‘yiluvchi sifatsizliklar; xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yiluvchi xatoliklar va ularning malakasining pastligi va boshqalar. Odatda, avariyalarning sabablari tahlil qilinganda ularning texnik jihatlariga asosiy e’tibor qaratiladi, vaholanki, ko‘p hollarda avariyalar sub’ektiv omillar mahsuli ekanligi ma’lumdir, ya’ni foydalanuvchilar, loyihachilar va quruvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar natijasida sodir bo‘luvchi yaroqsizlanishlar ham amaliyotda tez-tez uchrab turishi aniqlangan va buni nazarda tutish zarurdir. Bunda konstruktsiyalarda yuzaga keluvchi nuqsonlarni baholashda avariyalar sabablarini ularning xavflilik darajasi bo‘yicha tasniflash zarurdir. Ko‘plab avariyalar tahlil qilinganda, ularning kelib chiqishiga katta xatolar emas, balki e’tiborsizlik oqibatida yo‘l qo‘yilgan arzimas kamchiliklar sabab bo‘lganligi aniqlangan. Ehtimolli xatolarni quyidagi tarzda tasniflash taklif etilgan: 1) tasodifiy xatolar; 2) tizimli (sistematik) xatolar; 3) yanglishish natijasidagi xatolar (xodimlarning malakasi pastligi natijasida yo‘l qo‘yilgan, ularning tez-tez almashtirilishi natijasida sodir bo‘luvchi, inshootlarning murakkabligi sababli yuzaga keluvchi va bshqalar); 4) befarqlik va mas’uliyatsizlik natijasida sodir bo‘luvchi; 5) noma’lum yoki o‘rganilmagan omillar natijasida hosil bo‘luvchi. Tajribalardan aniqlanishicha, 3 – guruhdagi xatolar oqibatida eng ko‘p – 35% avariya va yaroqsizlanishlar sodir bo‘lishi kuzatilar ekan. Bundan tashqari, aksariyat hollarda avariyalar faqat bitta hato oqibatida yuzaga kelishi, juda kam hollardagina ikki yoki undan ko‘p xato sabab bo‘lishi aniqlangan. Quyida keltirilgan 1.1- jadvalda bir necha Yevropa mamlakatlarida binolarning tashqi devorlarining shikastlanish sabablari foiz miqdorida ko‘rsatilgan. Binolarning tashqi devorlarining shikastlanish sabablari 1-jadval Materiallarni Xatolar, % ng noto‘g‘ri To‘liq Mamlakat Loyihada Foydalanish tanlanishi (butkul)
Доказательный фрагмент
«В статье приведены рекомендации по восстановлению прочности и устранению дефектов кирпичных стен с низкой прочностью используемых зданий и сооружений.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье приведены рекомендации по восстановлению прочности и устранению дефектов кирпичных стен с низкой прочностью используемых зданий и сооружений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Reconstruction, stone-brick, construction, temporary, reinforcement, strength, sealing, прочность, камень-кирпич, siqilish, tosh-g‘isht, усиление, vaqtinchalik, kuchaytirish, Rekonstruksiya, Реконструкция, конструкция, сжатие, временная, mustaxkamlik, konstruksiya
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025