К содержанию
РецензированоRU2023

ТЕХНИКА БЕГА НА КОРОТКИЕ ДИСТАНЦИИ

Raxmatov B.Sh. PhD. · Kazoqov R.T. O’qituvchi. · Mingzeyoyev T.N. O’qituvchi. · Abduraxmonov M.S. O’qituvchi. · Tursunaliyev U.Sh. O’qituvchi. O’zDJTSU.

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article provides information on the technique of running short distances. Key words: Short-distance running, start, running after the start, long-distance running, reaching the finish line. ТЕХНИКА БЕГА НА КОРОТКИЕ ДИСТАНЦИИ. Аннотация. В данной статье представлена информация о технике бега на короткие дистанции. Ключевые слова: Бег на короткие дистанции, старт, бег после старта, бег на длинные дистанции, достижение финиша. Qisqa masofalarga yugurish (sprint) to‘rtta shartli fazaga bo‘linadi: yugurishning boshlanishi – start, startdan keying yugurish, masofa bo‘ylab yugurish va marraga kelish.Sprintda yugurishni tezroq boshlashga va qisqaroq masofa bo‘lagida tezlikni yuqori darajaga o‘stirishga imkon beradigan past start qo‘llanadi. Past startda yuguruvchi tanasining yuguruvchi qo‘lini yo‘lkadan uzgan zahoti tayanchdan ancha oldinlab ketgan bo‘ladi. Startdan yanada tezroq chiqish uchun start tirgaklari qo‘llanadi. Ular depsinish uchun mustahkam tayanch bo‘lishini, oyoqlar joylanishi va tayanch sathlarining qiyali burchagi doim bir xil bo‘lishini a’minlaydi..Odatdagi start deb ataluvchi start keng qo‘llanadi. Unda oldingi tirgak start chizig‘idan 1 – 1,5 oyoq tagi masofasida,keyingi tirgak esa oldingi tirgakdan boldir – ilik uzunligi oralig‘ida o‘rnatiladi. Oldingi tirgakning tayanch sathi 45 - 50º, keyingisining sathi 60 - 80º nishab bo‘ladi. Tirgaklarning o‘qlari orasidagi masofa odatda, 18 – 20 sm ga teng bo‘ladi. Ayrim yuguruvchilar oldingi tirgakni start chizig‘idan uzoqlashtirib,tirgaklar orasidagi masofani qisqartiradilar («cho‘zilgan start»),ayrimlari esa, orqadagi tirgakni oldingiga yaqinlashtirib, tirgaklar orasidagi masofani qisqartiradilar («yaqinlashtirilgan start»). Tirgaklarning joylanishiga qarab, tayanch sathlarining qiyalik burchagi ham o‘zgaradi: tirgaklar start chizig‘iga yaqinlashgan sari bu burchak kichrayadi, tirgaklar start chizig‘idan uzoqlashgan sari esa, burchak ham kattalasha boradi.Tirgaklar o‘rtasidagi masofa va ularning start chizig‘idan uzoqligi yuguruvchining tana tuzilishiga, uning tezligiga, kuchiga va boshqa fazilatlariga bog‘lik.Tuflining barcha mixlari tirgakning tayanch sathida bo‘ladi; 9 90 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yuguruvchi faqat tuflisi tag charmining uchini yo‘lkaga tekkizib turishi kerak. «Startga!» komandasi bilan yuguruvchi qolipchalar oldiga o‘tadi-da, to‘nqayib qo‘llarini start chizig‘idan oldinga qo‘yadi. Mana shu holatdan u oldindan orqaga harakat qilib, bir oyog‘ini oldingi tirgakning tayanch sathiga, ikkinchi oyog‘ini esa keyingi tirgakning tayanch sathiga tiraydi. Keyingi oyoq tizzasida turib, yuguruvchi qo‘llarini start chizig‘idan o‘zi tomon o‘tkazib,start chizig‘iga jipslashtirib yerga qo‘yadi. Katta barmoq bilan birbiriga jipslashib turgan qolgan barmoqlar orasida qayishqoq ark hosil bo‘ladi. Mana shunday holatda butun e’tiborni keying komandaga jalb qilish kerak. «Diqqat!» komandasi berilgandan keyin, yuguruvchi oyoqlarini sal to‘g‘rilab, keyingi oyoq tizzasini yerdan uzadi. Bu bilan u gavdasining u. o. m. ni sal yuqorilatib oldinga siljitadi. Endi gavdaning og‘irligi ikkala qo‘l bilan oldingi oyoqqa tushadi. Lekin gavda u. o. m. ning yo‘lkadagi proyeksiyasi start chizig‘idan 15-20 sm berida bo‘lishi kerak. Oyoq taglari tirgaklarning tayanch sathiga qattiq tiraladi. Gavda to‘g‘ri tutiladi. Tos yelkaga nisbatan sal yuqori ko‘tariladi. Buning qancha yuqori ko‘tarilishi jismoniy tayyorlik qandayligiga va startda oyoqlarning joylanishiga bog‘liq.Oyoq mushaklari kuchli bo‘lgan yuguruvchi unchalik yuqori ko‘tarilmasa ham bo‘ladi. Bunday holatda tana og‘irligini qo‘lga ortiqcha o‘tkazmaslik kerak, chunki signaldan keyin qo‘lni yerdan ko‘tarilgunga qadar vaqt 0,05 – 0,15 sek. cha ortiq ketadi (M. S.Lukin).Tayyor turgan holatda oyoq tizzalarining bukilish burchagi katta ahamiyatga ega. Bu burchakning kattaroq bo‘lishi (albatta, ma’lum miqdorda) oyoqlarni tezroq to‘g‘rilashga, ya’ni depsinishga yordam beradi. Startda tayyor turgan paytda oldingi tirgakka tiralgan oyoqning soni bilan boldiri orasidagi optimal burchak 65 -100º ga, keyingi tirgakka tiralgan oyoq burchagi esa 100 - 200º ga tengdir. Masalan, jahon rekordchisi A.Xarida bu burchaklarning biri 90º ga, ikkinchisi 111º ga, L.Berruttida esa – 94 va 115º ga tengdir. Boshning gavdaga nisbatan holati o‘zgarmay qolaveradi. Ko‘z pastga qaragan bo‘ladi. Yuguruvchining «Diqqat!» komandasidan keyingi holati haddan tashqari zo‘rma-zo‘raki bo‘lmasligi kerak. E’tibor kuchaytirilsagina yetadi. «Diqqat!» komandasi bilan yugurishni boshlash uchun beriladigan signal orasidagi vaqt qancha bo‘lishi qoidada ko‘rsatilmagan. Bu intervalni startyor turli sabablar bilan o‘zgartirishi mumkin. Bu signalni o‘z vaqtida qabul qilish uchun yuguruvchilardan zo‘r e’tibor berishlarini talab qiladi. Yuguruvchi to‘pponcha ovozini (mashqda esa boshqa ovozni) eshitgach, darhol oldinga intiladi. Bu harakat qo‘llarni oldinlatib y

Доказательный фрагмент

«This article provides information on the technique of running short distances.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on the technique of running short distances. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Short-distance running, start, running after the start, long-distance running, Qisqa masofalarga yugurish, Short-distance running, start, Бег на короткие дистанции
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники