Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ПРАВА ГРАЖДАН В КОНСТИТУЦИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Rahmonova Zulfiya Bahromovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article will focus on the legislative acts of the country, which are being paid attention in the field of education and education, science, are being implemented, reforms serve for the prosperity of this area. Key concepts: education and upbringing, science, country development, the third Renaissance, the honor and dignity of teachers. ВНИМАНИЕ К ОБРАЗОВАНИЮ ДЕЛАЕТ СТРАНУ СИЛЬНОЙ Аннотация. B данной статье рассматриваются законодательные акты, направленные на развитие образования и воспитания, науки в нашей стране, проводимые реформы. Ключевые понятия: образование и воспитание, наука, развитие страны, третье Возрождение, честь и достоинство учителей. Tarixiy voqeliklardan maʼlumki, mamlakatning rivojlanganlik darajasi birinchi navbatda o‘sha yurtda taʼlimga qanchalik eʼtibor qaratilganligi bilan belgilanadi va buni aslo inkor etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, boshqa omillar ham mamlakat taraqqiyotida muhim rol o‘ynashi mumkin, lekin birlamchi ahamiyat kasb etmaydi. Qaysiki davlatning iqtisodiy salohiyati baquvvat, fuqarosi farovon hayot kechirayotgan ekan, ijtimoiy soha taraqqiyoti yuksak ekan, demak o‘sha davlat taʼlim va ilm-fan taraqqiyotiga birinchi navbatdagi masala sifatida qaragan, adolatli siyosat olib borgan, qonun ustuvorligiga qatʼiy amal qilgan, inson huquqlarini oliy qadriyat deb baholagan. Bu tarixiy mutloq haqiqatdir. Yurtboshimiz aytganlaridek: “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq. Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, yaʼni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. 1 31 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Biz maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi, oliy va o‘rta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy- madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz.1 Bugungi kunda mamalakatimizda amalga oshiralayotgan islohotlar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonning bugungi va istiqboldagi taraqqiyoti yo‘lida beqiyos ahamiyat kasb etadi, deb ishonch bilan aytish mumkin. Asosiy Qonunimizda o‘qituvchilarga bag‘ishlangan alohida konstitutsion normaning kiritilishi tom maʼnodagi tarixiy voqelikdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida eʼtirof etilishi hamda davlat o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi aniq belgilab qo‘yildi. “...Finlyandiya, Yaponiya hamda Janubiy Koreya singari davlatlar asosiy eʼtibor va sarmoyani inson resursini shakllantirishga yo‘naltirdilar. Millat sifatida qad rostlash va dunyoning rivojlangan davlatiga aylanishiga faqatgina taʼlim sohasini isloh etish, buning uchun o‘qituvchilarning jamiyatda eng obro‘li qatlamga aylantirish orqaligina erishish mumkin degan to‘g‘ri xulosaga keldilar. Natijada, hozirda ushbu davlatlar aholisining yarimi oliy maʼlumotga ega ekaniga guvoh bo‘lish mumkin. Bunday davlatlarda xalqning bilimi va zakovati bilan taraqqiyotga erishish imkoniyatini beradigan ixtirolar va kashfiyotlar qilinishga erishildi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlandi. Ularning yalpi ichki mahsuloti tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan ko‘pgina davlatlarning yalpi ichki mahsulotidan katta ekani...”2 ko‘rish mumkin. Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar barobarida 2020 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni3 ham boyitilgan va takomillashtirilgan holda yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur qonunda taʼlim tizimi, turlari va shakllari aniq qilib belgilab berildi. Yaʼni, taʼlim turlari: maktabgacha taʼlim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim; professional taʼlim; oliy taʼlim; oliy taʼlimdan keyingi taʼlim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari taʼlimdan; Taʼlim olish shakllari esa: ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); dual taʼlim; oilada taʼlim olish va mustaqil taʼlim olish; katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga taʼlim berish; inklyuziv 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “О‘qituvchi va murab
Доказательный фрагмент
«This article will focus on the legislative acts of the country, which are being paid attention in the field of education and education, science, are being implemented, reforms serve for the prosperity of this area.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article will focus on the legislative acts of the country, which are being paid attention in the field of education and education, science, are being implemented, reforms serve for the prosperity of this area. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ecological development strategy, стратегия экологического развития, ekologik taraqqiyot strategiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024