ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
НОВАЯ КОНСТИТУЦИЯ – КОММУНИКАЦИЯ РАЗВИТИЯ
Norboyev Sardor Qavmiddinovich · Tursunova Madinabonu Akmalevna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article mainly talks about the opinions about the new Constitution of the Republic of Uzbekistan, how much the new Constitution has found its place in the life of our people. In order for us to be among the most advand countries in the time of rapid development, it was time to renew our Constitution. Keywords: Constitution, referendum, monopoly, strategy, corruption. НОВАЯ КОНСТИТУЦИЯ – КОММУНИКАЦИЯ РАЗВИТИЯ Аннотатция. В данной статье в основном говорится о мнениях о Новой Конституции Республики Узбекистан, о том, насколько Новая Конституция нашла свое место в жизни нашего народа. Для того, чтобы мы могли войти в число самых передовых стран во времена бурного развития, пришло время обновить нашу Конституцию. Ключевые слова: Конституция, референдум, монополия, стратегия, коррупцияю Konstitutsiya har qanday davlatning asosiy qonunidir. U jamiyat uchun ishlashi, uning talab va ehtiyojlarini qondirishi kerak. Konstitutsiyaning mazmuni – mamlakatning davlat, ijtimoiy va siyosiy hayotining barcha asoslarini belgilashdan iborat. Boshqacha aytganda, u huquq tizimining asosi va poydevori bo’lib, boshqa barcha qonunlar uning asosida quriladi. Lekin, shu bilan birga, Konstitutsiya qat’iy, o’zgarmas hujjat emas. Agar Konstitutsiyani o’zgartirish zarurati paydo bo’layotgan bo’lsa, demak, bu jamiyatning evolyutsion rivojlanishiga asoslangan holda, O’zbekistonda yaqin kelajakda bo’lgan maqsadlarimizni belgilab olish, ochiq va ishonchli davlat qurish uchun hayotiy zaruratdan dalolat beradi. “2023-yilning 30-aprel sanasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo’lib o’tdi. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qo’yildi. Referendum natijasiga ko’ra, 2023-yilning 1-may sanasidan boshlab Yangi Konstitutsiya kuchga kirdi. Unga binoan, Konstitutsiyamiz 6 bo’lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat. Yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g’oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo’lidagi ulkan qadamdir. 1 09 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Konstitutsiyada O’zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani belgilab qo’yildi. Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilandi. Bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab faoliyat ko’rsatishiga asos bo’ladi. Binobarin, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo’lishi shart va zarur. Bunga ko’ra, inson va davlat o’rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi. Konstitutsiyada kambag’allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo’yicha normalar belgilandi. Xususan, Konstitutsiyada har kimning uy-joyli bo’lish huquqi belgilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o’z boshpanasiga ega bo’lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi. Bundan tashqari, hech kimning sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko’rgan zararlarning o’rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta’minlanishi kafolatlandi. Aholi hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zaruriy sharti sifatida Konstitutsiyada atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha kompleks choralar belgilandi. Ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytirildi, o’qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo’ldi. Jumladan, fuqarolarning oliy ta’lim muassalarida davlat granti hisobidan o’qish huquqi qat’iy belgilab qo’yildi. Konstitutsiyada davlatning o’qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o’sishi to’g’risida g’amxo’rlik qilish majburiyati qayd etildi. Inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirildi. Xususan, O’zbekistonda o’lim jazosi taqiqlandi. O’lim jazosini taqiqlashni konstitutsiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi belgilandi. Ya’ni, shaxsning erkinligini cheklash bilan bog’liq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shart. Ushbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz qamoqqa olish va saqlashga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. Bu orqali xalqaro e’tirof etilgan “Xabeas korpus” institutini qo’llanish ko’lami yanada kengaydi. Shaxsni ushlash chog’ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartli
Доказательный фрагмент
«This article mainly talks about the opinions about the new Constitution of the Republic of Uzbekistan, how much the new Constitution has found its place in the life of our people.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article mainly talks about the opinions about the new Constitution of the Republic of Uzbekistan, how much the new Constitution has found its place in the life of our people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Constitution, referendum, monopoly, strategy, corruption, Constitution, referendum, Конституция, референдум, Konstitutsiya, referendum
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
The American Journal of Political Science Law and CriminologyPAGE NO. -, Farangiz Bahodirovna +12025
International Journal Of Law And CriminologyPAGE NO. -, Djalilov Javoxir Abdumajitovich2025