Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Grounds and foundations in complex engineering-geological conditions of the Central Fergana
MARKAZIY FARG’ONANING MURAKKAB MUXANDISLIK-GEOLOGIK · SHAROITLARDA ZAMIN VA POYDEVORLAR.
Тенденции и перспективы развития городов · 2026
Аннотация
The problems and their causes in the process of construction and use of residential buildings in the saline soils of the region are studied. Uneven subsidence of buildings and structures during their operation and erosion of the foundation material due to corrosion are indicated. Design and protection suggestions are provided. Key words: soils, aggressive environment, uneven subsidence, salt corrosion, foundation, pile foundation, protection means. Kirish.Tadqiqot ob’yekti bo‘lgan Farg‘ona vodiysining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyati xududlarini 27,9% kuchsiz, 35,6% o‘rtacha, 22,2% kuchli va 14,3% o‘ta kuchli sho‘rlangan gruntlar tashkil etib, gruntlari va sizot suvlari sulfatga chidamli syementli betonlarga nisbatan o‘rta agressiv, boshqa toifadagi syementlarga nisbatan kuchli agressiv muhitligi aniqlangan [4]. Markaziy Farg‘onadagi mavjud va foydalanib kelinayotgan bino va inshootlarning texnik holatiga loyixaviy (muxandislik-geologik tadqiqotlarni to‘liq va sifatli o‘tkazilmaganligi, poydevor materiali va tuzilmasini tanlashdagi kamchiliklar, sun’iy ravishda poydevor o‘lchamlarini katta yoki kichik olinganligi, korroziyaga qarshi choralar yetarli darajada ko‘rilmaganligi, mavjud ochiq va yopiq turdagi drenaj tarmoqlarini nosozligi), texnologik (qurilish ”0” qismini tashkil etilishi, qurilish ishlarini sifatiz bajarilishi, bino va inshootlarni xo‘l rejimda ekspluatatsiya qilishda me’yorlarga amal qilmaslik (qishloq xo‘jaligi bino va inshootlarida), vodoprovod va kanalizatsiya tizimlaridagi nosozliklar, drenaj tizimini yaxshi ishlamasligi) xamda tabiiy (yer osti sizot suvlari sathining o‘zgaruvchanligi, tashqi suvlar (yomg‘ir, qor, sug‘orish tizimi suvlari) ta’siri va tez eruvchan tuzlarning notekis tarqalishi) omillar ta’sir etadi. Ushbu holat Markaziy Farg’onanig murakkab muxandislik-geologik sharoitlarida zamin va poydevorlarni loyixalashda samarali usullarni joriy etishni taqozo etadi. Mavjud holat. Kuzatishlarimizga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan ayrim bino va inshootlarning amaldagi me’yorlardan ortiq notekis cho‘kishlari va poydevor materialini korroziya ta’sirida yemirilish holatlari uchraydi (1a,b,-2- rasmlar). Bu esa bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida texnik holatini soz holda saqlab turishda qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday sharoitlarda korroziyaga chidamli temir-betondan tayyorlangan qoziq poydevorlarni qo‘llash orqali yer ishlari va materiallar sarfini kamayishi hisobiga 30%ga qadar iqtisodiy samaradorlikga erishish mumkin. Shuningdek, grunt va yer osti sizot suvlari tarkibida suvda eruvchi tuzlarning mavjudligi va ularning agressivligi bino va inshootlarni yer osti qismi materialini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi. 2-rasm. Agressiv muhitdagi poydevorlar holati Bunda, havo harorati 300 dan katta va namlik 30%dan yuqori bo‘lganda poydevor tanasida tez rivojlanadigan korroziyaning keng tarqalgan tuzli ta’sirlar shaklini inobatga olish muhimdir[3]. Odatda, poydevor materialini agressiv tuzlar ta’sirida yemirilishi yer sathidan 10.....40 sm balandlikga qadar yaqqol ko‘rinadi. Bunday holatni tez va o‘rtacha eruvchi tuzlar tarqalgan (3-rasm) Markaziy Farg‘ona sharoitida xam kuzatish mumkin (1,2- rasmlar). Natijalar. O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, Markaziy Farg‘ona sharoitida fundament materialini tanlash va himoyalash usullarini joriy etish sulfatli agressiyani hisobga olgan holda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun qurilish maydonini muxandislik–geologik sharoitlaridan kelib chiqib poydevor materialini zichligini oshirish (agar beton portlandsementli bo‘lsa) yoki sulfatga chidamli syement qo‘llash, beton sifatini oshirishga qaratilgan xar xil kimyoviy faol qo‘shilmalar ishlatish, korroziyadan himoyalash uchun ishonchli himoya vositalarini qo’llash muhim. Buning uchun qurilish maydonini muxandislik– geologik sharoitlaridan kelib chiqib poydevor materialini zichligini oshirish (agar beton portlandsementli bo‘lsa) yoki sulfatga chidamli syement qo‘llash, beton sifatini oshirishga qaratilgan xar xil kimyoviy faol qo‘shilmalar ishlatish, korroziyadan himoyalash uchun ishonchli himoya vositalarini qo‘llash zarur. Bunday sharoitlarda poydevor materialini, ayniqsa qoziq poydevorlarni vaqt mobaynida korroziya ta’siridan yemirilishini oldindan aniqlash samarali loyixaviy yechimlar qabul qilish imkonini beradi [2,6,7]. Bu borada Farg‘ona politexnika institutida yaratilgan “Antikor” vositasi turar joy binolarini beton va g‘ishtli qismlarini sho‘rdan himoyalashda yaxshi samara berishi amalda isbotlangan [8]. “Antikor” vositasi mahalliy xom ashyolardan sanoat usulida suyuq xolda tayyorlanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish-ta’mirlash ishlarida foydalanish mumkin. Ushbu vosita yordamida bino va inshootlarning doimiy agressiv muhit ta’sirida bo‘lgan beton va g‘ishtli devor yuzalariga ishlov berish orqali chidamliligi 1,5 barobarga qadar oshiriladi. Qurilish maydonini baholash 1-jadval № Qurilish Grunt tarkibida yengil Zamin gruntlari cho‘kishining maydo
Доказательный фрагмент
«The problems and their causes in the process of construction and use of residential buildings in the saline soils of the region are studied.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe problems and their causes in the process of construction and use of residential buildings in the saline soils of the region are studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soils, aggressive environment, uneven subsidence, salt corrosion, foundation, pile foundation, protection, средства защиты, poydevor, солевая коррозия, protection means, неравномерная осадка, фундамент, tuzli korroziya, agressiv muhit, засоленный грунт, sho‘rlangan grunt, notekis cho‘kish, агрессивная среда, свайный фундамент, qoziq poydevor, himoya vositalari
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009