Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭКОНОМИЧЕСКИЙ И ПОЛИТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СТРАН БРИКС
Abdusattorova Malikaxon
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article provides information about BRICS, one of the organizations that occupy an important place in the world's political and economic structure. In addition, the economic and political situation of the member states of the structure was analyzed. Keywords: BRICS, economy, politics, assembly, gross domestic product, telecommunications, e-commerce rating. ЭКОНОМИЧЕСКИЙ И ПОЛИТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СТРАН БРИКС Аннотатция. В данной статье представлена информация о БРИКС, одной из организаций, занимающих важное место в мировой политической и экономической структуре. Кроме того, было проанализировано экономическое и политическое положение государств-членов структуры. Ключевые слова: БРИКС, экономика, политика, сборка, валовой внутренний продукт, телекоммуникации, рейтинг электронной коммерции. BRICS – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika mamlakatlaridan tuzilgan tashkiloti bo‘lib, ushbu tashkilotning asosiy maqsadi kelajakda jahon iqtisodiyotini istiqbolli rivojlantirishga qaratilgan. Dastlab, BRICS faqat 2001 yilda Jim O‘Nil tomonidan yaratilgan bo‘lib, iqtisodchilar va siyosatshunoslar tomonidan kelgusi ellik yilga mo‘ljallangan yuqori iqtisodiy o‘sishga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga murojaat qilish uchun foydalanilgan va o‘zlarini katta global salohiyat sifatida mustahkamlagan nomenklatura edi. Biroq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 61-Bosh assambleyasida, 2006-yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy allaqachon keng tarqalgan nomenklaturani diplomatik tarzda rasmiylashtirishga qaror qildilar va bu mamlakatlarga ko‘proq kollektiv iqtisodiy va katta aloqalar uchun imkoniyat yaratdilar. 2011 yilda esa Janubiy Afrika rasman BRICS tarkibiga kiritilgan. 1 BRICS a’zolari iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan yirik mamlakatlar sifatida ifodalanadi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanganligini, ijobiy barqarorligini, ham kuchliligini va jahon iqtisodiyoti uchun resurslari ko‘pligini ko‘rishimiz mumkin: Braziliya - Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tengligi bilan dunyoda 7- o‘rinda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga boy; Rossiya - Jahon iqtisodiyotida mineral resurslarga boy shu bilan birga yalpi ichki mahsulot bo‘yicha 5-6 o‘rinda, eng yirik hududga ega va dunyodagi ikki yirik yadroviy kuchlardan biridir; Hindiston - jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik bilan dunyoda 3- o‘rinda, bir 1Пробуждение БРИК / под ред. В. А. Никонова. – М., 2009. – С. 9. 6 99 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ milliarddan ortiq aholisi bor. Intellektual resurslarga ega, aholisi ikki xil tabaqaga bo‘lingan boylar va qashshoqlar, atomi bilan katta kuchga ega; Xitoy - Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsuloti hamda iqtisodiyoti rivojlanishi bilan 1- o‘rinda shu bilan birga dunyoda birinchi eksport (“dunyo zavodi”), dunyodagi eng yirik valyuta zaxiralariga ega, dunyodagi eng yirik aholi va atom elektrenergiyasiga egadir; Janubiy Afrika - Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik va iqtisodiyoti bilan 25-29 o‘ringa ega, tabiiy resurslarga boy. BRICS iqtisodiy blokning bir qismi emasligini, shunchaki ittifoq tuzishini yoki nizomisiz xalqaro norasmiy mexanizmni - global senariyda umumiy iqtisodiy va siyosiy manfaatlar uchun kuchlarni birlashtirishga intilishini ta’kidlash muhimdir. Bu iqtisodiy blok bo‘lmaganligi sababli, BRICS mamlakatlari orasida umumiy bozor, savdo va bojxona kelishuvlari, shuningdek, a’zolarning bir ovozdan siyosati mavjud emas. Ushbu ittifoqning bir qismi bo‘lgan mamlakatlarda juda ko‘p muammolar mavjud, chunki ular dunyo aholisining taxminan 40 foizini va kambag‘allik chegarasida bo‘lganlar sonining yarmidan ko‘pini jamlaydi.2 Siyosat bilan bog‘liq holda, BRICS bankining yaratilishi Durban (Janubiy Afrika) da bo‘lib o‘tgan BRICS V sammitida muhokama qilingan bo‘lib, u nafaqat ittifoq mamlakatlarini, balki boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarni ham iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilishi kerak edi. 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgdagi sammitda Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Eron, Argentina, Misr va Efiopiya ushbu iqtisodiy blokka a’zo bo‘lish uchun rasmiy taklif oldi. Ularning to‘liq a’zoligi 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda jami 23 davlat BRICSga qo‘shilish istagini bildirgan. Raqamli iqtisodiyotning (RI) so‘nggi yillarda BRICS tashkilotiga a’zo mamlakatlar yalpi ichki mahsulotiga qo‘shgan hissasi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da 2 foiz va Rossiyada 4 foizdan, Hindistonda 6,9 foizgacha, Xitoyda 7,8 foizni shuningdek, Braziliyada 22% ni tashkil etadi. BRICSga a’zo mamlakatlar birgalikda global axborot-kommunikatsiya texnologiyalari eksportining qariyb 30 foizini va global raqamli xizmatlar eksportining atigi 11 foizini tashkil qiladi. 2. BRICS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlar nisbatan rivojlangan raqamli infratuzilmaga ega. Aholining qariyb 90% 3G/4G mobil tarmoqlari bilan qamrab olingan va hozird
Доказательный фрагмент
«This article provides information about BRICS, one of the organizations that occupy an important place in the world's political and economic structure.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about BRICS, one of the organizations that occupy an important place in the world's political and economic structure. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- BRICS, economy, politics, assembly, gross domestic product, БРИКС
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026